Dasturlash
125

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

No Code platformalari ilova va vebsaytlar tayyorlashni osonlashtirmoqda. Shunday ekan endi dasturlashni o'rganishdan nima foyda? Ushbu maqolada batafsil gaplashamiz

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

So‘nggi yillarda No Code platformalari tez sur'atlarda rivojlandi. Tilda, WordPress, Webflow, Bubble, Airtable kabi vositalar orqali hech qanday kod yozmasdan vebsaytlar, ilovalar tayyorlash mumkin. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2026 yilgacha yangi ishlab chiqiladigan ilovalarning 70% dan ortig‘i kod yozmasdan, tayyor platformalar orqali tayyorlanadi (manba: Gartner

Shunday ekan, endi dasturlashni o'rganish shart emasmi? Axir dasturlash tillarini o'rganish uchun 1-1.5 yil vaqt kerak bo'ladi. Uning o'rniga oson va qisqagina No Code texnologiyalarini o'rganib qo'ysak bo'lmaydimi?


Keling, bu ikkisini solishtirib ko'ramiz


#1 No Code texnologiyalari orqali siz MVP'lar, turli do'kon va sotuv landing page'lari, kichik biznes veb-saytlarini tayyorlashingiz mumkin. Ammo ular orqali tayyorlangan saytlarda turli cheklovlar bo'ladi. Masalan, tizimdagi harakatlarning barchasini istagancha o'zgartira olmaysiz. Bundan tashqari, murakkab ma'lumotlar bazalari, to'lov algoritmlari uchun dasturchilar kod yozishi shart bo'ladi. No Code bunday katta hajmdagi ma'lumotlarda qotish ehtimoli yuqori. Masalan, Bubble orqali oddiy buyurtma berish ilovasini qurishingiz mumkin. Ammo Airbnb kabi murakkab funksiyalarga ega ilova tayyorlash uchun backend dasturlash kerak bo‘ladi.

 

#2 Aslida, No Code texnologiyalari ham dasturchilar tomonidan tayyorlangan. Masalan, Webflow murakkab React komponentlari va maxsus rendering tizimidan foydalanadi. Zapier har kuni minglab serverless funksiyalarni ishga tushiradi. Demak, kod yozmasdan sayt tayyorlash uchun ham kodda yozilgan texnologiyalar kerak :) 

 

#3 No Code texnologiyalarini o'rganib olsangiz, frilanser sifatida ishlashingiz va kichik bizneslar uchun veb-saytlar tayyorlab berishingiz mumkin. Uni o'rganish qisqa vaqt oladi. No Code texnologiyalarida tayyor shablonlar ham bo'ladi. Bu vaqtni tejaydi. Ammo siz Instagram yoki Netflix kabi murakkab va katta loyihalar ustida ishlashni istasangiz, dasturlashni o'rganishingiz kerak. 

Taqqoslash: No Code va Dasturlash

Xususiyatlar No Code Dasturlash tillari
Ishlab chiqish tezligi Juda tez (bir necha kun yoki hafta) Sekinroq (haftalar yoki oylar)
Sifat va moslashuvchanlik Oddiy va o‘rta darajadagi loyihalar uchun yaxshi; Moslashuv cheklangan Yuqori sifat, to‘liq moslashtirish va optimallashtirish imkoniyati
Masshtablanish Cheklangan (millionlab foydalanuvchilarni qamrab olish qiyin) Kengaytirish oson, korxona darajasidagi loyihalar uchun mos
Yordam va moslashish Platforma yangilanishlariga bog‘liq (kamroq moslashuvchan) To‘liq nazorat va moslashuv imkoniyati
Xavfsizlik Platformaga bog‘liq bo'lgan oddiy xavfsizlik darajasi Maxsus, korxona darajasidagi xavfsizlik tizimlari
Qisqa muddatdagi xarajatlar Past (asosan platforma uchun to‘lovlar) Yuqori (dasturchilar ish haqi yoki outsourcing)
Uzoq muddatdagi xarajatlar Platforma cheklovlari sababli oshishi mumkin Boshida sarmoya talab etadi, lekin keyinchalik foyda keltiradi
Qaysi loyihalar uchun mos Landing sahifalar, MVP'lar, ichki tizimlar, oddiy ilovalarm kichik biznes va startaplar Murakkab ilovalar, SaaS platformalar, marketplace va yirik xizmatlar



Kimlar No Code'ni o‘rganishi kerak?

  • Tadbirkor bo‘lib, g‘oyalaringizni tez test qilmoqchi bo‘lsangiz.

  • Marketing, menejment yoki no-tech sohalarida ishlayotgan bo‘lsangiz, lekin o‘zingizga moslashtirilgan vositalar kerak bo‘lsa.

  • Ichki biznes jarayonlari uchun oddiy ilovalar tayyorlamoqchi bo‘lsangiz.

  • Dizayner yoki mahsulot menejeri sifatida texnikasiz mahsulot qurmoqchi bo‘lsangiz.

  • AyTi olamiga kirishni istasangiz, ammo o'rganish uchun ko'p vaqtingiz bo'lmasa

Kimlar dasturlashni o'rganishi kerak?

  • Professional dasturchi, muhandis yoki texnik direktor (CTO) bo‘lishni xohlasangiz.

  • Murakkab, masshtabli va xavfsiz ilovalar yaratmoqchi bo‘lsangiz.

  • Yuqori maoshli, texnologik karyera qilishni istasangiz.

  • To‘liq nazorat va kodga egalik qilishni xohlasangiz.

  • Uzoq vaqt o'rganibm sohada mutaxassis bo'lishni istasangiz.

 

No Code — tez prototip tayyorlash va tadbirkorlik tajribalari uchun mukammal. Dasturlash — kengaytirish, maxsus yechimlar va uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun kerak. Har ikkalasi ham muhim va kerakli hisoblanadi. No Code'da tayyorlanadigan sayt va ilovalar kichik biznes, startaplar uchun qulay, hamyonbop hisoblansa, dasturlash murakkab va keng qamrovli foydalanuvchilar uchun tayyorlanadigan dasturlar uchun mos keladi.


Har kimning yo'li har xil, siz qaysi birini tanlagan bo'lar edingiz? :)


78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish

 

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Dasturlashni o‘rganish endi kerak emasmi?

Batafsil