Yangiliklar
32

Najot Ta'lim Samarqand filiali

Ushbu maqolada Najot Ta'limning Samarqand filiali, u yerdagi sharoitlar, kurslar haqida batafsil ma'lumot olasiz

Najot Ta'lim Samarqand filiali

Najot Ta'lim o'z faoliyatini 2018-yilda Toshkent shahrida boshlagan. Dastlabki kunlaridanoq markazning asosiy maqsadi yoshlarga sifatli ta'lim berish, ishsizlar sonini kamaytirish va kelajak kasblarini o'rgatish bo'lgan. Ilk faoliyatini 4 xonali joyda kichik o'quv markaz sifatida boshlagan Najot Ta'lim, hozirda O'zbekiston bo'ylab 6 ta filialga ega. ularning 3 tasi Xorazm, Farg'ona va Samarqand viloyatida joylashgan.

Markaz hozirda zamonaviy kasblar - dasturlash, dizayn, marketing bo'yicha ta'lim berib kelmoqda. Markaz qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishib, talabalar soni keskin ortdi. Hozirgi kunga kelib markaz 8500+ muvaffaqiyatli bitiruvchilarga ega. Yoshlar bu yerda nafaqat nazariy bilim olishadi, balki amaliy loyihalarda ham ishtirok etishadi. 

Samarqandda filial ochilish tarixi

Samarqand tarixan buyuk shaxslar yashagan va ilm-fan rivojlangan shaharlardan biri sifatida tanilgan. So‘nggi yillarda texnologiya va innovatsiyalarga bo‘lgan talab keskin oshdi. Samarqand yoshlari AyTi sohasiga ko‘proq qiziqish bildirа boshladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2024-yilda "IT park" rezidentlarining Samarqanddagi filiallari soni 141 taga yetgan. Bu ko‘rsatkich bilan Samarqand Toshkentdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, Samarqand viloyatidagi AyTi kompaniyalar tomonidan 11 million AQSH dollari miqdorida xizmatlar eksporti amalga oshirilgan. (Manba: Kapital.uz)


"Zero Risk" dasturi orqali 2024-yilda AQSH, Malayziya, Shvetsiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarning 14 ta kompaniyasi O‘zbekiston hududlarida, jumladan Samarqandda o‘z vakolatxonalarini ochdi. Bu orqali mahalliy mutaxassislar uchun 570 ta ish o‘rni paydo bo‘ldi. Bu natijalarning hammasi Samarqandda AyTi va texnologiyalarga bo‘lgan talab va taklifni ko‘rsatadi. Shuning uchun ham Najot Ta’lim 2024-yilning kuzida aynan Samarqandda filial ochdi. Filial ochilishi Samarqand yoshlari uchun juda katta yangilik bo‘lib, ular endi Toshkentga bormasdan ham, Toshkentdagi kabi sifatli AyTi ta’lim olish imkoniga ega bo‘ldilar.





O'quv sharoitlari va imkoniyatlar

Najot Ta'lim Samarqand filialida talabalarning qulay va samarali ta'lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O'quv xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, tezkor internet va qulay sharoit mavjud. Bu yerda yoshlar o'z bilimlarini amaliy loyihalar orqali mustahkamlay oladilar. Filialda dasturlash, dizayn, SMM va mobilografiya sohalaridagi eng zamonaviy kurslar mavjud. Markazning yana bir muhim jihati uning yuqori malakali, tajribali ustozlaridir. Ustozlar eng kamida o’z sohasida 3 yillik tajribaga ega mutaxassislardir. 


Najot Ta'lim Samarqand filiali


Najot Ta'lim Samarqand filiali

Najot Ta'lim Samarqand filiali

Najot Ta'lim Samarqand filiali

Ochiq darslar va master-klasslar

Najot Ta'lim Samarqand filialida muntazam ravishda ochiq darslar va master-klasslar o'tkaziladi. Bu tadbirlar orqali talabalar va boshqa qiziquvchilar sohaga oid yangiliklarni bilib olishlari, yangi bilimlar egallashlari mumkin.

Umuman olganda, Najot Ta'lim Samarqandda nafaqat tarix bilan mashhur shaharga, balki kelajakka qadam qo'yayotgan yoshlarga ham katta imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bu esa shaharning kelajakdagi rivojlanishiga muhim hissa bo'lib xizmat qiladi.



Samarqandlik yoshlar, agar siz zamonaviy sohalarga qiziqsangiz, kelajakda ushbu sohalarda mutaxassis bo'lishni maqsad qilgan bo'lsangiz ilk qadamni Najot Ta'limdan boshlang. Dasturlash, dizayn va marketing sohalarini Najot Ta'limning Samarqand filialida o'rganib, kelajagingiz uchun yaxshi kasb mutaxassisi bo'ling. Kurslarga qabul siz uchun doim ochiq.

Ro'yxatdan o'tish 

78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil