Ushbu maqolada mashhur sun’iy intellekt turlari va ulardan qanday qilib samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Sun’iy intellekt turlari va ulardan foydalanish
1. ChatGPT haqida umumiy ma’lumot
2. Gemini haqida umumiy ma’lumot
3. Midjourney qanday sun’iy intellekt?
4. Sun’iy intellektga to‘g‘ri prompt (buyruq) kiritish
ChatGPT haqida umumiy ma’lumot
ChatGPT - Open AI tomonidan yaratilgan yuqori qobiliyatli, foydalanuvchi soʻrovlariga javob berish uchun katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishga mo‘ljallangan sun'iy intellekt dasturi. ChatGPT inson tilini og'zaki va yozma ravishda tushuna oladi. ChatGPT matnlar bilan ishlaydi ya’ni unga kirtiladigan so‘rovlarni matn shaklda qabul qiladi va javob qaytaradi. U OpenAI vositasi bo'lgani uchun ChatGPT rasm generatsiya qiluvchi DALL-E hamda video generatsiya qiluvchi Sora kabi boshqa sun’iy intellektlar bilan muammosiz birlashadi. ChatGPT bepul yoki pulli ta’rifdan foydalanayotganingizga qarab GPT-3.5 yoki GPT-4 da ishlaydi.
Gemini haqida umumiy ma’lumot
Ilgari Bard nomi bilan tanilgan Gemini Google kompaniyasi tomonidan chiqarilgan sun’iy intellekt hisoblanadi. U Gemini 1.0 da ishlaydi, Google kompaniyasining yirik tilli model texnologiyasidagi so‘nggi ishlanmasi. Ushbu vositani ajratib turadigan narsa shundaki, barcha foydalanuvchilar Geminidan real vaqtda internet va qidiruv ulanishidan, shuningdek, Xaritalar va YouTube kabi mashhur Google vositalari uchun asosiy kengaytmalardan foydalanishlari mumkin. Pulli rejalar va biznes foydalanuvchilari qoʻshimcha imkoniyatlardan, jumladan, Google Workspace uchun foydalanishlari mumkin. Geminida so‘rovni tahrirlab takomillashtirish va faktlarni tekshirish uchun Google Qidiruv tugmasidan foydalanish xususiyatlari ham mavjud.
Midjourney qanday sun’iy intellekt?
Midjourney matnli ko'rsatmalarini tasvirga aylantira oladigan sun’iy intellekt turlaridan biridir. Midjourney yordamida siz oddiy matnga asoslangan ta’riflardan yuqori sifatli tasvirlar yaratishingiz mumkin. Midjourneydan foydalanish uchun sizga hech qanday maxsus apparat yoki dasturiy ta'minot kerak emas, chunki u butunlay Discord chat ilovasi orqali ishlaydi. Faqat tasvirlarni yaratishni boshlashdan oldin siz oylik to‘lov qilishingiz kerak bo'ladi. Midjourney oddiy matn tavsifidan ajoyib va ishonarli ko'rinishdagi tasvirlarni yaratishi mumkin. Tasvirlarni yaratish uchun foydalanuvchilar
hozirda sun'iy intellekt yordamida tasvir yaratuvchi boshqa vositalar bilan bir xil buyruqlardan foydalanadilar. Bu asosan /imagine buyrug'i bo'lib, unga bot rasm bilan javob beradi.
Sun’iy intellektga to‘g‘ri prompt (buyruq) kiritish
ChatGPT kabi texnologiyalarning tez paydo bo'lishi bilan samarali sun’iy intellekt promptlarini yozishni o'zlashtirish zarurati paydo bo'ldi. Ya’ni bu yangi prompt engeneering yo‘nalishi kelib chiqishga ham turtki bo‘ldi. Prompt foydalanuvchilar sun’iy intellektga o‘z xohishlarini bildirish uchun kiritadigan buyrug‘i hisoblanadi.
Sun’iy intellekt ishimizni yengillashtirishda yaxshigina dastyor bo‘loladi. Lekin undan natija olish uchun to‘g‘ri buyruq berish muhim. Quyidagi bunga bir necha foydali tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:
1. ChatGPTga rol bering
Namuna: a) Sen 5 yillik tajribaga ega marketologsan. Menga …
b) Senior darajadagi dasturchi sifatida javob ber…
2. So‘rovda ma’lumotlarni batafsil yozing
Namuna: Bizning markaz 2018-yildan beru dasturlash, dizayn, marketing yo‘nalishlarida ta’lim berib keladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda filiallarimiz mavjud hamda 3000 ga yaqin o‘quvchilarimiz bor…
3. Aniq savol bering
Namuna: Kompaniya ijtimoiy tarmoqlariga dasturlash, dizayn, marketing yo‘nalishlarida qiziqtiruvchi, interaktiv va ma’lumot beruvchi postlar uchun kkontent reja tuzib ber.
4. Kutilgan natija uchun qayta savol bering
Namuna: Ushbu kontent reja asosida har bir post uchun ssenariy yozib ber. Kontentlar video va karusel post ko‘rinishida bo‘lsin.
5. Ma’lumotni qanday formatda qabul qilishni ayting
Namuna: Kontent rejani jadval ko‘rinishida tayyorlab ber.
4. Misollardan foydalaning
So'rovingizga oid misollarni qo'shish sun’iy intellektga so'rovingizni yaxshiroq tushunish imkonini beradi hamda sizning taxminlaringiz va kutuvlaringizga mos natijani chiqarib berishi osonlashadi.
Namuna: Menga SMM kursi uchun sotuvchi maqola yozib ber. Quyidagi maqoladan namuna sifatida foydalan: Biznesni qanday rivojlantirish mumkin? Hozirgi kunda ommalashib borayotgan SMM sohasi orqali kompaniyalar o'z mahsulotlarining sotuvini oshirmoqda. Siz ham talabgir va daromadli kasb egasi bo'lishni istasangiz, «Najot Ta'lim» SMM Pro kursiga ro'yxatdan o'ting.
Yuqoridagi kabi sun’iy intellektlarning barchasi Python dasturlash tilida tayyorlanadi. Siz ham hozirgi kun talabidagi dasturlash tilini o‘rganib, zamonaviy kasb egasi bo‘lishni istasangiz, “Najot Ta’lim”dagi Python kursi uchun ro‘yxatdan o‘ting.
Ro'yxatdan o'tish
#suniy_intellekt #ChatGPT #suniy_intellekt_turlari
Muallif:
Muallif: