Marketing
530

2025-yil SMM trendlari

Ushbu maqolada marketing strategiyangizni shakllantirayotganda foydalanishingiz mumkin bo'lgan 2025-yil uchun SMM trendlarini muhokama qilamiz.

2025-yil SMM trendlari

SMM (Ijtimoiy media marketing) trendlaridan xabardor bo'lish brendni taniqliligini oshirishga va mijozlaringizni ko‘paytirishga yordam beradi. Ba'zi ijtimoiy media trendlari tez o'zgarishi mumkin. Masalan, memlar bunga misol bo‘la oladi. Boshqalari esa uzoq muddatli bo'lib, ularni umumiy ijtimoiy media marketing strategiyangiz va kontent rejalarni shakllantirishda foydalanishingiz mumkin.

2025-yilning asosiy ijtimoiy media trendlari

Trendlar odatda foydalanuvchilarning xatti-harakatlaridagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Masalan, statik tasvirlardan ko'ra qisqa videolar mijozlarni o‘ziga ko‘proq jalb qiladi. Quyida, ushbu trendlarni batafsil ko'rib chiqamiz. Ammo ushbu trendlarning biznes maqsadlariga qanchalik mos kelishini hisobga olgan holda qo‘llash kerak.

1. Sun'iy intellekt kontentlar tayyorlashda qo'llanilmoqda.

AIPRM tomonidan o'tkazilgan so'rovga ko'ra, xodimlarning 75 foizi sun’iy intellektdan foydalanadi. Marketing mutaxassislari uchun ChatGPT va Google Gemini kabi sun’iy intellekt vositalari kundalik jarayonlar va vazifalarni yaxshilashi mumkin. Sprout Social'ning 2023-yilgi hisobotida marketing mutaxassislarning 80 foizi SI ularning ishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganini, 78 foizi esa bu ularga ko'proq ijodkorlik uchun vaqt berganini bildirgan.

2. Qisqa videolar yetakchilik qilmoqda, ammo uzoq kontent ham ommalashishi mumkin.

TikTok va Instagram Reels kabi qisqa video formatlari ijtimoiy mediada hukmronlik qilmoqda. Biroq, uzoq vaqtli videolar ham auditoriya bilan chuqur aloqalarni o'rnatish uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Masalan, YouTube platformasi eng katta auditoriyani qamrab olgan media hisoblanadi. 

4. Ijtimoiy media platformalari qidiruv tizimlariga aylanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar yangiliklar tasmasidan tashqariga chiqdi. Endi ko‘proq foydalanuvchilar platformalarni qidiruv tizimi sifatida ko‘rib, mahsulot tavsiyalari, maslahatlar va boshqalarni qidirmoqdalar. Google kompaniyasining katta vitse-prezidenti Prabhakar Raghavan kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, yoshlarning 40 foizi TikTok yoki Instagramdan qidiruv tizimi sifatida foydalanadi. Bu foydalanuvchi tendensiyasi ijtimoiy tarmoq kanallaringizdagi qidiruv va topish funksiyalarini tushunish va ular uchun kontentingizni optimallashtirish muhimligini ta’kidlaydi. 

5. Kuzatuvchilar haqiqiy aloqalarni izlamoqda.

Brendlarning ijtimoiy mediada yanada ochiq va samimiy bo‘lishi kutilmoqda. Iste'molchilar marketing postlarida shunchaki mahsulot reklamasini emas, balki brendning shaxsiy jihatlarini, samimiy hikoyalar va mijozlar bilan chinakam bog‘liqlikni izlamoqda. Masalan, Najot Ta’lim markazi asosan Instagram, Telegram, YouTube va SEO blog orqali nafaqat o‘z xizmatlarini, balki ichki muhitni, o‘quvchilar orasidagi atmosferani, musobaqa va master-klass, bitiruvchilarning hikoyalarini yoritib boradi. Bu auditoriya bilan samimiy aloqa va o‘zaro ishonchni ta’minlab beradi. 





6. Influenserlar ijtimoiy media strategiyasining asosiy qismi.

Ishonch haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zida ma’lumot uchinchi tomondan kelganda, mijozlar sizning brendingiz haqida biror narsaga ishonishlari osonroq bo‘ladi. HubSpot ma’lumotlariga ko‘ra, influenser marketingdan foydalanadigan marketologlarning 50 foizi 2024-yilda o‘z strategiyasiga sarmoya kiritishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Influenser marketing brendga bo‘lgan ishonchni ta’minlab beradi. Ammo mahsulotingizga mos, to‘g‘ri va samarali influenser topish uchun har taraflama tahlil qilib chiqish zarur.

Xulosa

Har bir brend uchun odatda belgilangan ish usuli mavjud bo‘ladi. Lekin hozirgi tezlik bilan rivojlanayotgan zamonda tendensiyalar o‘zgarib turadi. Hootsuite’s Social Media Trends 2025 hisobotiga ko‘ra, ijtimoiy media jamoalari o‘z kanallarida ijodkorlik bilan ko‘proq tajriba o‘tkazmoqdalar, garchi u kompaniyaning boshqa joylarda o‘zini targ‘ib qilishidan farq qilsa ham. Hozir bexavotir bo‘lish vaqti emas. Buning o‘rniga qolipni buzuvchi ijodiy postlarni tayyorlash kerak. Kecha trendda turgan narsaning o‘rnini bugun boshqa narsa egallashi mumkin. SMM mutaxassislari doimiy izlanuvchan va kerak bo‘lsa trendlarni oldindan tahlil qila oladigan bo‘lishi lozim. 

Agar siz SMM sohasini o‘rganib, bozorda yangi tendensiyalarni sinab ko‘rish, biznes rivoji uchun qiziqarli kontentlar tayyorlashni istasangiz Najot Ta’limning SMM Pro kurslariga ro‘yxatdan o‘ting. Kursda kopirayting, targeting, marketing tahlillari va boshqa texnik bilimlarni 4 oy ichida o‘rganib, SMM sohasida faoliyat yuritishingiz mumkin.

👉🏻 Ro‘yxatdan o‘tish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Sun’iy intellekt turlari

Sun’iy intellekt turlari

Batafsil