Eng talabgir dasturlash tillari
Dasturlash sohasiga qiziqadigan bo‘lsangiz, “dasturlash tili” atamasi qulog‘ingizga tez-tez chalingan bo‘lishi tabiiy. Xo‘sh, dasturlash tilining qanday turlari bor va bugungi kunda dasturchilar qaysi dasturlash tilini ishlatishni afzal ko‘rishmoqda? Keling, shu savollarga birgalikda javob topamiz.
1. Dasturlash tillarining turlari
2. Hozirgi kunda eng talabgir dasturlash tillari
3. Python
4. Java
5. C++
Dasturlash tillarining turlari
Dasturlash tillarini 3 turga ajratish mumkin. Ular quyi, o’rta va yuqori dasturlash tillaridir.
- Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus kodlar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi.
- Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar tizimini tuzish va qo'llash masalasi qo'yildi va hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta darajadagi dasturlash tillari deb yuritila boshlandi.
- Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko'ra yengil bo’lib, biror maxsus ko'rsatma bo'lmasa, dasturchidan manzillar, qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni bilish talab etilmaydi.
Hozirgi kunda eng talabgir dasturlash tillari
Dasturchilar odatda dasturlash tillarini ular qiladigan dasturlar yo'nalishiga ko'ra tanlashadi. Bugungi kunda dasturchilar tomonidan bir qancha dasturlash tillari keng foydalanib kelmoqda. Ular Python, Java va C++ dasturlash tillaridir.
- Python dasturlash tili o'rganish va tushunish uchun oson, foydalanish uchun qulay va ko'p qirrali yuqori darajadagi dasturlash tillaridan biridir. Python keng qamrovli til bo'lganligi uchun ham deyarli barcha operativ tizimlar va platformalarda ishlaydi. Ushbu tilda ishlash sizdan kuchli kompyuter talab qilmaydi. Aksincha, yozgan kodingizni oddiy xususiyatli kompyuterlarda ishlatishingiz ham mumkin.
- Java keng tarqalgan dasturlash tillaridan biri bo'lib, u ko'p platformalar uchun mos keluvchi dasturlarni yaratish imkoniyatini beradi. Ushbu til xavfsizlikka katta e’tibor berishi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Java sodda, kuchli, to'la obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, muhit ya’ni platformaga bog'liq bo'lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin.
- C++ dasturlash tili C tili asosida tuzilgan bo’lib, dunyo bo’yicha eng keng foydalaniladigan til hisoblanadi. Bu til dasturchi uchun xotirani boshqarish va undan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Uni barcha grafik interfeysga ega operatsion tizimlarda uchratish mumkin. Shuningdek, C++ dasturlash tili Dasturiy ta’minot industriyasining rivojlanishiga juda katta ta’sir o’tkazgan.
Agar siz ham dasturlash sohasini o'rganib, insonlarning muammolariga yechim bo'luvchi dasturlar tayyorlashni hamda daromadli kasb egasi bo'lishni istasangiz, “Najot Ta’lim”ning dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting!
#dasturlash #dasturlash_tillari #talabgir_kasblar #python