Marketing
251

Nima uchun SMM sohasini o'rganish kerak?

Doimiy o'sib boruvchi raqamlar

Nima uchun SMM sohasini o'rganish kerak?

Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi bilan SMM (Social Media Marketing) sohasining ahamiyati ham ortib bormoqda. Bu soha brendlar va bizneslar uchun mijozlar bilan muloqot qilishning eng samarali usullaridan biriga aylandi. Ushbu maqolda SMM sohasining dolzarbligi va uni o’rganishning ustun taraflari haqida ma’lumot beramiz. 


Statistik ma'lumotlar

– 2023 yil holatiga ko'ra, dunyo bo'ylab ijtimoiy media foydalanuvchilari soni 4.5 milliarddan oshiqni tashkil etadi. Bu dunyo aholisining deyarli 60% demakdir;

– O'rtacha bir kishi oyiga 6-7 ​​xil ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi;

– Internet foydalanuvchilarining ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazadigan vaqti kuniga 143 daqiqani tashkil etdi;

– 2023-yilning yanvaridan 2024-yilning yanvarigacha butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 320 million kishiga o‘sdi;

– 2024-yilda reklama xarajatlarining umumiy o'sishi 6,1 foizni tashkil etishi kutilmoqda;

Bu ko’rsatkichlar shuni anglatadiki, ijtimoiy media olamida marketologlar va SMM mutaxassislar uchun imkoniyatlar kengaymoqda.

Ijtimoiy tarmoq marketing budjetlari

Kompaniyalar tomonidan ijtimoiy tarmoq marketingiga ajratiladigan budjetlar so'nggi 5 yil ichida o'rtacha 70%ga oshgan. Bu kompaniyalar ijtimoiy media kanallarini mijozlar bilan muloqot qilishning asosiy vositasi sifatida ko'rayotganligini ko'rsatadi.

Deyarli har bir tarmoqda organik kirish kamayganligi sababli, pulli ijtimoiy tarmoq reklamasi maqsadli auditoriyangizga erishish uchun zarur strategiyaga aylanadi. 

Ijtimoiy tarmoqlarning iste’molchilarga ta’siri

Dunyo aholisining ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish foizi har yili o'sib bormoqda. Zamonaviy iste'molchilar mahsulot yoki xizmat haqida qaror qabul qilishdan oldin ijtimoiy tarmoqlarda tadqiqot olib borishadi. SMM orqali brendlar o'zlarining potentsial mijozlariga, ularning qarorlariga ta'sir ko'rsata oladilar.

Ish o'rinlarining ko'payishi

SMM sohasi faqatgina ijtimoiy tarmoqlarni boshqarishdan iborat emas. Bu soha shuningdek, kontent yaratish, ma'lumotlarni tahlil qilish, auditoriya bilan muloqot qilish va reklama kompaniyalarini boshqarish kabi turli ko'nikmalarni o'z ichiga oladi.

Dunyo bo'ylab ko’plab kompaniyalar SMM strategiyalarini kuchaytirish maqsadida ko'proq SMM mutaxassislarini ishga olmoqdalar. Natijada soha vakillari uchun ham ish imkoniyatlari ortib bormoqda.

Talab ortib borayotganligi

SMM har qanday muvaffaqiyatli biznes strategiyasining muhim qismidir. Ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish orqali korxonalar mijozlar bilan mustahkam munosabatlarni o‘rnatishlari, mahsulot va xizmatlarni kengroq targ‘ib qilishlari va brend xabardorligini oshirishlari mumkin.

Nega SMM Pro kursini “Najot Ta’lim”da o’qishingiz kerak?

Bizning SMM Pro kursimiz doimo so‘nggi trendlar va yangilanishlar bilan boyitib boriladi. Kurs davomida siz marketing asoslari, kopirayting, targeting, mobilografiya va boshqa texnik bilimlarni egallaysiz. Bu ko'nikmalar sizga shaxsiy blog yuritish, turli biznes kompaniya va agentliklarda SMM-menejer sifatida faoliyat yuritish imkonini beradi. 

Zamonaviy bozorda raqobatbardosh kadr bo‘lishni istasangiz, bizning kursimiz sizni kutmoqda! Hoziroq “Najot Ta’lim” SMM Pro kursi uchun ro’yxatdan o’ting.

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

⚡️ 150 dan ortiq «Najot Ta'lim» jamoasi a'zolari Samarqandga sayohat qilishdi

⚡️ 150 dan ortiq «Najot Ta'lim» jamoasi a'zolari Samarqandga sayohat qilishdi

Batafsil