Najot Ta’limda kitobxonlikka bag‘ishlangan "Quiz" musobaqasi tashkil etildi. Tadbir mutolaa va bilim sinovini birlashtirgan holda energiyaga boy holatda o'tdi.
Kitob o‘qish jarayonida voqealarni kuzatish bilan birga, qahramonlarning qarorlarini tushunish, muhim tafsilotlarni ilg‘ash va mustaqil xulosa chiqarish ham ahamiyatli. Kitobxonlik Quiz formati o‘qilganlarni esga olish va bilimlarni savollar orqali sinab ko‘rish imkonini beradi.
Bunday musobaqalar mutolaaga qiziqishni qo‘llab-quvvatlash, kitoblarga qayta murojaat qilish va yangi asarlarni o‘qishga rag‘bat uyg‘otishi bilan qadrlidir. Najot Ta’limda o‘tkazilgan "Kitobxonlik Quiz" ham kitobxonlikka bag‘ishlangan shunday musobaqalardan biri bo‘ldi.
