Dasturlash
110

Dasturchilar yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Ushbu maqolada yaxshi kod yozish, kam xato qilish va kuchli jamoa a'zosi bo‘lish uchun maslahatlarga ega bo‘lasiz

Dasturchilar yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Yangi boshlayotgan bo‘ladimi yoki ko‘p yillik tajribaga ega dasturchi bo‘ladimi, ayrim xatolar deyarli har kimda uchraydi. Bu xatolar jamoalarda, kod ko‘rib chiqishlarda va hatto ishlab chiqarish bosqichida ham qayta-qayta takrorlanadi. Agar siz dasturlashga yangi qandam qo‘ygan bo‘lsangiz, bularga diqqat qiling.


Quyida dasturchilar orasida eng ko‘p uchraydigan 7 ta xato va ular uchun to‘g‘ri yechimlar keltirilgan.


#1 Keragidan ortiq murakkablashtirish

❌ Xato: Ba’zi dasturchilar hali hech qanday foydalanuvchi yo‘q bo‘lsa ham, boshidan juda murakkab va "ideal" tizim yaratishga harakat qilishadi. Bu esa vaqtni yo‘qotishga, chalkash arxitekturaga va ortiqcha kod yozishga olib keladi.

✅ To‘g‘ri yondashuv: Dastlab oddiy yechimni tayyorlash kerak. Loyihaning hali hech qanday foydalanuvchisi bo‘lmay turib, ideal narsa tayyorlayman deb vaqt ketqazmang. Sodda va sifatli tizim tayyorlab , mijozlarga taqdim eting. Ularning fikr va taassurotlariga qarab keyingi qadamni qo‘yishingiz, tizimga yangiliklar kiritib borishingiz mumkin bo‘ladi. Avval hozirgi muammoni hal qilish lozim, ertangi kunning muammosini emas. AyTi olamida dasturlash sohasiga oid kitob va maqolalari bilan mashhur Martin Fowler ta’kidlaganidek sizga hozircha bu kerak emas  (YAGNI)


#2 Test yozmaslik

❌ Xato: Ayrim dasturchilar test yozishni vaqt isrof deb bilishadi. Ammo bu yondashuv ko‘proq xatolarga, ishonchsiz kodga va og‘riqli deploylarga olib keladi.

✅ To‘g‘ri yondashuv: Hech bo‘lmasa asosiy unit-testlarni yozish kerak. Testlar kodga ishonchni oshiradi, xatolarni erta aniqlaydi va refaktoringni xavfsiz qiladi. Kent Beck’ning Test-Driven Development uslubi bu borada muhim manba hisoblanadi.


#3 Xatoliklarni hisobga olmaslik

Xato: Ko‘pchilik dasturchilar faqat "hammasi yaxshi ishlaydigan" holat (happy path) uchun kod yozadi. Ular noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar, uzilgan internet, yoki xizmat ishlamay qolish holatlarini hisobga olmaydi.

To‘g‘ri yondashuv: Kutilmagan xatolar doim bo‘ladi. Kiruvchi ma’lumotlarni tekshirish, istisnolar haqida oldindan strategiya tuzib qo'yish, foydali log yozish va muammolarga yechim taklif qilish kerak. Ishonchli dastur faqat yaxshi ishlaydigan emas, balki yomon holatlardan to‘g‘ri chiqib keta oladigan dasturdir.


#4 Nomlashdagi chalkashliklar

Xato: x, temp, yoki doSomething() kabi noaniq yoki umumiy nomlardan foydalanish kodni tushunarsiz qiladi, ayniqsa jamoaviy loyihalarda.

To‘g‘ri yondashuv: Aniq va mazmunli nomlardan foydalanish kerak. Clean Code kitobida nomlash – dasturchining eng muhim ko‘nikmalaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Kod o‘zi nima qilayotganini tushuntirib turishi kerak.


#5 Hujjatlarni o‘qimaslik

Xato: Ko‘pchilik rasmiy hujjatlarni o‘qish o‘rniga, darhol Stack Overflow (dasturchilar uchun savol-javob platformasi) yoki ChatGPT’dan javob qidiradi

To‘g‘ri yondashuv: Birinchi navbatda rasmiy hujjatlarni o‘qish kerak. Chunki unda loyihaga oid to‘liq ma'lumotlar yozilgan bo‘ladi. Hujjatlar muammoni tushunishga yordam beradi va tajriba orttirishga ham xizmat qiladi. Agar shunda ham biroz qiyinchilikka duch kelsangiz, keyin Stack Overflow'da yordam so‘rang, mayli  😁


#6 Tushunmasdan kodni ko‘chirib ishlatish

Xato: Internetdan yoki boshqalardan kod nusxasini olish va nima qilayotganini tushunmasdan uni loyihaga joylashtirish. Bu ayniqsa junior dasturchilarda ko'p uchraydi. 

To‘g‘ri yondashuv: Kod ishlatilishidan oldin uning nima qilayotganini tushunish muhim. Har bir qatordagi vazifani aniqlash, uni alohida holatda sinab ko‘rish va undan keyingina loyihaga qo‘shish kerak.


#7 Git’dan noto‘g‘ri foydalanish

Xato: Bevosita main ga push qilish, branch ishlatmaslik, tushunarsiz yoki bo‘sh xabarlari. Bu nima degani? Git'da main qisim, kodning oxirgi versiyasi turadigan qisim hisoblanadi. Sodda qilib tushuntirganda, main doim ishlaydigan, sinovdan o‘tgan kodni saqlashi kerak. Agar siz sinovdan o'tmagan kodlarni ham u yerga qo'shsangiz, kodni buzib yuborishi va xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.

To‘g‘ri yondashuv:
Versiyalarni boshqarishda intizomli bo‘lish zarur. Har bir funksiyani alohida branch’da ishlash, tushunarli commit yozish va main branch’ni doimo barqaror holatda saqlash kerak. Yangi kodni alohida branch'da yozib, tekshiruvdan o'tkazish kerak. Ishonch hosil qilgandan so'ng, uni main qisimga qo'shsa bo'ladi. Atlassian’ning (atlassian.com) Git bo‘yicha qo‘llanmasi bu borada yaxshi manba hisoblanadi.


Xulosa

Har qanday dasturchi xato qiladi. Ammo bu maqolada tilga olingan xatolar — o‘z vaqtida oldi olinadigan oddiy, ammo muhim kamchiliklardir.

Test yozish, oddiylikka intilish, tushunarli nomlar qo‘llash, hujjatlarni o‘qish va Git bilan ehtiyotkor ishlash — bular nafaqat kodni yaxshilaydi, balki jamoada ishlash sifatingizni ham oshiradi.

Eng asosiysi ortiqcha murakkablikdan qoching. Hayotni qiyinlashtirmang 😁

78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Dasturchilar yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Dasturchilar yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Batafsil