Yangiliklar
108

ICTWEEK Uzbekistan 2024 haqida

ICTWEEK 2024 Xalqaro kompaniyalar va investorlardan tortib ish izlovchilargacha barchani bir joyga jamlamoqda. Agar siz ish izlayotgan yoki startapingiz uchun investor qidirayotgan bo'lsangiz bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang

ICTWEEK Uzbekistan 2024 haqida

Mundarija:

ICTWEEK Uzbekistan 2024 haqida

Tadbirlar jadvali

Asosiy yangiliklar

Kirish imkoniyatlari

Ish yarmarkasi

Ko’rgazma jadvalini yuklab olish: havola

ICTWEEK Uzbekistan 2024-yil 17-20-sentyabr kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEX) kompleksida bo'lib o'tadi. Ushbu haftalikda texnologik va innovatsion yutuqlarni namoyish etish uchun ko'plab qiziqarli tadbirlar bo'lib o'tadi.  

  

Quyida tadbirlar haqida asosiy ma'lumotlar keltirilgan:

17-sentyabr:

Ochiq marosim

"Startup pitch" tanlovi

"Shared Services & Offshore Outsourcing" konferensiyasi

"Women in IT: Opportunities and Challenges" konferensiyasi

  

18-sentabr:

"Digital Government: Challenges and Future Plans" forumi

"Latvia-Uzbekistan forum on digital cooperation"

"Startup & Venture" sammiti

  

19-sentabr:

"Korea-Uzbekistan IT Cooperation Forum"

"She Loves Tech" mintaqaviy finali

"Artificial Intelligence Forum"

"IT Education and Freelancing Forum"

MDH Davlatlararo Kosmik Kengashining 5-yig'ilishi

  

20-sentabr:

"Game Dev Day"

Asosiy yangiliklar:

  

Yangi texnologiyalar va mahsulotlar namoyishi: Sun'iy intellekt, IoT, 5G va boshqa ilg'or texnologiyalar kabi ko'plab yangi mahsulotlarning taqdimoti bo'lib o'tadi.

Xalqaro ishtirokchilar: 50 dan ortiq mamlakatlardan ishtirokchilar kelib, qatnashadi.

Maxsus konferensiyalar va forumlar: "Women in IT: Opportunities and Challenges" va "Artificial Intelligence Forum" kabi konferensiyalar o'tkaziladi.

Startaplar uchun imkoniyatlar: 200 dan ortiq startaplar o'z loyihalarini namoyish etish va investorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Ochiq marosim va maxsus mehmonlar: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etishadi. Ko'rgazmada so'zga chiqadigan spikerlar haqida ushbu havola orqali ma'lumot olishingiz mumkin: havola 

  

Kirish imkoniyatlari:

Mehmon sifatida: Tadbirga mehmon sifatida kirish uchun rasmiy veb-sayt orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish bepul va sizga barcha tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Ko’rgazma ishtirokchisi sifatida: Agar siz kompaniya vakili bo’lsangiz va o’z mahsulot yoki xizmatlaringizni namoyish etishni xohlasangiz, ko’rgazma ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Bu sizga ko’plab potensial mijozlar va hamkorlar bilan uchrashish imkoniyatini beradi.

Startap sifatida: Agar siz startap vakili bo’lsangiz, tadbirda o’z loyihalaringizni namoyish etish va investorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Startaplar uchun maxsus “Startup pitch” tanlovi ham o’tkaziladi. 

OAV vakili sifatida: Agar siz jurnalist yoki bloger bo’lsangiz, tadbirda OAV vakili sifatida ishtirok etishingiz mumkin. Bu sizga tadbir haqida kengroq ma’lumot olish va uni yoritish imkoniyatini beradi.

Investor sifatida: Agar siz investor bo’lsangiz, tadbirda ishtirok etib, yangi startaplar va texnologiyalar bilan tanishishingiz mumkin. Bu sizga yangi investitsiya imkoniyatlarini o’rganish uchun yo'l ochib beradi. 

  

Ish yarmarkasi:

  Ish yarmarkasi IT sohasidagi mutaxassislar va yangi ish izlovchilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Turli kompaniyalar o'z vakansiyalarini taqdim etadi va ishtirokchilar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu yarmarkada ishtirok etish uchun Rezyume/CV'laringizni tayyorlab qo'ying, bu sizning karyera boshlashingizga katta turtki bo'lishi mumkin.

  

Yarmarkada quyidagi kompaniyalar ishtirok etishadi:

Huawei

ZTE

Ucell

Uzinfocom

Uztelecom

IT Park

The World Bank

Coursera

HP

Meta

Plug and Play

Nokia

Innotech

Yandex

Uzcard

Payme

Unicon Astana hub

High-Tech Park va IT Park of the Republic of Belarus

ICTWEEK Uzbekistan 2024 ko'rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun 17-20-sentyabr kunlarida shaharning 5ta nuqtasidan bepul avtobuslar qatnovi ham yo'lga qo'yilgan.

Avtobuslar quyidagi manzillardan soat 9:00dan boshlab har soatda 18:00ga qadar jo'naydi:

1. IT Park (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4)
2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
3. "Do'stlik" metro bekati
4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha)
5. Shimoliy vokzal bekati

Bunday katta imkoniyatni qo’ldan boy bermang. Tadbirda qatnashish uchun bu havolaga bosing: Ro’yxatdan o’tish 

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

🌪 Qizg‘in raqobatlarga  boy tarzda «Najot Ta'lim Quiz» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🌪 Qizg‘in raqobatlarga boy tarzda «Najot Ta'lim Quiz» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Batafsil