Yangiliklar
59

Najot Ta'limda qabul yopiladimi? Taklifnoma tizimi haqida

Najot Ta'limda 2025-iyul oyidan boshlab odatiy qabullar to'xtaydi. 1-iyuldan boshlab faqat Taklifnoma tizimi orqali qabul bo'ladi. Taqdimotni tomosha qilib batafsil bilib oling

Najot Ta'limda qabul yopiladimi? Taklifnoma tizimi haqida



Zamonaviy dunyoda bilim – eng katta kuch. Ammo bilim berishning o‘zi yetarli emas. Bugun yoshlarimizga nafaqat bilim, balki ishonch, motivatsiya va imkoniyat ham kerak. Ana shunday yondashuvni o‘ziga bayroq qilgan Najot Ta’lim bugun nafaqat ta’lim markazi, balki butun bir avlodning kelajagiga yo‘l ochayotgan markaz


Najot Ta’lim 7 yil davomida minglab yoshlarni zamonaviy kasblar bilan tanishtirib, ularni bozorga tayyorlab kelmoqda. AyTi sohalarida o‘qigan o‘quvchilar bugun yirik kompaniyalarda, start up loyihalarda va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda.


Bugungi kunda ta’lim sohasi tobora murakkablashib borayotgan bir vaqtda, Najot Ta’lim o‘z bitiruvchilarining 80% dan ortig‘ini ish bilan ta’minlay olishga erishdi. Bu natija – kuchli o‘quv dasturlari, doimiy amaliy mashg‘ulotlar, 24/7 kovorking, tajribali ustozlar va haftalik master-klasslar samarasi.


Yangi davr, yangi yondashuv

Bozordagi raqobat, sun’iy intellekt inqilobi va ta’limga bo‘lgan talablarning o‘zgarishi Najot Ta’limni yangi bosqichga olib chiqdi. Endilikda barcha kurslar o‘quv rejasiga sun’iy intellekt darslari qo‘shildi. Har bir o‘quvchi o‘z sohasiga tegishli AI vositalaridan foydalanishni o‘rganadi. Platformadagi vazifalar ham endilikda AI yordamida baholanadi.


Qabul tizimidagi katta o‘zgarish

Yuqori natijaga erishish uchun faqatgina haqiqiy istak va maqsad bilan kelganlar bilan ishlash muhim. Shu boisdan Najot Ta’lim endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul tizimini yopdi. Endi markazga faqat taklifnoma asosida kirish mumkin.

Har bir bitiruvchiga 3 ta taklifnoma beriladi. Ushbu taklifnoma orqali yangi o‘quvchilar tanlanadi. Bunday yondashuv markazda haqiqiy qiziqish va ishtiyoq bilan kelgan, o‘zgarishga tayyor insonlarni jamlash imkonini beradi.


Ko'p beriladigan savollar 

1. Najot Ta'limda qabul to'xtatiladimi? 

Najot Ta'limning rasmiy taqdimotini oxirigacha ko'rgan bo'lsangiz, odatiy qabullar yopilganini bilgansiz. Bu nima degani? 2025-yil iyul oyidan boshlab Najot Ta'limda kim o'qishini faqatgina bitiruvchilar hal qiladi. Na marketing, na sotuv bu jarayonga aralashadi. Endilikda Najot Ta'limda o'qishni istaganlar maxsus taklifnoma orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Bu taklifnomani bitiruvchilarimizdan olasiz. "Taklifnoma" tizimi rasman ishga tushdi.


2. Taklifnomalar kimlarga tarqatiladi? 

— Najot Ta'lim bitiruvchilariga 3 donadan; (hozircha)
— Har oyning 1-sanasida Najot Ta'limning har bir jamoadoshiga 1 donadan;
— Har oyning 1-sanasidan Najot Ta'lim ustozlariga 5 donadan ;
— Filial administrativ qismi va sotuv operatorlariga 3 donadan taqdim etiladi.

Agar siz Najot Ta'limda zamonaviy kasblarni o'rganishni istasangiz, ushbu taklifnomalardan birini qo'lga kiritishingiz kerak bo'ladi. Bitiruvchilarimiz va jamoadoshlarimiz Najot Ta'limga kim mosligini ko'proq bilishadi. Shuning uchun biz bu mas'uliyatni ularga topshirdik. Taklifnoma haqida batafsil: https://youtu.be/tUvJJQQxvvc


3. Taklifnomani qanday qo'lga kiritsa bo'ladi? 

— Ijtimoiy tarmoqlarda bitiruvchilarimiz #najottalim, #najottalimticket, #najottalimtaklifnoma heshteglari bilan post joylashadi. Bu orqali maxsus taklifnomani topib olishingiz mumkin. Ular asosan Linkedin'da faol bo'lishadi.

— Najot Ta'limda bo'ladigan bitiruv marosimlariga kelib topishingiz mumkin. 

— Filiallarga tashrif buyurish orqali, sababi jamoadoshlarimiz va ustozlarimizda ham taklifnoma bo'ladi. Ularga maqsadingizni tushuntirish orqali ham taklifnoma olishingiz mumkin. Agar u bo'lsa :)

— Bitiruvchilar uchun ochilgan maxsus guruhdan topishingiz mumkin. Guruh linki sotuv operatorlariga taqdim etiladi.


4. Taklifnoma qanday ishlaydi?

— Taklifnomada u haqida ma'lumot beruvchi QR kod joylashgan. 
— Har bir taklifnomada maxsus ID raqam bor. Bu ID orqali taklifnoma oldin ishlatilgan yoki yo'qligi aniqlab olinadi.
— Taklifnomada yaroqlilik muddati yozilgan. Muddati tugagan taklifnomalar qabul qilinmaydi.

Najot Ta'lim 1-iyuldan boshlab o'quvchilarni faqatgina "Taklifnoma" tizimi orqali qabul qiladi. 


5. Taklifnoma barcha filiallar uchun ishlaydimi?

Taklifnoma tizimi hozircha Toshkent filiallariga amal qiladi. Yil oxirigacha Najot Ta'limning barcha filiallarida joriy etish reja qilingan.

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Data science va sun'iy intellekt kursi

Data science va sun'iy intellekt kursi

Batafsil