Ushbu maqolada dasturlashning 2 asosiy qismi haqida gaplashamiz
Dasturchilar uchun vakansiyalarga e'tibor bersangiz, ko‘pincha aniq Frontend yoki Backend dasturchilar talab qilinadi. Chunki bu ikki qism har xil usullarda tayyorlanadi va turli dasturlash tillarida yoziladi. Keling, dasturlashda frontend va backend qismlari o‘rtasidagi farqlarni, hamda ularning qanday o‘zaro aloqada bo‘lishini ko'rib chiqamiz.
Frontend va Backend nima?
Frontend foydalanuvchilar ko‘radigan va ularga ishlash imkonini beradigan sayt yoki ilova qismini ishlab chiqish jarayoni. Bunga rasmlar, ochiluvchi ro‘yxatlar, menyular, animatsiyalar, mahsulot kartochkalari, tugmalar, belgilash katakchalari va boshqa interaktiv elementlar kiradi. Internetdagi har qanday sahifada biz Frontend dasturchining ish natijasini ko‘ramiz. Frontend dasturchilari veb dizaynerlar bilan birgalikda foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan mahsulot tayyorlash ustida ishlashadi.
Backend esa saytning foydalanuvchi ko‘ra olmaydigan ichki qismi ya'ni uning ishlash mantiqidir. Aynan shu qismda saytning ishlash jarayoni amalga oshiriladi. Masalan, saytning vizual ko'rinishi va "buyurtma" tugmasi - bu frontend qism, saytning narxi va tugmani bosish orqali mahsulotni savatga qo'shish, ikkita mahsulotni taqqoslash funksiyasi esa backend. Backend dasturchi yozgan kodni foydalanuvchi ko‘ra olmaydi. Chunki u to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon yoki brauzerga yuborilmaydi, balki saytda yoki ilovada saqlanadigan serverda ishlaydi. Server — bu internetga ulangan, ma’lumotlarni saqlash, kodni ishga tushirish va brauzerga yuborish uchun mo‘ljallangan joy.
Frontend va Backend dasturchilar qanday dasturlash tillaridan foydalanadi?
Frontend dasturchilar sahifadagi elementlarning joylashuvini belgilaydigan HTML tilida kod yozadilar. CSS esa kontentning tashqi ko‘rinishi – shrift, rang va oraliqlar uchun javobgardir. JavaScript esa sahifadagi animatsiyalar va foydalanuvchi bilan o‘zaro ta’sir qiladigan interaktiv elementlarni boshqaradi. Bundan tashqari React.JS, Vue.JS dan ham Frontend dasturchilar foydalanadi.
Backend dasturchi esa PHP tilida kod yozib, ma’lumotlar bazasidan olinadigan ma’lumotlarni frontendga uzatadi. Ushbu tilda ishlashni tezlashtirish uchun freymvorklar (tayyor vositalar to‘plami) ishlatiladi, bu esa ko‘p vaqt talab qiladigan ishlarni avtomatlashtirishga yordam beradi. Backend dasturlash uchun shuningdek Java, C# va Python, Node.JS tillari ham mos keladi.
Frontend va Backend o'rtasidagi farqlar
Frontend va backend o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, frontend foydalanuvchi uchun ishlaydi va uning kompyuteri yoki smartfonining quvvatidan foydalanadi, backend esa serverda ishlaydi va foydalanuvchiga faqat tayyor natijani yuboradi. Biroq, bundan tashqari yana boshqa farqlar mavjud:
✅ Frontend:
Foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Tez o‘zgaruvchan. Dasturlash tillari, funksiyalar va ish vositalari tez-tez yangilanadi. Shuning uchun doimiy ravishda o‘rganish va yangiliklardan xabardor bo‘lish kerak.
Oson boshlash mumkin. Ishni boshlash uchun zarur bilimlarni o‘rganish nisbatan oson.
Frontend dasturchilar dizaynerlar, marketologlar va mahsulot menejerlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
✅ Backend:
Sayt va ilovaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan mantiqiy funksiyalarni ta’minlaydi.
Turli xil texnologiyalarni qo‘llaydi. Dasturlarni deyarli har qanday dasturlash tilida yozish mumkin. Shuningdek, machine learning va Data analitika kabi murakkab texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Barqaror ya'ni katta o‘zgarishlar kamdan-kam bo‘lib turadi. Shuning uchun bir xil texnologiyalar bilan yillar davomida ishlash mumkin.
Backend dasturchilar analitiklar, mahsulot menejerlari va frontend dasturchilar bilan ko‘proq hamkorlik qiladi.
Qaysi birini tanlash kerak? Frontend yoki Backend
📌 Frontend dasturlash kimlar uchun:
Dasturlash bilan shug‘ullanmaydigan odamlar bilan muloqot qilishga tayyor bo‘lganlar uchun.
O‘z ish natijasini tayyor interfeys ko‘rinishida ko‘rishni istaganlar uchun.
Doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘rganishga va texnologiyalarning o‘zgarishiga moslashishga tayyor bo’lganlar uchun.
📌 Backend dasturlash kimlar uchun:
Texnik va matematik jihatdan murakkab dasturlashni afzal ko‘radigan, algoritmlar bilan ishlashga tayyor bo‘lganlar uchun.
Dizaynerlar, marketologlar va boshqa texnik bo‘lmagan mutaxassislar bilan kamroq muloqot qilishni istaydiganlar uchun.
Ish natijasini bevosita ko‘rmaslikka tayyor bo‘lganlar uchun.
Turli dasturlash tillari, texnologiyalar va sohalar bo‘yicha keng tanlovga ega bo‘lishni xohlaganlar uchun.
Yiliga bir necha marta o‘zgaradigan texnologiyalar bilan emas, barqaror va uzoq muddat ishlatiladigan texnologiyalar bilan ishlashni xohlaganlar uchun.
💬 Xulosa
Agar siz dasturlashga qiziqsangiz, ushbu maqola yo'nalish tanlashingizda yordam bera oladi degan umiddamiz. Ammo hozirgi kunda dasturlashni shunchaki nazariy bilish ish topishda yordam bermaydi. Chunki kompaniyalarga kamida amaliyotga ega strong juniorlar kerak. Shu maqsadda Najot Ta'lim markazi yangi formatda kurs ishlab chiqdi. Veb Praktikum to'liq amaliyot asosida dasturlashni o'rganishga mo'ljallangan kurs hisoblanadi. Unda siz real loyihalar tayyorlab dasturlashni o'rganasiz. Veb Praktikum kursiga faqat imtihon asosida o'quvchilar qabul qilinadi. Imtihon IQ test va ingliz tilidan bo'ladi. Hoziroq Kurs uchun imtihonga ro'yxatdan o'ting.
👉🏻 Imtihon uchun ro'yxatdan o'tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish
Muallif:
Muallif: