FAQ

Koʻp soʻraladigan savollar

Najot Taʼlim haqida eng koʻp beriladigan savollarga javoblarni shu yerdan toping.

Najot Taʼlimda qanday kurslar bor?

Najot Taʼlimda Dasturlash, Dizayn va Marketing yoʻnalishida intensiv (chuqurlashtirilgan) va odatiy kurslar mavjud.

Til kurslari bormi?

Bizda til kurslari mavjud emas. Markazimizda dasturlash, grafik dizayn va marketing yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beriladi.

Najot Taʼlim ish bilan taʼminlaydimi?

Kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchilarga maʼlum shartlar asosida ish taklifi beriladi. Har oy bitiruvchilarning ishga kirish statistikasi ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

Yosh chegarasi qanday?

Markazimizda 16 yoshdan 35 yoshgacha yosh chegarasi mavjud. 14–16 yosh yoki 35 yoshdan yuqori oʻquvchilar suhbat asosida oʻqishlari mumkin.

Kimlarga grant ajratiladi?

Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" granti asosida oʻqishingiz mumkin. Ariza tasdiqlansa, 6 oygacha 1 mln 300 minggacha kurs toʻlovi qoplab beriladi.

Najot Taʼlim qayerda joylashgan?

Toshkent shahrida (Xadra, Chilonzor, Chimboy) hamda Fargʻona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida filiallar mavjud. Call-markaz: 78 888 9 888.