Yangiliklar
6

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Najot Ta’lim orqali Yaponiya va Yevropa IT kompaniyalariga chiqish yo‘li. Xalqaro hamkorlar, til tayyorlovlari va real ish imkoniyatlari.

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Bugungi kunda Najot Ta’lim nafaqat zamonaviy AyTi ta’lim markazi, balki xalqaro IT kompaniyalar, davlat tashkilotlari va startap ekotizimi bilan faol hamkorlik qilayotgan ta’lim platformasi sifatida tanilgan. Najot Ta’lim hamkorlari orqali o‘quvchilar real loyihalar, xalqaro tajriba, ishga joylashish imkoniyatlari va global bozorga chiqish yo‘llariga ega bo‘lishmoqda.

Quyida Najot Ta’lim’ning asosiy va strategik hamkorlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.


Vention — xalqaro IT kompaniya bilan hamkorlik

Vention — dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi xalqaro IT kompaniya bo‘lib, yuqori darajadagi dasturiy ta’minot va muhandislik yechimlari bilan tanilgan. Vention 2002-yilda tashkil topgan bo'lib, hozirda Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, avstriya kabi davlatlarda 20 dan oshiq ofisga ega. Najot Ta’lim va Vention xalqaro IT kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik o‘quvchilarga:

  • xalqaro IT bozor talablari bilan tanishish

  • real AyTi loyihalar asosida bilim olish

  • global kompaniyalarda ishlash mentalitetini tushunish

imkoniyatini beradi.

2025-yilning oktyabr oyida Najot Ta'lim o'quvchilari bilan Vention kompaniyasining O'zbekistondagi filialiga tashrif buyurdik. Uchrashuv davomida o'quvchilarimiz ish muhiti bilan tanishib, xalqaro tajribali mutaxassislar bilan yaqinda suhbat qilishdi. HR bo‘limi bilan o‘tkazilgan texnik intervyu orqali o‘quvchilar xalqaro kompaniyaga ishga kirish tajribasiga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Bunday uchrashuvlarni tez-tez amalga oshirib borish reja qilingan.

 

CAL (Challenge And Lead) — Yaponiya IT kompaniyasi bilan strategik hamkorlik

CAL – Challenge And Lead — Yaponiyaning yetakchi IT kompaniyalaridan biri bo‘lib, dasturiy ta’minot va injiniring yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Najot Ta’lim’ning CAL Yaponiya IT kompaniyasi bilan hamkorligi:

  • Yaponiya IT bozori bilan aloqalarni kuchaytirish

  • yapon ish madaniyati va texnologik yondashuvlarni o‘rganish

  • xalqaro karyera uchun mustahkam poydevor yaratish

ga xizmat qiladi.

CAL kompaniyasiga ishga joylashish uchun yapon tilini (JLPT) N2 darajada bilish va bakalavr daraja talab qilinadi. Ushbu kompaniya cheklanmagan miqdorda junior darajadan senior darajagacha bo‘lgan IT ish o‘rinlariga taklif qilish imkoniyatiga ega. O'zbek o'quvchilarimiz orasida yapon tilini biladiganlar soni nisbatan kam hisoblanadi. Aynan shu sababli Najot Ta’lim JLPT Master - yapon tilini o'rgatadigan o'quv markazi bilan ham hamkorlik qilmoqda. 

Bu uch tomonlama yondashuv orqali o‘quvchilar IT bilimlari bilan birga yapon tilini ham o‘zlashtiradi, Yaponiya IT kompaniyalarida ishlash imkoniyati kengayadi, Yaponiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashish mexanizmi shakllanadi. Natijada Najot Ta’lim nafaqat dasturchilarni tayyorlaydi, balki xalqaro mehnat bozoriga tayyor mutaxassislarni yetishtiradi.


FPT Software Japan — yirik yapon IT kompaniyasi bilan aloqalar

FPT Software Japan —  2005 yilda Yaponiya bozoriga kirib, bugungi kunda Yaponiya IT bozorida eng katta xorijiy investitsiyalangan texnologik kompaniyalardan biri sifatida tanilgan. Kompaniyaning Yaponiya bo‘yicha bosh ofisi Tokioda joylashgan bo‘lib, u yerda yuzlab texnologlar ishlaydi va raqamli transformatsiya projekti yaratadi. FPT Japan oʻz xizmatlarini Yaponiya bozoridagi 450+ mijozga yetkazib beradi.

Najot Ta’lim uchun FPT yapon kompaniyasi bilan hamkorlik:

  • yapon IT kompaniyalarida ishlash imkoniyatlari

  • xalqaro AyTi standartlar asosida bilim berish

  • talab yuqori bo‘lgan texnologiyalarni o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega.


FPT kompaniyasi O'zbekiston bozoridagi juniordan seniorgacha bo'lgan mutaxassislarni ishga olishadi. Yapon tilini N3-N4 darajada bilish talab qilinadi. Bundan tashqari, FPT Software faqat Yaponiya bilan cheklanmay, 30 dan ortiq mamlakatda ofis va mijozlar bazasiga egabo'lib, Yevropa, AQSh, Osiyo bozorlarida ham ishlaydi. Shuning uchun ham ingliz tilini biladigan o'quvchilarimizni chet davlatlarga mutaxassis sifatida yetkazib bera oladi. 


IT Park Uzbekistan — doimiy hamkor va rasmiy rezidentlik

Najot Ta’lim IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lib, ushbu tashkilot bilan doimiy va faol hamkorlik olib boradi. IT Park bilan hamkorlik quyidagi afzalliklarni beradi:

  • AyTi ekotizimiga integratsiya

  • startaplar va IT kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa

  • o‘quvchilar uchun ish va amaliyot imkoniyatlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar (https://www.digital.gov.uz/oz) vazirligi bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Najot Ta’lim uchun muhim institutsional hamkor hisoblanadi. Xalqaro IT kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish jarayonida Najot Ta’lim bilan birgalikda ko‘plab muloqot va tashabbuslar amalga oshirilgan.

Bu hamkorlik orqali:

  • raqamli ta’lim rivoji

  • xalqaro AyTi loyihalar

  • davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi integratsiya ta’minlanmoqda.

 

Startup Garage — startap ekotizimi bilan hamkorlik

Startup Garage — bu O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan innovatsion venchur studio bo'lib, Najot Ta’lim’ning startap yo‘nalishidagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ushbu hamkorlik orqali:

  • startaplarni rivojlantirish

  • innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash

  • yosh tadbirkorlar va AyTi mutaxassislarni birlashtirish maqsad qilingan.


Najot Ta’lim hamkorliklaridan asosiy maqsad

Najot Ta’lim uchun hamkorlik — bu shunchaki nom yoki rasmiy kelishuv emas. Barcha hamkorliklarning asosiy maqsadi o‘quvchilarni xalqaro kompaniyalarga ishga joylashishda qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro tajriba almashish, o‘quv dasturlarini global bozor talablariga mos ravishda muntazam yangilab borish va global IT bozorida o‘zbek dasturchilarini ko‘paytirishdan iborat.


O‘quv dasturlarini xalqaro talablar asosida yangilash

Najot Ta’lim hamkorlari bilan olib borilayotgan faol muloqotlar natijasida o‘quv dasturlari muntazam ravishda yangilanib boriladi. Xalqaro IT kompaniyalarning real ehtiyojlari asosida yangi texnologiyalar kiritiladi, talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar kuchaytiriladi, amaliy topshiriqlar va real keyslar ko‘paytiriladi. Bu esa o‘quvchilarning ishga joylashish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

 

Xulosa

Najot Ta’lim bugungi kunda faqat O‘zbekiston yoki Osiyo bozori bilan cheklanib qolmay, xalqaro miqyosdagi IT hamkorliklarini bosqichma-bosqich kengaytirib bormoqda. Yaponiya (CAL, FPT), xalqaro IT kompaniyalari (Vention), davlat va ekotizim hamkorlari (IT Park, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Startup Garage, IT hamjamiyatlar) bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklar — bularning barchasi o‘quvchilarni global mehnat bozoriga olib chiqishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, Najot Ta’lim Yevropa IT bozori tomon ham faol ochilmoqda. Xususan, Germaniya kompaniyalari bilan aloqalarni allaqachon yo‘lga qo‘ygan. Shu jumladan, 2025-yil sentyabr oyida Germaniyada faoliyat yurituvchi Ruthardt Softwaretechnik  kompaniyasi Najot Ta’limga tashrif buyurdi . Tashrif davomida mehmonlar Najot Ta’limdagi shart-sharoitlar, o’quv dasturlari va natijaga erishayotgan bitiruvchilar haqida tanishishdi. 

Najot Ta’lim O‘zbekistonda xalqaro darajadagi IT kadrlar yetishtiruvchi markaz sifatida shakllanmoqda.


78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Batafsil