Start loyihasi Najot Ta'lim o'quvchilari uchun tashkil qilingan loyiha, unda o'quvchilar real proyektlar orqali amaliyot qilishi, jamoaviy ishlab tajriba orttirishi mumkin.
Kutib oling Najot Ta'limdan yangi "START" loyihasi
Najot Ta'lim o'quvchilari va bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlab yangi loyiha "Start" loyihasini ishlab chiqdi. Bu loyihada qatnashib nazariy bilimlarni real amaliyotda qo'llashlari va turli katta-kichik loyihalarni ishlab chiqishlari mumkin. Bu ularga keyingi ish faoliyatiga katta yordam beradigan tajriba ulashadi. Start loyihasiga saralash orqali qabul qilinadi. Qabul qilingan o'quvchilar guruhlarga ajratilib, ular uchun proyekt menejer biriktiriladi va har bir guruhga amaliy tajriba orttirish uchun loyiha beriladi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi startaperlar chiqarish va bitiruvchilarimiz o'z ish faoliyatini tezroq topib ketishga ko'maklashishdan iborat.
Ishtirokchilar bu loyihada qatnashib portfolio shakllantirib olishlari, tajriba orttirishlari, jamoaviy ishlashni o'rganishlari mumkin. Najot Ta'lim zamonaviy kasblarni o'rgatish bilan birga, o'z o'quvchi va bitiruvchilarini doimiy qo'llab - quvvatlaydi.
Muallif:
Muallif: