Tadbirlar
68

🔥 Kayzen strategiyasi orqali samaradorlikni oshirish mavzusida Xorazm filialida master-klass bo‘lib o‘tdi

20-sentyabr — yakshanba, Xorazm filialida tadbirkor, iqtisodchi Xushnud Jumaniyazov bilan suhbat tashkil etildi.

🔥 Kayzen strategiyasi orqali samaradorlikni oshirish mavzusida Xorazm filialida master-klass bo‘lib o‘tdi




Suhbatda Xorazmda 6 ta filialga ega HDP o'quv markazi rahbari, matematik, iqtisodchi va tadbirkor Xushnud Jumaniyazov qatnashchilarga o‘z bilim va tajribalarini bo'lishdi.




📌 Master-klassda kayzen tizimi va uning foydalari, samaradorlik usullari, dunyo qarashimizni qanday kengaytirish, umumiy bilim olishni nimadan boshlash kerakligi haqida ma'lumot berdilar.




Qolaversa, suhbatda Xushnud Jumaniyazov o‘zlarining tajribalaridan kelib chiqqan holda kayzen strategiyasi yordamida o‘quvchilarga qanday qilib kunni rejalashtirish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va shaxsiy rivojlanishga doir ko‘nikmalarni rivojlantirish mumkinligi haqida aytib o‘tdilar.



Barcha uchun manfaatli bo‘lgan suhbat uchun Xushnud Jumaniyazovga minnatdorchilik bildiramiz. 😊

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Batafsil