Dasturlash
550

Saytning asosi: Domen, hosting va server nima?

Ushbu maqola orqali saytning asoslari domen, hosting, server haqida ma'lumot olasiz

Saytning asosi: Domen, hosting va server nima?

Bugungi raqamli dunyoda har qanday biznes yoki shaxsiy brend uchun veb-sayt juda muhim. Sayt yordamida mahsulot va xizmatlaringizni internet orqali ommaga yetkazishingiz, mijozlaringiz bilan aloqa o‘rnatishingiz va biznesingizni kengaytirishingiz mumkin. Lekin sayt yaratish jarayoni faqatgina dizayn yoki kontent bilan cheklanmaydi. U domen, hosting va server kabi asosiy tushunchalarga bog‘liq. Ushbu maqolada biz sayt nima ekanligini va uning ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy qismlarni batafsil tushuntiramiz.

Sayt nima?

Sayt – bu internet tarmog‘ida joylashgan sahifalar to‘plami bo‘lib, foydalanuvchilarga ma’lumot yetkazish, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish yoki o‘zaro muloqot qilish imkoniyatini beradi. Har bir sayt domen, hosting va server kabi elementlardan tashkil topadi. Ushbu elementlar bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi va saytning doimiy ravishda internetda mavjud bo‘lishini ta’minlaydi.

Domen nima?

Domen – bu saytning internetdagi manzili. Masalan, najottalim.uz domen hisoblanadi. Domenlar oddiy IP-manzillarga o‘xshash sonlardan iborat bo‘ladi, lekin odamlar uchun qulay bo‘lishi uchun so‘zlardan tashkil topgan domen nomlari ishlatiladi. Misol uchun, 104.26.10.78 saytning IP-manzili deb hisoblasak, bu foydalanuvchilar uchun noqulay va eslab qolish qiyin raqamlar. Shuning uchun ham domen nomlari yaratiladi. Aks holda, har bir saytga kirish uchun sonlardan iborat murakkab IP-manzillarni eslab qolish talab etilar edi.

Domen tanlash bo‘yicha tavsiyalar:

  • Saytingiz nomiga mos keladigan domen tanlang.

  • .uz, .com, .net, .org kabi ishonchli domen kengaytmalaridan foydalaning.

  • Kalit so‘zlarni domen nomiga qo‘shish foydali bo‘lishi mumkin (SEO uchun).

Domen sotib olish uchun siz domen registratorlari xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Masalan, Namecheap, GoDaddy, Hostinger va boshqalar.

Hosting nima?

Hosting veb-saytni internetda nashr etish imkonini beruvchi xizmat. Agar siz provayderdan hosting xizmatini sotib olsangiz, veb-saytingiz fayllari va ma’lumotlarini saqlash uchun ularning veb-serverlarining bir qismiga ega bo‘lasiz. Saytingizning barcha ma’lumotlari fayllar, rasm va matnlar, ma’lumotlar bazasining hammasi shu hostingda saqlanadi. Foydalanuvchi saytning domen nomini terganida hosting ma’lumotlaringizni tashrif buyuruvchiga yuborish uchun javobgar bo‘ladi. Bundan tashqari, hosting server va fayllarni hujumlardan saqlab turadi.

Hosting turlari:

  • Shared Hosting – yangi boshlovchilar uchun arzon variant. Bir nechta saytlar bitta serverdan foydalanadi.

  • VPS (Virtual Private Server) – ko‘proq resurs talab qiladigan saytlar uchun mos. Har bir foydalanuvchiga o‘ziga ajratilgan resurslar taqdim etiladi.

  • Dedicated Server – katta hajmli va resurs talab qiladigan loyihalar uchun individual server.

  • Cloud Hosting – dinamik resurslar bilan ta’minlovchi hosting, server ishdan chiqsa ham, sayt uzilishlarsiz ishlaydi.

Saytingiz tezligi va xavfsizligi yaxshi bo‘lishi uchun sifatli hosting tanlash ham bir san’at aslida :)

Server nima?

Server – bu internetga ulangan kompyuter bo‘lib, saytga tashrif buyurgan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazib beradi. Serverning sifati saytingiz tezligi va barqarorligiga ta’sir qiladi.

Server tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar:

  • Tezlik va ishonchlilik

  • Xavfsizlik (SSL sertifikat qo‘llab-quvvatlashi)

  • Texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati

Serverlar turli platformalarda ishlashi mumkin, masalan, Apache, Nginx, LiteSpeed va boshqalar. Eng katta server provayderlari orasida AWS, Google Cloud, Microsoft Azure kabi kompaniyalar bor.


Xulosa

Ushbu maqola orqali domen, hosting va server tushunchalarini bilib oldingiz. Sayt yaratish uchun ular haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lish kerak. Ushbu elementlar saytning internetda to‘g‘ri ishlashi, tezkorligini va xavfsizligini ta’minlab beradi. Albatta bundan oldin, kuchli veb-sayt tayyor bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda bunday vazifalarni mijozlar faqatgina kuchli veb dasturchilar orqali amalga oshiradi. Agar siz ham veb-sayt yaratish va dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Najot Ta’lim dasturlash kurslari sizga bu yo‘lda yordam beradi. Kurslarimizda Python, React.JS, Node.JS, PHP kabi daturlash tillarini o‘rganib, dasturchilik karyerangizni boshlashingiz mumkin.

👉🏻 Ro‘yxatdan o‘tish

 

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Batafsil