Ushbu maqolada Najpot Ta'limning Xorazm filiali, undagi shart-sharoitlar va yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot olasiz
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda AyTi sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. “Bir million dasturchi”, raqamli texnologiyalar markazlari va AyTi maktablari kabi tashabbuslar mamlakatni zamonaviy texnologiyalar markaziga aylantirish yo‘lida katta bosqich bo‘ldi. Bu jarayonda Najot Ta’lim o‘zining sifatli dasturlash, dizayn va marketing ta’limi bilan ajralib turadi. Endilikda ushbu yetakchi ta’lim markazi Xorazm viloyati, Urganch shahrida ham o‘z filialini ochdi, bu esa mintaqadagi yoshlar uchun katta imkoniyatdir.
Xorazm viloyatida raqamli sohalarga bo‘lgan qiziqish va davlat miqyosidagi qo‘llab-quvvatlov juda yuqori. 300 mingdan ortiq yoshlar “Bir million dasturchi” dasturida ishtirok etgan, ulardan 270 ming nafari sertifikat olgan. Xorazmda 13 ta AyTi maktab va 13 ta raqamli markaz faoliyat yuritmoqda. Urganchdagi IT Park'da 9 ta rezident kompaniya va 40 ga yaqin startap faoliyat ko‘rsatmoqda, 5 tasi allaqachon moliyalashtirilgan. Bularning barchasi Xorazmda IT sohasi tez sur’atlarda rivojlanayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Najot Ta’limning Urganch (Xorazm) filialida talabalarga qulay sharoitlar yaratilgan. Bu yerda o‘qish uchun keng va yorug‘ xonalar, yuqori tezlikdagi internet aloqasi va kovorking maydonlari mavjud. Najot Ta’lim Xorazm filialida ham dasturlash, grafik dizayn va marketing/SMM sohalarida darslar beriladi. Darslarni sohaning yetuk mutaxassis ustozlari olib borishadi.
.
2024-yil 11-may kuni «Najot Ta'lim»ning viloyatlardagi navbatdagi filiali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirga 1000 dan ziyod mehmonlar tashrif buyurishdi va yangi filial imkoniyatlari hamda kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishishdi. Video orqali siz ham ochilish marosimining atmosferasini his qilishingiz mumkin.
Najot Ta'lim Urganch filialida ham doimiy ochiq dars va soha mutaxassilarida maxsus master-klasslar tashkil etiladi. Bundan tashqari, o'quvchilarning rivojlanishi, o'rganayotgan bilimlarini mustahkamlashi uchun sohaga oid musobaqalar va Quizlar tashkil etiladi. Shu paytgacha Urganch filialiga Temurbek Adhamov, Aziz Rahimov, Jahongir Po'latov, Xayrulla Hamidov, Muhammad Temur A'zam, Doniyor Nasriddinov kabi mehmonlar tashrif buyurib, Samaradorlik, intizom, ilm olish mavzularida yoshlargha foydali master-klasslar o'tib berishgan. Bundan tashqari grafik dizayn, dasturlash, SMM sohalarining mutaxassilari ham ochiq dars va master-klasslarda o'z bilimlari bilan bo'lishim kelmoqda.
Xorazmlik yoshlar, zamonaviy kasb egasi bo‘lishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, Najot Ta’lim Urganch filialiga hoziroq ro'yxatdan o'ting. Bu yerda dasturlash, dizayn va marketing bo‘yicha yuqori sifatli ta’lim, tajribali ustozlar va boy amaliy imkoniyatlar sizni kutmoqda. Kurslarga qabul doim ochiq.
Muallif:
Muallif: