Marketing
29

Najot Ta'limda No Code kurslari

Ushbu maqolada No Code nima ekanligi, uning bugungi kundagi o‘rni va Najot Ta’limda No Code’ni qanday qilib o‘rganish borasida gaplashamiz.

Najot Ta'limda No Code kurslari

Dasturlash — AyTi dunyosining markazida turgan kasb. Yuzlab yoshlar aynan dasturchi bo‘lishni orzu qiladi. Ammo bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat kod yozishni o‘rganish, balki doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, murakkab algoritmlar va tizimlar bilan shug‘ullanish talab etiladi. Bu esa hamma uchun ham mos kelavermaydi.

Shu orada texnologiyalar ham soddalashmoqda. Endi kod yozmasdan ham saytlar, AyTi mahsulotlari tayyorlash mumkin. Ya’ni, dizaynerlar, marketologlar, kontent yaratuvchilar va hatto oddiy foydalanuvchilar kod yozmasdan veb-sayt tayyorlay oladigan vositalar paydo bo‘ldi. Bu No Code platformalari deb ataladi.

Aynan shuning uchun, Najot Ta’lim No Code kurslarini yo‘lga qo‘ydi.

No Code nima?

No Code dasturlash tillarini bilmasdan turib veb-sayt, landing, portfoliolar va onlayn-do‘konlar tayyorlash imkonini beradigan zamonaviy texnologiya. Dasturchilarsiz ham ishni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun bu ayni muddao.


No Code quyidagilar uchun foydali:

✅ Marketologlar — reklama kompaniyalariga tez landing page tayyorlaydi
✅ Grafik dizaynerlar — o‘z dizaynini saytga aylantiradi
✅ Frilanserlar — mustaqil xizmat ko‘rsatib, pul topadi
✅ Biznes egalari — mahsulotini tezda onlaynga olib chiqadi
✅ Startapchilar — MVP (minimal tayyor mahsulot) ni dasturchisiz yasaydi

No Code mutaxassislariga talab qanday?

Bugungi raqamli dunyoda veb-saytga ega bo‘lmagan biznes deyarli yo‘q. Ammo hamma ham kod yozishni bilmaydi. Shuning uchun ham so‘nggi yillarda No Code mutaxassislariga bo‘lgan talab keskin ortmoqda. Chunki bu arzon va tez fursatda tayyor bo‘ladigan ish bo‘lib, yangi biznes boshlaganlar uchun qulaydir. Dunyo bo‘yicha Tilda, Framer, WordPress, Shopify’dagi mutaxassislar Fiverr, Upwork, Behance orqali mijoz topmoqda. Bu soha yaqin 5 yilda eng tez rivojlanadigan yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. 


Najot Ta’limdagi No Code kursida nimalarni o‘rganasiz?

Kurs 3 oy davom etadi, haftasiga 2 kun, har biri 2 soatdan darslar bo‘ladi. Har bir bosqich amaliyot bilan birga olib boriladi.

Asosiy ko‘nikmalar

  • Saytlar qanday ishlashini tushunish (hosting, domen, sayt turlari)

  • Loyiha uchun brif tuzish, auditoriyani aniqlash va CustDev qilish

  • Kontent yozish va sun’iy intellekt bilan ishlash (ChatGPT, Midjourney, Sora)

  • UI/UX asoslari, Figma, ranglar, shriftlar, dizayn tahlili


No Code platformalarda ishlash


  • Tilda: Zeroblock, dizayn verstkasi

  • WordPress: elementor, pluginlar, integratsiyalar

  • Framer: animatsiyalar va interaktivlik

  • Shopify: e-commerce uchun saytlar

  • CRM va Google Sheet bilan integratsiyalar

  • Mijoz topish, tijoriy taklif yozish, shartnomalar bilan ishlash

Kurs yakunida siz mustaqil tarzda sayt tayyorlab, mijozlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lasiz. Portfoliongizga real loyiha qo‘shiladi va ish topish imkoniyatlaringiz ortadi.


Bu kasb sizga nima beradi?

  • Mustaqil ishlash imkoniyati (frilans)

  • Tezda real xizmatga aylanadigan ko‘nikma

  • Har qanday g‘oyani onlaynga tez olib chiqish qobiliyati

  • O‘z shaxsiy loyihangizni boshlab olish uchun yetarli bilim

  • AyTi sohasiga kirish uchun eng oson eshik


No Code kimlar uchun (va kimlar uchun emas?)

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, No Code dasturlashning o‘rnini bosmaydi. Aksincha, bu — texnologik jarayonlarni soddalashtirishga mo‘ljallangan vosita. Agar siz kompleks tizimlar, sun’iy intellekt, mobil ilovalar yoki server arxitekturasi ustida ishlamoqchi bo‘lsangiz — albatta, dasturlash o‘rganish zarur. Ammo quyidagi maqsadlar uchun No Code ideal tanlov bo‘ladi:

  • Mahsulotingiz uchun tez va arzon narxda sayt tayyorlamoqchisiz

  • Frilans ishlab, kichik bizneslarga izmat ko‘rsatmoqchisiz
  • Siz startapsiz va MVP versiyani chiqarmoqchisiz

  • Siz marketolog, dizayner yoki kontent yaratuvchisiz

  • Siz o‘z xizmatlaringizni internet orqali ko‘rsatmoqchisiz

  • Siz biznesingizni onlayn ko‘chirmoqchisiz

  • Qisqa vaqtda zamonaviy kasb o'rganib, AyTi sohasiga kirmoqchisiz


No Code aynan kichik bizneslar, individual mutaxassislar va frilanslar uchun imkoniyatlar eshigidir. Ular mijoz kutib o‘tirishni emas, mahsulotni o‘zlari tezda ishga tushirishni afzal ko‘radi. Dasturlashga vaqt va byudjet topa olmaganlar uchun No Code eng yaxshi boshlanish nuqtasi bo‘la oladi. Najot Ta'limda No Code kurslariga start beramiz. hoziroq ro'yxatdan o'tib, joyingizni band qildiring.

Kursga ro'yxatdan o'tish 

78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil