UI va UX — veb-dizaynning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib, bu maqolada foydali dizayn vositalari haqida batafsil ma’lumot olasiz.
Raqamli mahsulotlarning muvaffaqiyati uchun ham UI (foydalanuvchi interfeysi dizayni), ham UX (foydalanuvchi tajribasi) juda muhimdir. UI va UX — veb-dizaynning bir-birini to‘ldiruvchi ikki jihati. UI — interfeys dizayniga urg‘u bersa, UX — foydalanuvchi mahsulot yoki xizmat bilan qanday tajriba orttirishini o‘rganadi. Keling, Veb dizaynerlar ishlatadigan vositalar bilan tanishib chiqamiz.
Bu vositalar dizaynerlarga interaktiv maket va prototiplar tayyorlashga yordam beradi, bu orqali ular o‘z g‘oyalarini joriy etishdan oldin sinab ko‘rish va takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Mashhur prototip vositalariga Figma, Adobe XD, InVision, Marvel kabi dasturlarni misol qilishimiz mumkin.
Bu vositalar dizaynerlarga past aniqlikdagi interfeys rejalari (wireframe) va struktura sxemalarini tayyorlashga yordam beradi. Wireframe vositalariga Balsamiq, Lucidchart, Miro dasturlarini misol qilishimiz mumkin.
Bu vositalar yuqori aniqlikdagi maketlar, vizual elementlar va interfeyslar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ko‘pincha tayyor UI komponentlar kutubxonalarini o‘z ichiga oladi. Sketch, Adobe XD, Figma kabi dasturlar mashur UI dizayn vositalariga kiradi.
Bu vositalar dizaynerlar va dasturchilar o‘rtasidagi hamkorlikni osonlashtiradi, dizayn fayllari va texnik tavsiflarni samarali uzatishga yordam beradi. InVision va Marvel mashur hamkorlik dasturlari hisoblanadi.
Figma – bu bulutga asoslangan dizayn vositasi bo‘lib, real-vaqtli hamkorlik imkoniyatini taqdim etadi. Bu dastur yordamida bir nechta dizaynerlar bir vaqtning o‘zida bir loyiha ustida ishlay oladi, bu esa jamoaviy ishni soddalashtiradi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra 2024-yilda dizaynerlarning 82% Figma’ni asosiy dizayn vositasi sifatida tanlagan (Manba: UXTools Survey 2024).
Afzalliklari:
Adobe XD – Adobe oilasining UI/UX dizayni uchun yaratilgan mahsuloti. Bu dastur yordamida foydalanuvchi interfeyslarini tayyorlash, prototiplash va test qilish mumkin.
Afzalliklari:
Sketch – faqat MacOS uchun mo‘ljallangan, lekin juda kuchli va kengaytirilgan dizayn vositasi. Bu dastur yordamida vektorli grafikalar tayyorlash, prototiplash va dizayn elementlarini boshqarish mumkin.
Afzalliklari:
InVision – dizaynerlar uchun prototiplash, fikr-mulohaza olish va jamoaviy ishni soddalashtiruvchi vosita. Bu dastur yordamida interaktiv prototiplar tayyorlash va ularni mijozlar bilan baham ko‘rish mumkin.
Afzalliklari:
Axure RP – murakkab foydalanuvchi oqimlari va interaktiv prototiplar tayyorlash uchun mo‘ljallangan vosita. Bu dastur yordamida foydalanuvchi oqimlari, diagrammalar va interaktiv prototiplar tayyorlash mumkin.
Afzalliklari:
Framer – dizaynerlar va dasturchilar uchun mo‘ljallangan, interaktiv prototiplar tayyorlash imkonini beruvchi vosita. Bu dastur yordamida React komponentlari asosida prototiplar qilish mumkin.
Afzalliklari:
Balsamiq – tezkor va sodda wireframe (skelet) dizaynlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan vosita. Bu dastur yordamida dastlabki dizayn g‘oyalarini tezda vizual ko‘rinishga keltirish mumkin.
Afzalliklari:
UI/UX dizaynerlar uchun to‘g‘ri dasturlarni tanlash, dizayn jarayonini soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va foydalanuvchilarga mukammal tajriba tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.
Agar siz UI/UX dizayn sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni oshirmoqchi bo‘lsangiz, Najot Ta’lim kurslariga yoziling va o‘zingizni professional dizayner sifatida rivojlantiring.
Ro'yxatdan o'tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish
Muallif:
Muallif: