Yangiliklar
71

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Bugungi maqolada Telegramdagi mini ilovalar va ular qanday vazifalarni bajarishi haqida gaplashamiz

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

2013-yilda ishga tushirilgan Telegram vaqt o‘tishi bilan o‘z funksiyalarini kengaytirib bordi. Butun dunyo bo‘ylab 950 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga ega bo‘lgan Telegram, xabar almashishdan tashqari turli xil imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali platforma darajasiga chiqdi. Eng asosiy yangiliklaridan biri Telegram mini app’lar bo'ldi.

Telegram mini app’lar nima?

Bu Telegram interfeysi ichida ishlaydigan kichik veb-dasturlar bo‘lib, foydalanuvchilarga turli xil funksiyalarni taqdim etadi. Ular botlar asosida ishlaydi va foydalanuvchilar bilan aloqa qilish imkonini beradi. Masalan, mini app’lar orqali siz xarid qilish, buyurtmalar berish, yangiliklarni kuzatish, o'yin o'ynash, va hatto bank operatsiyalarini bajarishingiz mumkin.

Telegram mini app’lar odatda oddiy va sodda interfeysga ega bo'ladi. Ular veb-texnologiyalarga asoslangan bo'lib, HTML, CSS va JavaScript yordamida ishlab chiqiladi. Bu mini app’larni tayyorlash uchun dasturchilar Telegram Bot API’sidan ham foydalanishadi.

Telegram mini app’larning asosiy xususiyatlari

Oson foydalanish: Mini app’lar Telegram chatlarda botlar bilan birgalikda ishlaydi. Bu esa ulardan foydalanishni osonlashtiradi. Botlar foydalanuvchilarning savollariga darhol javob beradi va ularning ehtiyojlariga mos xizmatlarni taqdim etadi.
Qulaylik: Bir nechta app’lar bir joyda to‘planganligi sababli foydalanuvchilar kerakli xizmatlarni tezda topishlari mumkin. Mini app’lar mobil ilova yoki veb-saytni yuklab olishni talab qilmaydi.
Xavfsizlik: Telegramning xavfsizlik mexanizmlari mini app’lar ham amal qiladi. Bu esa foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qiladi.

Mini app’lardan foydalanish joylari

Chatlar: Mini app’lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chatlarda ishlaydi. Foydalanuvchilar ularni ishga tushirish uchun kerakli buyruq yoki tugmachani bosishlari mumkin.
Kanallar va guruhlar: Ba'zi mini app’lar kanallarda yoki guruhlarda ham ishlatilishi mumkin. Bu ko'proq foydalanuvchilarni jalb qiladi.

Mini app’larning turlari

O'yinlar: Foydalanuvchilar o‘zaro raqobatlashishlari uchun qiziqarli o‘yinlar o‘ynashi mumkin.
Moliya va hisob-kitob: Kirim-chiqimlarni kuzatish, hisob-kitob qilish va boshqa moliyaviy xizmatlar.
Ta'riflar va ma'lumotlar: Foydalanuvchilar qiziqishlariga qarab turli mavzular bo‘yicha ma'lumotlar olishlari mumkin.
Sahifalar va maqolalar: Foydalanuvchilar ma'lumotlarni tezda qidirish va o'qishlari uchun.

Quyida 2024-yilda Telegram app’larning eng mashhur xususiyatlaridan ba’zilari keltirilgan:

   1. Tezkor to‘lovlar

Mini app’lar foydalanuvchilarga Telegramdan chiqmasdan tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu funksiya korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri platforma orqali tovar va xizmatlarni taklif qilishni osonlashtiradi.

   2. Hamkorlik

Mini app’lar foydalanuvchilarga hujjatlar va loyihalar ustida birgalikda ishlash yoki hatto guruh chati ichida o‘yinlar o‘ynash imkonini berib,hamkorlikni osonlashtiradi.

   3. Elektron tijorat

Tijorat bilan shug'ullanuvchi biznes egalari Telegram mini app’larda o‘z mahsulotlarini bozorga taqdim etish uchun foydalanishi mumkin. Odamlar mahsulotlarni tanlashi va xaridlarni chatdan chiqmasdan amalga oshirishi mumkin

   4. Ta’lim

Ta’lim muassasalari va ustozlar talabalarga kurslar, viktorinalar tashkil etish uchun ham mini app’lardan foydalanishi mumkin.

Xulosa

Telegram mini app’lar foydalanuvchilarga keng ko'lamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadigan innovatsion yechimdir. Ular o'zlarining soddaligi, tezligi va qulayligi bilan boshqa ilovalardan farq qiladi.

Agar siz ham foydali ilovalar tayyorlashni xohlasangiz, dasturlash kurslarimizga ro‘yxatdan o‘ting.

Ro'yxatdan o'tish

#bepul_telegram_bot_yasash #telegram_bot_yasovchi_platformalar
#noldan_telegram_bot_yasash
#telegram_bot_yasash_uchun_kerak_bo'ladigan_dasturlash_tillari
#telegram_botning_afzalliklari


Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Batafsil