Marketing
5

Sun’iy intellekt turlari

Ushbu maqolada sun’iy iktellektning eng ommabop turlari va ularni qanday maqsadda ishlatish mumkinligi haqida ma’lumotlarni ulashamiz.

Sun’iy intellekt turlari

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib keldi. Avvalroq sun’iy intellekt nima va u qanday ishlashi to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Quyida esa eng mashhur 6 ta SI turini va undan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rib chiqamiz:


1. ChatGPT — OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt. U inson tilini tushunadi, savollarga javob beradi, matnlar yozadi, tarjima qiladi va hattoki hazil ham qila oladi. Muloqot davomida inson bilan gaplashayotganga o‘xshash his qoldiradi. 2025-yil holatiga ko‘ra, 50 dan ortiq tilni tushunishi va o‘zbekchani ham yaxshi darajada bilishi qayd etilgan. Uni suhbatlashish, maqola yozish, tarjima, kod yozish uchun ishlatish mumkin.

Ma’lumot uchun, ChatGPT 2023-yilning eng tez rivojlangan texnologik mahsuloti bo‘lib, 6 oy ichida 100 million faol foydalanuvchiga ega bo‘ldi.

2. Runway Gen-3 — matn asosida videolar tayyorlaydigan sun’iy intellekt platformasi. Siz matn orqali ssenariy yozasiz, u esa sizga video tayyorlaydi. Animatsiya, effektlar, hatto ovoz ham qo‘shadi. Masalan, siz “tog‘lar orasidagi quyoshli tong” deb yozsangiz, u 4K videoni o‘zi ishlab chiqadi. Hozirda musiqachilar, kontent makerlar, hatto kino rejissyorlar ham undan foydalanmoqda.

3. Google Veo — bu sun’iy intellekt asosida ishlovchi video generatsiya qilish modeli bo‘lib, 2024-yilning may oyida Google tomonidan taqdim etilgan. U matndan yuqori sifatli video yasash imkonini beradi. Ya’ni, siz matnli tasvirlab berasiz, Google Veo esa siz uchun realistik, 1080p video tayyorlaydi. Google Veoning boshqa AI video generatorlaridan ustun tomoni kameraning harakatlarini ham jonlantira olishi masalan, sahnani yaqinlashtirishi, yuqoridan pastga qarab tushirishi va estetik jihatdan chiroyli videolar olishidadir.

4. Midjourney — dizaynerlar uchun SI inqilobi. Firefly matndan buyruq olish orqali rasm ishlab chiqadi yoki mavjud rasmlarni o‘zgartiradi. Ushbu sun’iy intellekt dasturi matn asosida yuqori sifatli, san’at darajasidagi rasmlarni chiza oladi. Uning eng katta afzalligi, u yuqori aniqlikda ishlashidir.

Bunday tashqari Sora, Flux sun’iy intllektlari ham grafika sohasida ommabop va ishlatish uchun qulay hisoblanadi.


5. GitHub Copilot — dasturchilarga kod yozishda haqiqiy yordamchi. U yozayotgan kodingizni tahlil qilib, keyingi qatorni taklif qiladi va funksiyalarni yozib beradi. Kod yozish, xatolarni aniqlash, kerakli funksiyalarni avtomatik taklif qilish imkonini beradi.

2023-yilgi GitHub hisobotiga ko‘ra, dasturchilar Copilot yordamida kod yozish tezligini 55% ga oshirgan.

Shuningdek, Repline, Tabline, Codiga kabilar ham coding bo’yicha asosiy ishlatiladigan AI turlari hisoblanadi. 


6. Canva AI — dizayner bo‘lmasangiz ham, Canva AI sizga banner, post yoki taqdimot uchun dizayn tayyorlab beradi. Shunchaki matn kiritasiz va u sizga professinal post tayyorlaydi.

Canva AI’ning "Text to Image" funksiyasi 2024-yilda 150 milliondan ortiq sun’iy rasm ishlab chiqqan — bu bir yil ichida professional dizaynerlar tomonidan chizilgan barcha rasmlardan ko‘proq.

Xulosa

Sun’iy intellekning barcha turlari hayotimizning ma’lum bir sohasini osonlashtiradi. Eng muhimi, bu texnologiyalar endi faqat olimlar yoki IT mutaxassislari uchun emas. Endi  ular har bir foydalanuvchining hayotini yengillashtiradi.

Siz sun’iy intellektning qaysi turidan foydalanasiz?

78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish



Tavsiya etamiz:

Sun’iy intellekt turlari

Sun’iy intellekt turlari

Batafsil