Yangiliklar
98

Sun’iy intellekt sohasidagi burilish

Ushbu maqolada Search GPT haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Sun’iy intellekt sohasidagi burilish

Sun’iy intellekt sohasidagi burilish

Open AI kompaniyasi Google qidiruv tizimiga raqobatchi bo‘la oladigan yangi tizim, Search GPT’ni ishga tushirmoqchi. Chat GPT texnologiyasiga asoslangan Search GPT, sun’iy intellekt sohasida katta yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu maqolada Search GPT haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.

1. Search GPT nima va u qanday ishlaydi?

2. Search GPT’ning afzalliklari

3.Google bilan raqobatlasha oladimi?

Search GPT nima va u qanday ishlaydi?

Internetda qidirgan narsangizni topish ba’zida bir necha bosqichlardan o‘tish kerak: so‘rovni kiritasiz, chiqqan variantlar orasidan o‘zingizga keragini topasiz va hokazo. Search GPT esa foydalanuvchi tomonidan berilgan so‘rovlar asosida ma’lumotlarni qidiradi, tahlil qiladi va javob beradi. Uning ishlash jarayoni quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:

– Foydalanuvchi tabiiy tilda so‘rovni kiritadi. Search GPT ushbu so‘rovni qabul qilib, foydalanuvchining niyatini va talabini tushunishga harakat qiladi. Bu bosqichda model tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalaridan foydalanadi; – So‘rovni tushunib bo‘lgandan so‘ng, Search GPT o‘zining ma’lumotlar bazasidagi eng mos javoblarni yoki onlayn resurslardan kerakli ma’lumotlarni qidiradi. Bu qidiruv jarayoni katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan dolzarb va tegishli ma’lumotlarni topish uchun murakkab algoritmlar va AI modellarini ishlatadi;

– Topilgan ma’lumotlar asosida Search GPT foydalanuvchi so‘roviga mos javobni hosil qiladi. Bu jarayonda model so‘zlarni to‘g‘ri tartibda joylashtirib, aniq va tushunarli javobni tuzadi. Shuningdek, u ma’lumotlarning kontekstual to‘g‘riligini ham nazorat qiladi; – Yakunda, Search GPT foydalanuvchiga to‘plangan va ishlab chiqilgan javobni taqdim etadi. Javob foydalanuvchi so‘roviga imkon qadar to‘liq mos kelishi va uni qoniqtirishi kerak;

– Search GPT foydalanuvchilar tomonidan berilgan so‘rovlar va berilgan javoblar asosida o‘zini doimiy ravishda takomillashtiradi. Ushbu o‘rganish jarayoni modelni yanada aniqroq va samaraliroq javob berishga o‘rgatadi. 

Search GPT’ning afzalliklari

1) Tezkor hamda aniq: SearchGPT sizning savollaringizga tezkor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Internetdagi so‘nggi ma’lumotlar bilan javob beradi va sizga tegishli manbalarga aniq havolalar beradi.

2) Vizual ko‘rinish: oson, tushunarli shaklda tasvirlar va videolar bilan vizual javoblar olasiz. Bu esa yaxshiroq tasavvur qilishingizga yordam beradi.

3) Davomli suhbat qila olasiz: aytaylik siz “Eng yaxshi noutbuklar”, deb qidiruv berdingiz. Search GPT sizga javob beradi. Orqasidan “Dasturlashni o‘rganmoqchiman, qaysi birini tavsiya qilasan?” deb savol kiritsangiz, tizim sizga kerakli javobni beradi. 

4) Kreativ yonashuv: Search GPT nafaqat faktlar bilan ishlaydi, balki kreativ vazifalarni ham bajara oladi. Masalan, u matn yozishi, shaxsiylashtirilgan maslahatlar berishi yoki kod yozishi mumkin. 

Google bilan raqobatlasha oladimi? 

Umuman olganda Search GPT qulayroq bo‘lgani uchun, qidiruv tizimi bo‘yicha Google’ga yaxshigina raqobat qilishi kutilyapti. Chunki Google asosan kalit so‘zlar bilan ishlaydi. Search GPT esa sizning har qanday buyruqlaringizni chuqur tahlil qila oladi. Internet zamonida insonlar maksimal darajada qulayliklarga intilyotgani, Search GPT’ning ommalashishini tezlashtiradi.Bundan tashqari, Open AI kompaniyasi kengayishda davom etmoqda. Balki kelajakda Google’ga o‘xshash yangi ekotizimni ham ko‘rishimiz mumkin.

 

Agar maqolani oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak, AyTi sohasiga qiziqasiz. Nega unda dasturlashni o‘rganmayapsiz? Hoziroq «Najot Ta'lim» kurslari uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Ro'yxatdan o'tish

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

🌪 Qizg‘in raqobatlarga  boy tarzda «Najot Ta'lim Quiz» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

🌪 Qizg‘in raqobatlarga boy tarzda «Najot Ta'lim Quiz» musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Batafsil