Dasturlash
579

“Najot Ta’lim” markazida dasturlash, dizayn va marketing yo‘nalishlarida qanday kurslar mavjud?

Quyida barcha kurslar bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

“Najot Ta’lim” markazida dasturlash, dizayn va marketing yo‘nalishlarida qanday kurslar mavjud?

Quyida barcha kurslar bilan tanishib chiqishingiz mumkin bo‘ladi:

1. Dasturlash foundation
2. Frontend ReactJS
3. Backend Python
4. Backend NodeJS
5. QA
6. Standart Grafik dizayn
7. Bootcamp Grafik dizayn
8. Moushn grafika
9. SMM

 
Dasturlash foundation

Dasturlash foundation kursi dasturlashga ilk qadam qo‘yayotganlar uchun hisoblanadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asoslari o‘rgatiladi va bonus tarzida kompyuter savodxonligi darslari taqdim etiladi. Onlayn kurslardan farqli ravishda, bu kurs 5 oydan iborat bo'lib, haftada 3 kun 4.5 soatdan davom etadi.

Frontend ReactJS

Frontend dasturlash saytning tashqi tarafi ya’ni, biz ko'radigan tarafi bilan shug'ullanadi. ReactJS dasturlash kursi davomida algoritmlar, dasturlash va uning mashhur yo‘nalishlari bo‘yicha tushuncha, HTML, CSS, SASS, BOOTSTRAP, JAVASRCIPT, Native, REACT, REDUX, TYPESCRIPT kabi bilimlar o‘rgatiladi.

Backend Python

Python dasturlash kursi 8 oy, haftada 3 kun 1 soat-u 50 daqiqadan bo’lib o‘tadi. Kurs davomida kompyuter savodxonligi darsi, algoritmlar, barcha yo'nalishlar bo'yicha tushuncha, Python dasturlash tilining boshlang'ich tushunchalari, Django framework va Telegram bot haqida bilimlarga ega bo'lasiz.

Backend NodeJS

NodeJS kursi davomida JAVASCRIPT boshlang'ich tushunchalari, DATABASE (PostgrSQL va MongoDB), NodeJS, REDIS, TypeScript kabi bilimlarga ega bo'lasiz. Bu dasturlash kursi 8 oy, haftada 3 kun 1 soat-u 50 daqiqa davom etadi.

QA

QA "Quality Assurance" (sifatni ta'minlash) ya'ni dasturlarning sifatini, to'g'ri ishlashini va mijozlar qo'ygan talablar asosida dastur to'g'ri tayyorlanganligini tekshirish jarayonlarini o'z ichiga olgan yo'nalish hisoblanadi. Kurs davomiyligi 4 oy, haftada 3 kun 2 soatdan iborat.

Standart Grafik dizayn

Ushbu kurs 7 oy, haftada 3 kun 1 soat 50 daqiqa davom etadi. Kurs davomida Adobe Photoshop, Adobe Illustrator va Corel draw, Dizayn texnologiyasi, SMD, Poligrafiya va Package dizayn, Logo dizayn, Brending haqida bilimlarga ega bo'lasiz.

Bootcamp Grafik dizayn

Chuqurlashirilgan kurs bo‘lib, 7 oy, haftada 5 kun 3-4 soat davom etadi. Kurs davomida o‘rgatiladigan bilimlarga Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Adobe InDesign, SMD dizayn, Logo & Branding, Tipografiya kabilar kiradi. Bu dasturlarning har birni alohida o‘rganish uchun Edfix platformasida ham onlayn kurslar mavjud.

Moushn grafika

Moushn grafika kursi 6 oy, haftada 3 kun 3 soatdan bo‘lib o‘tadi. Kurs davomida Video montaj, Adobe Premier Pro, After effects (2d-3d animatsiya), Vizual effects (VFX), Blender haqida bilimlarga ega bo'lasiz. Kursni bitirib, mahalliy marketing agentliklarida, xususiy korxonalarda, o'quv markazlarida hamda frilanser tarzida faoliyat yuritishingiz mumkin.


SMM

SMM Pro kurs davomiyligi 4 oy, haftada 3 kun 1 soat 50 daqiqadan iborat. Kurs davomida Marketing asoslari, kopirayting, targeting, mobilografiya va boshqa texnik bilimlarga ega bo'lasiz.

“Najot Ta’lim” markazida yuqorida ma’lumot berilgan barcha dasturlash, dizayn va marketing kurslari uchun qabul ochiq. O‘zingiz qiziqqan yo‘nalishdan birini tanlab, zamonaviy va daromadli kasb egasi bo‘lishingiz mumkin. 

#NajotTalim_kurslari #dasturlash_kurslari #IT_kurslar 

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Sun’iy intellekt sohasidagi burilish

Sun’iy intellekt sohasidagi burilish

Batafsil