GDG DevFest Tashkent 2024 – AyTi sohasiga endigina qadam qo’ygan yoki tajribali soha mutaxassisi bo‘lishingizdan qat’i nazar bilimlaringizni oshirish, hamjamiyat bilan aloqa o‘rnatish va eng so‘nggi texnologiyalarni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Google Developers Group (GDG) — global hamjamiyat bo‘lib, Ushbu hamjamiyatning maqsadi o‘zaro bilim almashish, o‘rganish va dasturlar tayyorlashda yordam berishdir. GDG har qanday texnologiyaga qiziquvchilar, professional hamda yangi boshlovchilar uchun ochiq.
GDG DevFest 2024-yil 7-dekabr kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroy (Panorama)da bo‘lib o‘tadi. Konferensiya soat 09:00 dan 17:00 gacha davom etadi. Ishtirokchilar Android, Flutter, Firebase, Machine Learning, Vertex AI va boshqa Google texnologiyalarining eng yaxshi mutaxassislari bilan qiziqarli suhbatlar, amaliy seminarlar ishtirok etishlari mumkin.
Tadbir haqida qisqacha ma’lumotlar:
09:00– 10:20 oralig‘ida ro‘yxatga olish, mehmonlarning salomlashuv nutqi, tadbirning maqsad va vazifalari haqida qisqacha nutq.
10:30–13:00 oralig’ida Sun’iy intellektning o‘yinlardagi roli, Sun’iy intellekt va samaradorlik, SI dasturiy ta'minot ishlab chiqishga qanday yordam berishi, Go dasturlash tili yordamida dasturlar tayyorlash, Gemini loyihalarida IDX texnologiyasi, Software Engineering kasbida muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha muhim maslahatlar haqida mutaxassislari nutq so‘zlashadi.
Tadbirning ikkinchi qismida maxsus workshop’lar tashkil qilinadi. Workshop’lar soat 13:00-17:00 oralig‘ida bo'lib o'tadi. Workshop’larda Google AI yordamida iOS ilovalarini transformatsiya qilish, GenKit AI yordamida ish jarayonlarini qayta belgilash, dasturchilar uchun kodlarning sifati va yana bir qancha qiziqarli mavzular haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
👉🏻 Workshop'lar jadvali: havola
Spikerler:
Fatih Kadir Akın — Teknasyon / DevRel Manager
Nuruddin Iminokhunov — GDG Tashkent Lead & Organizer
Kartik Derasari — Persistent systems Google Developers Expert for Google Cloud
Yoyu Li — Infinite Whys Ltd Creative Technology Director
Carlos Sanchez — Adobe Principal Scientist
Mohamed Buallay — Tamkeen GDE, Data Architect and Reporting Lead
Vrijraj Singh — Agprop Google Developers Expert for Web & Firebase
Vohid Karimov — Google Software Engineer
Pawan Kumar — Pocket FM GDE
Eslam Medhat — Cyshield GDE
Semih Kışlar — Teknasyon DevRel Manager
Sayed Ali Alkamil — BNP Paribas Flutter Developer , GDE
Jelaleddin Sultonov — GDE for AL/ML
Hamkorlar:
Digital generation Uzbekistan
SuperDispatch
Go Viral
TheTech
Mohirdev
USaid Amerika xalqidan
Woman Techmarks
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi
Lola
Impact.t
IT park
Toshkent shahridagi INHA universiteti
GDG DevFest’ning 2023-yilda bo‘lib o‘tgan tadbirini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (Panorama), 15 Navoiy shoh ko'chasi
Vaqt: 7-dekabr shanba, soat 09:00
Bu shunchaki konferensiya emas - bu texnologiya sohasidagi mutaxassislar bilan muloqot qilish, o‘rganish va ilhom olish imkoniyati. O‘tkazib yubormang! Ro‘yxatdan o‘tish
Muallif:
Muallif: