Yangiliklar
2039

Kompyuter protsessorlari va ularning turlari

Keling, Intel Core i, AMD Ryzen va Apple M1-M4 protsessorlari bilan yaqinroq tanishamiz.

Kompyuter protsessorlari va ularning turlari

Kompyuter protsessorlari va ularning turlari


Protsessorlar kompyuterlarning markaziy komponentidir. Ular ma’lumotlarni qayta ishlash va dastur buyruqlarini bajarish uchun mas’uldir. Protsessorlarning ishlash prinsiplari va turli modellari haqida bilimga ega bo‘lish zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish uchun muhimdir. Keling, Intel Core i, AMD Ryzen va Apple M1-M4 protsessorlari bilan yaqinroq tanishamiz.


1. Protsessorlarning asosiy vazifalari va tuzilishi
2. Intel Core i va AMD Ryzen protsessorlari
3. Apple M1-M4 protsessorlari va ARM arxitekturasi

4. Qanday protsessor tanlash kerak?

Protsessorlarning asosiy vazifalari va tuzilishi

Protsessor, yoki markaziy protsessor birligi (CPU), kompyuter tizimining asosiy qismidir. U arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, buyruqlarni hamda kompyuter tizimining boshqa qismlarini boshqaradi. Protsessorlar bir nechta yadrolardan iborat bo‘lib, har bir yadro alohida vazifalarni bajarishi mumkin, bu esa bir vaqtda ko‘proq ishni amalga oshirish imkonini beradi.

Intel Core i va AMD Ryzen protsessorlari

Intel Core i protsessorlari o‘zining tezligi va ishonchliligi bilan tanilgan. Ushbu protsessorlar kompyuterlarda keng qo‘llaniladi va yuqori ishlash samaradorligini ta’minlaydi. Intel Core i seriyasi i3, i5, i7 va i9 modellari bilan taqdim etiladi, ularning har biri turli vazifalar va ish yuklamalari uchun mo‘ljallangan. Masalan, Core i9 yuqori darajadagi grafik ishlov berish uchun juda mos keladi.

 

AMD Ryzen protsessorlari esa arzon narxi va yadrolarining ko‘pligi bilan mashhur. Ryzen protsessorlari, ayniqsa, ko‘p vazifalilik va parallel ishlash imkonini beradi. AMD Ryzen’ning 3, 5, 7 va 9 modellari mavjud.

Apple M1-M4 protsessorlari va ARM arxitekturasi

M1 protsessorlari Apple tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,  ARM arxitekturasiga asoslangan. ARM arxitekturasi, RISC (Reduced Instruction Set Computer) tamoyillariga asoslanib, protsessorlarning kam energiya iste’moli va yuqori samaradorlikka erishishini ta’minlaydi. Apple M1, M2, M3 va M4 protsessorlari o‘zining yuqori ishlash ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

Qanday protsessor tanlash kerak?

Protsessor tanlashda eng muhim detal bu – yadrolar soni. Agar ofis ishlari bilan shug’ullansangiz, 2-4 talik yadroga ega protsessor tanlasangiz bo‘ladi. Dasturlashga endi kirayotgan bo‘lsangiz, 4-6 talik yadroli protsessor yaxshi tanlov. Media, video montaj, grafik sohalarda faoliyat olib boradigan insonlar 6 tadan ortiq yadroga ega variantni tanlashi kerak. Ovoz bilan bog‘liq sohalarda ishlaydiganlar uchun esa Intel protsessorlari tavsiya qilinadi.

Agar siz kompyuter texnologiyalariga qiziqsangiz va shu sohada karyera qurmoqchi bo‘lsangiz, «Najot Ta'lim» AyTi kurslari uchun ro‘yxatdan o‘ting.

Ro'yxatdan o'tish



#Intel_Core_i #AMD_ryzen #M1-M4 #ARM

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil