Tadbirlar
75

👨‍💻 Kod yozmasdan veb-saytlar tayyorlash mavzusida «Najot Ta'lim» Chilonzor filialida master-klass bo‘lib o‘tdi

21-sentyabr — shanba, Chilonzor filialida Opera branding art direktori Alibek Azimov bilan suhbat tashkil etildi.

👨‍💻 Kod yozmasdan veb-saytlar tayyorlash mavzusida «Najot Ta'lim» Chilonzor filialida master-klass bo‘lib o‘tdi




Master-klass spikeri Alibek Azimov Opera branding art direktori, Colba ta'lim markazi, ProBox, Oriental Universiteti kabi bir nechta yirik kompaniyalar bilan ishlagan bo‘lib, umumiy ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarga batafsil ma'lumot berdilar.




Suhbatda Alibek Azimov tomonidan No-code texnologiyasining afzalliklari, beradigan imkoniyatlari haqida ma'lumot berdilar. Hamda u yordamida oson va sifatli veb-saytlar tayyorlab sotuv va brend taniqliligini oshirish mumkinkinligi haqida o‘quvchilarga aytib o‘tdilar.




Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bundan tashqari Alibek Azimov No-code texnologiyasi bilan qanday qilib veb-saytlar tayyorlash mumkinligi va ularning keltiradigan foydalari bilan birga, ushbu sohaning marketing, grafik dizayn va dasturlash yo‘nalishlarida ham ma'lum bir imkoniyatlarni berishi haqida aytdilar.



Ushbu foydali master-klass uchun Alibek Azimovga minnatdorchilik bildiramiz. 😊

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Batafsil