Kod yozishni bilmasangiz ham — AI bilan dasturlarni oʻzingiz yarating
Gʻoyadan tortib ishlayotgan saytu-ilovagacha. AI Coding kursida siz dasturchidan koʻra tezroq, sunʼiy intellekt yordamida haqiqiy real dasturlarni ishlab chiqa olasiz.
Bu kurs kimlar uchun?
Oʻz gʻoyasini mahsulotga aylantirmoqchi boʻlganlar
Boshingizda loyiha gʻoyasi bor, lekin dasturchi emassiz? AI Coding sizga kod yozishni chuqur bilmasdan ham ishlaydigan sayt, bot yoki dastur qurishni oʻrgatadi.
Zamonaviy va yuqori talabgir kasb egallamoqchi boʻlganlar
Sunʼiy intellekt yordamida dasturlash — bugungi eng tez oʻsayotgan yoʻnalishlardan biri. Ushbu sohada ishni endi boshlaganlar ham qisqa vaqtda natijaga chiqishi mumkin.
Oʻz kasbini oʻzgartirishni istaganlar
Hozirgi kasbingizdan qoniqmayotgan yoki kelajagingizni boshqa sohada koʻrmoqchi boʻlsangiz, AI Coding orqali texnologik yoʻnalishda yangi bosqichni boshlashingiz mumkin.
Frilanser sifatida qoʻshimcha daromad qidirayotganlar
Telegram bot, landing page va kichik SaaS mahsulotlarga bozorda doimiy talab bor. Kurs davomida oʻrganganlaringiz bilan mijozlarga xizmat koʻrsata olasiz.
Portfolio va real loyihalar orqali ish topishni istaganlar
Kurs davomida 3 marta real loyiha ustida ishlaysiz va yakunda oʻz portfolioingizga ega boʻlasiz — bu ish beruvchi bilan suhbatda eng kuchli dalilingiz boʻladi.
Dasturlashni bilib, ishini AI bilan tezlashtirmoqchi boʻlganlar
Allaqachon dasturlash asoslarini bilsangiz ham, kurs sizga AI vositalari bilan ishlashni professional darajada oʻzlashtirishga yordam beradi.
Kursda nimalarni oʻrganasiz?
1-boʻlim. Kompyuter, AI va vibe coding asoslari
7 ta mavzu2-boʻlim. Vibe coding asoslari va Telegram bot
6 ta mavzu3-boʻlim. Startup, UI/UX, server va saytlar
7 ta mavzu4-boʻlim. Murakkab AI mahsulotlar
8 ta mavzuSohani oʻrganib qanday koʻnikmalarga ega boʻlasiz?
- Kompyuterni ishonchli boshqarish, AI qanday ishlashini tushunish va birinchi jonli veb-sahifangizni chiqarish
- Uchta asosiy AI asbobini solishtirib, serverda 24/7 ishlaydigan birinchi real mahsulotingizni ishga tushirish
- Oʻz gʻoyangizni topish, uni bozor nuqtai nazaridan baholash, dizayn qilish va sotiladigan sayt qurish
- Database bilan ishlaydigan, koʻp rolli va AI integratsiyali toʻliq mahsulot qurish va uni himoya qila olish
- Prompt Engineering orqali AI modellar bilan samarali va aniq natijaga yoʻnaltirilgan holda ishlash
- Gʻoyadan MVP darajasidagi tayyor mahsulotgacha boʻlgan yoʻlni mustaqil bosib oʻtish
Oʻquvchilarimiz natijalari
Bitiruvchilarimiz ish joylari




























































































































Kurs uchun minimum noutbuk
Darslarda qulay ishlash uchun quyidagi konfiguratsiya tavsiya etiladi.
Toʻlov variantlari
Toshkent shahri
MashhurXorazm va Samarqand viloyatlari
Fargʻona filiali
Koʻp soʻraladigan savollar
Najot Taʼlimda qanday kurslar bor?
Najot Taʼlimda Dasturlash, Dizayn va Marketing yoʻnalishida intensiv (chuqurlashtirilgan) va odatiy kurslar mavjud.
Til kurslari bormi?
Bizda til kurslari mavjud emas. Markazimizda dasturlash, grafik dizayn va marketing yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beriladi.
Najot Taʼlim ish bilan taʼminlaydimi?
Kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchilarga maʼlum shartlar asosida ish taklifi beriladi. Har oy bitiruvchilarning ishga kirish statistikasi ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.
Yosh chegarasi qanday?
Markazimizda 16 yoshdan 35 yoshgacha yosh chegarasi mavjud. 14–16 yosh yoki 35 yoshdan yuqori oʻquvchilar suhbat asosida oʻqishlari mumkin.
Kimlarga grant ajratiladi?
Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" granti asosida oʻqishingiz mumkin. Ariza tasdiqlansa, 6 oygacha 1 mln 300 minggacha kurs toʻlovi qoplab beriladi.
Najot Taʼlim qayerda joylashgan?
Toshkent shahrida (Xadra, Chilonzor, Chimboy) hamda Fargʻona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida filiallar mavjud. Call-markaz: 78 888 9 888.
Zamonaviy kasblargacha 1 qadam qoldi
AI Coding kursi uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting!