Dasturlash
920

2024-yil eng ko‘p qo‘llanilgan dasturlash tillari

Ushbu maqola orqali 2024-yilda eng ko'p qo'llanilgan dasturlash tillari bilan tanishasiz

2024-yil eng ko‘p qo‘llanilgan dasturlash tillari

Butun dunyo bo'ylab o'zining statistikalari bilan mashxur Statista nashri “2024-yil dunyo bo’ylab dasturchilar tomonidan eng ko'p qo'llanilgan dasturlash tillari” bo'yicha o'zining yangi tadqiqotini e’lon qildi.

👨🏻‍💻 Tadqiqotda qatnashganlar soni: 60 171 ta

 

 

2024-yilda dasturchilar orasida JavaScript va HTML/CSS eng ommabop tillar bo'lib qolmoqda. So‘rovda qatnashganlarning 62% dan ortig'i JavaScript, taxminan 53% esa HTML/CSS dan foydalanishini aytishgan. Shuningdek, dunyo bo'ylab eng keng qo'llaniladigan dasturlash tillari orasida Python, SQL va TypeScript ham yetakchi o'rinda turadi.

 

🌎 Dasturlash tillari haqida qisqacha ma’lumot

 

Dasturlash tillari — bu kompyuterlarga qanday ishlash va vazifalarni bajarish kerakligini ko'rsatadigan ko'rsatmalar to'plamidir. Bugungi jamiyatda kompyuter va elektron qurilmalarning ahamiyati ortib borayotgani sababli, ushbu tillar inson hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda.

 

Ko'plab o'quvchilar ushbu ko'nikmalarni egallash uchun mamlakatimizdagi eng yetakchi AyTi markazlaridan biri bo’lgan “Najot Ta’lim” dasturlash kurslarida ta’lim olishmoqda. Amaldagi ishlab turgan dasturchilar esa o'z mahoratini rivojlantirish uchun yangi tillar va manbalarni izlashda davom etishmoqda. Bundan tashqari, dasturlash bilimlari biznes dunyosidagi ko'plab sohalarda ham muhim ko‘nikmaga aylanmoqda.

 

Ma’lumot bazasi va dasturlash

 

Ma’lumot bazasi sohasida Python, R va SQL bo‘yicha ko‘nikmalarga ega dasturchilaga talab katta. Ushbu bilimlar nafaqat ish topish imkoniyatlarini oshiradi, balki zamonaviy raqamli dunyoda muvaffaqiyat qozonish uchun muhim ahamiyatga ega.

 

Qisqacha eslatma:

 

• JavaScript va HTML/CSS tillari veb loyihalarda yetakchi bo‘lib qolmoqda.

• Python va SQL tillari ma’lumot tahlili va ilmiy loyihalar uchun muhim sanaladi.

Dasturlashga bo'lgan qiziqishning ortishi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi va ularning kundalik hayotga ta’siri bilan bog'liq.

 

Najot Ta’limdagi dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting:

 



💡 Ha aytgancha, dasturlashdan tashqari bizda SMM va Grafik dizayn kurslari ham bor:

🧩 https://kurslar.najottalim.uz/dizayn 

🤩 https://kurslar.najottalim.uz/smm

 

☎️ Murojaat uchun: +998 78 888 9888

 

Eng sara maqolalarimiz:

 

✦  2025-yil uchun eng kerakli ko'nikmalar ↗️

Tandiqiy fikrlashni rivojlantirish  ↗️

Sun’iy intellekt turlari va ulardan foydalanish ↗️

 

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Sun'iy intellekt asoslari (prompt injenering)

Batafsil