12-aprel kuni Najot Ta’limning Chilonzor filialida Azim Pulat ishtirokida “AyTida o‘tmish va kelajak” mavzusida master-klass tashkil etildi.

IT sohasi bugungi darajaga qanday yetib keldi? Texnologiyalar rivoji kasblarga qanday ta’sir qilmoqda va kelajak mutaxassislari nimalarga tayyor turishi kerak? Uchrashuv mavzusi sohaning kechagi yo‘li va ertangi istiqboliga shu kabi savollar orqali nazar tashlashga undaydi.

Tez o‘zgarayotgan texnologiyalar davrida kasbiy rivojlanish doimiy izlanish va o‘rganishni talab qiladi. Sohadagi yangiliklarni tushunish bilan birga, ularning shakllanish tarixini bilish ham kelajakdagi yo‘nalishni ongli tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Azim Pulat bilan o‘tkazilgan ushbu master-klass Najot Ta’limdagi IT va zamonaviy kasblarga bag‘ishlangan uchrashuvlardan biri bo‘ldi.