Yangiliklar
169

Vibe coding nima? Sun’iy intellekt bilan kod yozish

Vibe coding — kodni qo‘lda yozish o‘rniga sun’iy intellektga prompt berib, ishlaydigan kod olish. Ushbu maqolada vibe coding nima, qanday ishlaydi, amaliy qo‘llanilishi, afzalliklari va cheklovlari haqida batafsil o‘qishingiz mumkin.

Vibe coding nima? Sun’iy intellekt bilan kod yozish

1. Vibe Coding nima?

Vibe coding — dasturlashda yangi va hali aniq belgilangan bo‘lmagan tushuncha bo‘lib, u kodni qo‘lda yozish o‘rniga sun’iy intellekt (AI) yordamida tayyorlash amaliyotini bildiradi. Bu yondashuv 2025-yil fevral oyida taniqli kompyuter olimi Andrej Karpathy tomonidan e’tirof etilgan va AI vositalarining dasturlashdagi ahamiyatiga urg‘u berilgan.

An’anaviy dasturlashda ishlab chiquvchi har bir kod qatorini o‘zi yozadi. Vibe coding esa aksincha — AI’ga fikringni ayt, u kodni yozsin tamoyiliga asoslanadi.


2. Vibe Coding qanday ishlaydi?

Vibe coding konsepsiyasi ChatGPT, Claude, OpenAI Codex kabi katta til modellari (LLM) va AI-kodlash vositalari orqali amalga oshadi. Foydalanuvchi o‘z niyatini tabiiy tilda ifodalaydi (masalan: “React yoki JavaScript’da musiqaga mos animatsiya yarat”) va AI so‘rovni tahlil qilib, ishlab ishlovchi kod hosil qiladi.

Sun’iy intellekt real vaqtda takliflar beradi, oddiy jarayonlarni avtomatlashtiradi va hatto loyiha uchun standart kod tuzilmalarini ham tayyorlaydi.


3. Vibe Coding falsafasi: “Avval tayyorlang, keyin mukammallashtiring”

Vibe coding dasturchilarga “avval sinab ko‘r, keyin optimallashtir” yondashuvini beradi. Bu yondashuv quyidagi tamoyillarni qo‘llab-quvvatlaydi:

  • Tez prototiplash — g‘oyalar tezda sinovdan o‘tadi.

  • Iterativ rivojlanish — takroriy yaxshilanish va foydalanuvchi fikriga tez moslashish.

  • Moslashuvchan fikrlash — ishlab chiquvchilar texnik tafsilotlardan ko‘ra muammoni hal qilishga ko‘proq e’tibor qaratadi.

Shu bilan birga, AI kod tayyorlashda kuchli vosita bo‘lishiga qaramay, strategik fikrlash, ijodkorlik va maqsadni belgilash kabi jihatlar inson tomonidan boshqarilishi kerak.


4. Vibe Coding’ni amalda qo‘llash bosqichlari

1. Platforma tanlash

  • Replit, Cursor yoki GitHub Copilot kabi AI-kodlash yordamchilari.

2. Aniq prompt yozish

  • AI’ga beriladigan so‘rov aniq, kontekstga mos va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Namuna prompt:

Create a lively and interactive visual experience that reacts to music, user interaction or real-time data. Your animation should include smooth transitions and colorful and lively visuals with an engaging flow in the experience. The animation should feel organic and responsive to the music, user interaction or live data and facilitate an experience that is immersive and captivating. Complete this project using JavaScript or React, and allow for easy customization to set the mood for other experiences.

3. Kodni sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish

  • Dastlabki AI hosil qilgan kod tekshiriladi, prompt takomillashtiriladi va kod qayta ishlanadi.

4. Yakuniy ko‘rib chiqish va deploy

  • Final varianti xavfsizlik, performans va arxitektura nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilib, ishga tushiriladi.


5. Real hayotdagi misollar

  • Bir nechta startaplar, xususan Y Combinator muhitidagi kompaniyalar vibe coding yordamida mahsulotlarini tezroq ishlab chiqishyapti.

  • Replit, Cursor, va GitHub Copilot kabi vositalar yordamida dasturchilar va hatto kod yozmaydigan foydalanuvchilar ham prototiplar tayyorlamoqda.


6. Vibe Coding’ning asosiy cheklovlari

  1. Texnik murakkablik: murakkab va noyob texnik talablar ko‘pincha AI tomonidan to‘liq qoplanmaydi.

  2. Kod sifati va performans: dastlabki AI-kod prototip uchun mos, ammo optimallashtirish talab etiladi.

  3. Debug qilish murakkabligi: AI tomonidan yozilgan dinamik kodni xatolarini topish qiyin bo‘lishi mumkin.

  4. Texnik xizmat va yangilanishlar: noto‘g‘ri strukturaga ega kodni yangilash qiyinchilik tug‘diradi.

  5. Xavfsizlik: AI tomonidan yozilgan kod ko‘pincha xavfsizlik auditidan o‘tmay qoladi va potentsial zaifliklardan aziyat chekishi mumkin.


7. Paradigmaviy o‘zgarishlar

  • Tez prototiplash orqali g‘oya tezda bozorga sinov tariqasida olib chiqiladi.

  • Muammodan boshlash — yechim muammoga bog‘liq bo‘lib, texnologiya ikkinchi o‘rinda qoladi.

  • Xatarlarni kamaytirish — MVP yaratish va tez o‘lchab-ko‘rish tufayli investitsiya samaradorligi oshadi.

  • Multimodal dasturlash — ovoz, ko‘rish va matn orqali kodlash imkoniyatlari rivojlanmoqda.


8. VibeOps: avtomatlashtirilgan rivojlanish

VibeOps — vibe coding’ning keyingi bosqichi bo‘lib, ishlab chiqish jarayonlarini AI orqali avtomatlashtirishga intiladi. Bu jarayon xarajatlarni kamaytirishi va ishlab chiquvchilarga innovatsiyaga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi. Ammo to‘liq avtomatlashtirish emas — inson nazorati va arxitektura qarorlari zarur.


Xulosa

Vibe coding — hozircha rivojlanish bosqichida bo‘lgan, ammo dasturlash sohasini tubdan o‘zgartirishga salmoqli imkoniyatga ega yondashuv. Generativ AI va kod yordamchilarini birlashtirish orqali dasturlash jarayoni yanada tejamkor, tez va keng qamrovli bo‘ladi. Shu bilan birga, inson tafakkuri, nazorat va xavfsizlik qat’iy saqlanishi lozim.

Manba sifatida IBM.com dan foydalanildi

78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Grafik dizaynda nega trendlar muhim?

Grafik dizaynda nega trendlar muhim?

Batafsil