Ushbu maqolada Sun'iy intellekt nima ekanligi, uning tarixi va hayotimizdagi o‘rni haqida ma'lumot olasiz
Sun‘iy intellekt (AI) tushunchasi ilk bor 1956-yilda Dartmut konferensiyasida John McCarthy tomonidan ilmiy atama sifatida kiritilgan. Avval nazariy yo‘nalish bo‘lgan sun'iy intellekt, vaqt o‘tishi bilan dasturlash, matematika va nevrologiya sohalaridagi rivojlanishlar bilan kuchaydi.
1997-yilda IBM’ning Deep Blue superkompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etishi sun’iy intellekt tarixidagi muhim burilish nuqtasiga aylandi.
Bugun esa sun'iy intellekt nafaqat ilmiy muhitda, balki kundalik hayotimizda – smartfonlardan tibbiyotgacha, moliya va transport sohalarigacha keng qo‘llanilmoqda.
Sun’iy intellekt (AI) – bu kompyuterlar va dasturlar orqali inson fikrlashini, o‘rganishini va qaror qabul qilish jarayonlarini taqlid qiluvchi texnologiya. Sun'iy intellekt algoritmlari katta ma'lumotlarga asoslanadi, o‘z-o‘zidan o‘rganadi (machine learning) va ko‘pincha insondan tezroq va aniqroq natijalar beradi.
Google Assistant, Siri, Bixby kabi yordamchilar sun'iy intellekt algoritmlaridan foydalangan holda foydalanuvchi buyruqlarini eshitadi, tushunadi va javob beradi.
Masalan, siz Siri’dan “Bugun soat nechchida yomg‘ir yog‘adi?” deb so‘rasangiz, u joylashuvingizni aniqlaydi va real vaqtda ob-havo prognozini chiqarib beradi. Bu tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va real vaqtli ma’lumotlarga tayanadigan sun'iy intellekt algoritmlarining natijasidir.
Google va Bing kabi tizimlar foydalanuvchining nimalar qidirayotganini tahlil qilib, eng mos natijalarni taqdim etadi. Bular sun‘iy intellekt texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Agar siz “eng yaxshi zamonaviy kasblar” deb qidirsangiz, Google siz ilgari qaysi saytlarga kirganingiz, qayerda ekanligingiz va hatto kunning vaqtiga qarab moslab javob beradi.
Facebook, Instagram va TikTok siz ko‘proq ko‘rgan kontentga asoslanib, shunga o‘xshash postlarni taklif qiladi. Maqsad — foydalanuvchini platformada uzoqroq ushlab turish.
TikTok siz ko‘p ko‘rayotgan videolarga qarab “For You” sahifasini shakllantiradi. Har bir foydalanuvchi uchun bu sahifa unikal bo‘ladi. Bu foydalanuvchi xatti-harakatlariga asoslangan sun'iy intellekt algoritmlari orqali amalga oshadi
Amazon va OLX kabi platformalar xaridlar tarixiga asoslanib, shunga o‘xshash mahsulotlarni tavsiya qiladi. Bunda tavsiyaviy tizimlar (recommendation systems) ishlatiladi.
Agar siz Amazon’da yugurish poyabzali sotib olsangiz, tizim sizga yugurish soatlari, sport kiyimlari yoki boshqa tegishli mahsulotlarni avtomatik taklif qiladi. Bu sizning oldingi xatti-harakatlaringizni o‘rganib chiqadigan AI tizimi orqali amalga oshadi.
sun'iy intellekt tizimlari MRT (magnit-rezonans tomografiya) va rentgen tasvirlarini tahlil qilib, o‘pka, ko‘krak bezi yoki miya saratoni kabi kasalliklarni juda erta bosqichlarda aniqlay oladi. Ba’zi hollarda, sun'iy intellekt algoritmlari hatto tajribali shifokorlardan ham tezroq va aniqroq tashxis qo‘ygan.
Google Health va DeepMind kompaniyalari ko‘krak bezi saratonini aniqlash uchun sun'iy intellekt tizimi ishlab chiqqan va bu model shifokorlarga qaraganda false positive (noto‘g‘ri musbat) va false negative (noto‘g‘ri manfiy) natijalarni kamaytirgan. Bu degani – sun’iy intellekt ba’zi hollarda insondan aniqroq ishlagan. MRT tasvirini shifokorlar 10 daqiqada tahlil qilsa, sun'iy intellekt buni bir necha soniyada amalga oshiradi.
Google Maps va Yandex navigator yo‘llardagi tirbandliklarni tahlil qilib, eng qisqa va tezkor marshrutni tavsiya qiladi. Avtomatik boshqariladigan mashinalar ham sun'iy intellekt asosida ishlaydi.
Siz Toshkentdan Samarqandga yo‘lga chiqqaningizda, Google Maps sizning harakatlanish tezligingiz, boshqa foydalanuvchilarning joylashuvi va yo‘ldagi kechikishlar asosida eng mos yo‘lni tavsiya qiladi.
7. O‘yinlar dunyosida sun'iy intellekt
Shaxmat, Go va StarCraft kabi murakkab o‘yinlarda sun'iy intellekt insonlarni yengmoqda. Sun'iy intellekt o‘yinchilar harakatlarini bashorat qilib, strategiyalar ishlab chiqadi :)
DeepMind tomonidan tayyorlangan AlphaStar sun'iy intellekti 2019-yilda StarCraft II o‘yinida professional inson o‘yinchilarni mag‘lub etdi. Bu sun'iy intellektning strategik o‘ylash, tez javob berish va o‘zgaruvchan holatlarga moslashish qobiliyatini ko'rsatadi.
Sun'iy intellekt har bir sohada tezlik, aniqlik va avtomatlashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Sun'iy intellekt'ni o‘rganish – bugungi raqamli dunyoning ajralmas qismiga aylangan.
Siz undan nima maqsadlarda foydalanasiz? Uni o'rganishni istarmidingiz?
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish
Muallif:
Muallif: