Tadbirlar
134

📈 «Najot Ta'lim»da yakka tartibdagi SMM-musobaqasi bo‘lib o‘tdi

22-sentyabr — yakshanba, «Najot Ta'lim»da SMM menejerlar uchun yakka tartibdagi SMM musobaqasi tashkil etildi.

📈 «Najot Ta'lim»da yakka tartibdagi SMM-musobaqasi bo‘lib o‘tdi




SMM musobaqasi qatnashchilariga musobaqa hakami, ustoz Otabek Ergashev tomonidan muddatli to‘lov evaziga iPhone qurulmalarini sotuvchi kompaniya uchun bir haftalik kontent plan tuzish, rubrikalar ishlab chiqish, loyiha uchun hook, intriga va CTA’lardan iborat 1 ta ssenariy yozish va videoga olish, uditoriyadan kelib chiqqan holda 1 ta sotuv maqolasi tayyorlash vazifalari berildi. Hamda vazifalarni tayyorlash uchun umumiy 4 soat muddat belgilandi.




Vazifalar bajarilib, topshirilgandan so‘ng musobaqa hakami tomonidan barcha topshiriqlarga alohida fidbeklar berildi. Hamda o‘quvchilarning bajargan ishlari hozirgi marketing bozoriga talabga javob berishi yoki ma'lum bir qismlari o‘zgartirilishi kerakligi aytildi.



Vazifalarni bajarish davomida o‘quvchilarning kelgusida ushbu soha bo‘yicha o‘zlarida qanday ko‘nikmalarni rivojlantirishi, sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun nimalarga e'tibor berishlari kerakligi haqida suhbat bo‘ldi.

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Telegramdagi mini app’lar haqida bilasizmi?

Batafsil