Yangiliklar
233

Najot Ta'limda workshoplar

Najot Ta'lim ilk bor yangi formatda bepul workshop'lar tashkil qilmoqda. Zamonaviy sohalarni sinab ko'ring va qaysi soha sizniki ekanligini aniqlang!

Najot Ta'limda workshoplar

Workshop nima?

Workshop – bu o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus tadbir bo‘lib, qatnashchilarga ma’lum bir mavzuni chuqur o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Workshoplarda guruhlar jamoalarga bo‘linib, interaktiv mashqlar bajaradi va faol  shaklda o‘tkaziladi.


Workshopning asosiy maqsadi

Workshopning asosiy maqsadi – nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishdir. Bunda tinglovchilar faqatgina ma’lumot olish bilan cheklanmay, o‘zlari ham jarayonga faol ishtirok etadilar. Bu ularga o‘rganganlarini darhol amaliyotda sinab ko‘rish va tushunmovchiliklarni joyida hal qilish imkoniyatini yaratadi.



Workshopning xususiyatlari

Amaliyotga asoslanganligi: Ko‘p hollarda nazariy bilimlar qisqacha tushuntirilib, asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi.
Faol ishtirok: Workshopda barcha ishtirokchilar jarayonning ajralmas qismiga aylanadi. Ular vazifalar bajaradi, savol-javoblarda qatnashadi yoki kichik guruhlarda ishlaydi.
Mutaxassislar ishtiroki: Workshopni o‘z sohasida tajribali mutaxassislar olib boradi, bu esa mavzuni chuqurroq tushunish imkonini beradi.





Kimlar qatnasha oladi?

Agar siz zamonaviy kasblardan qay birini tanlay olmayotgan bo‘lsangiz yoki qaysi soha sizniki ekanligi haqida ikkilanayotgan bo‘lsangiz Najot Ta'limdagi workshoplar aynan siz uchun. Najot ta'limda har yakshanba kuni zamonaviy sohalar bo'yicha workshoplar bo'lib o'tadi. Havola orqali ro'yxatdan o'tib, qatnashishingiz mumkin.


Ro'yxatdan o'tish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Batafsil