Ushbu maqoladan to‘liq amaliyotga asoslangan oflayn kurs - Veb Praktikum haqida batafsil ma'lumot olasiz
Bugungi kunda AyTi bozorida minglab yangi mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Biroq, ularning aksariyati real amaliyot va kompaniya muhitida ishlash tajribasiga ega emasligi sababli, ish topishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bu ayniqsa dasturlashni endigina o‘rganib tugatgan juniorlar dardi hisoblanadi : )
Bozorga sun’iy intellektning kirib kelishi ham bunga ta’sir ko‘rsatmoqda. Chunki intern darajadagi dasturchilarning ishini sun’iy intellekt bajarib beryapti. Shuning uchun ham AyTi kompaniyalari kamida amaliy tajribaga ega strong junior darajasidagi mutaxassislarni qidirishmoqda. Ya’ni ish uchun amaliyot so‘rashadi, ammo ishlamasangiz qayerdan amaliyot qilasiz, to‘g‘rimi?
Najot Ta’limning odatiy dasturlash kurslari orqali biz hozirgacha ko‘plab intern va junior darajasidagi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqdamiz. Ammo bozor yuqoriroq tajriba va malakaga ega kadrlarni talab qilmoqda. Bu og‘riqlarga barham berish maqsadida Najot Ta’lim markazi tomonidan maxsus kurs ishlab chiqildi. Kursda dasturlashni real loyihalar asosida o‘rganasiz. Shunga sabali kurs Veb Praktikum deb nomlandi.
Keling endi Veb Praktikum kursi haqida gaplashsak
“Practicum” bu - ingliz tilidan tarjima qilinganda “amaliyot” degan ma’noni bildiradi. Ya’ni Veb Praktikum to‘liq amaliyotga asoslangan dasturlash kursi hisoblanadi. Unda siz dasturlashni faqatgina nazariy emas, balki real amaliyot tarzida loyihalar tayyorlab o‘rganasiz. Siz ushbu kursda o‘qib, o‘z portfoliongiz uchun kamida 4 ta turli loyiha ham yig’ib olasiz. AyTi kompaniya muhitida ta’lim olib, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini va dasturchilar uchun kerakli soft skill’larni shakllantirasiz. Natijada strong junior bo‘lib kursni bitirasiz.
Veb Praktikum kursiga faqatgina imtihon asosida qabul qilinishingiz mumkin. Imtihon IQ test va ingliz tili bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Kurs davomiyligi 7 oydan iborat bo‘lib, ikki bosqichda o‘qitiladi. Birinchi bosqich 3-4 oy davom etadi. Unda o‘quvchilar HTML /CSS, JavaScript, dasturlashning asoslari kabi “computer science” bilimlarini o‘rganishadi. Shundan so‘ng, imtihon asosida o‘quvchilar ikkita guruhga ajratiladi:
Frontend
Backend
📌 Payment ( to‘lov tizimlari)
📌 E-commerce (onlayn do‘kon)
📌 Delivery (yetkazib berish tizimi)
📌 CRM tizimlari
Masalan, Backend guruhidagi talabalar e-commerce tizimining server ya’ni foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan ichki qismini ishlab chiqishadi, frontend guruhi esa ushbu tizimning interfeysini ya’ni foydalanuvchiga ko‘rinadigan tashqi qismini tayyorlaydi. Ular uchun AyTi kompaniya muhiti shakllantiriladi. Shu tarzda, talabalar real loyiha ustida jamoaviy ishlash tajribasiga ega bo‘lishadi.
Bu vaqt davomida ikkala guruh o‘z yo‘nalishlariga oid bilimlarni o‘rganishadi
Backend guruhi
⭐️ NodeJS , JavaScript, TypeScript
⭐️ PostgreSQL, MongoDB
⭐️ NestJS, CI/CD
⭐️ Cloud computing, Payments, SMS, Web APIs va hkz
⭐️ HTML / CSS / SASS
⭐️ JavaScript, TypeScript
⭐️ React, NextJS
⭐️ Cloud computing, Payments, SMS, Web APIs va hkz
Kursni eng kamida o‘z yo‘nalishingizda strong junior darajasida bitirasiz va istalgan turdagi network application (sayt, dasturlar va hkz) larni noldan tayyor darajaga olib kelish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Ushbu kurs Najot Ta’limning mualliflik kursi hisoblanib, hali bozorda mavjud bo‘lmagan yangi dastur asosida tayyorlangan.
Nima uchun Veb Praktikum?
✅ To‘liq amaliyotga asoslangan kurs – har bir darsda haqiqiy loyihalar ustida ishlash orqali tajriba orttirasiz.
✅ Real kompaniya muhiti: Kurs davomida o‘quvchilar jamoaviy ishlashni va bir-biri bilan hamkorlik qilishni o‘rganishadi.
✅ Bepul kompyuter savodxonligi kursini qo‘lga kiritasiz.
✅ Ishga joylashish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash – kurs yakunida real ishga topshirish bo‘yicha maslahatlarga ega bo‘lasiz. Bepul HR kursi va TechJobs xizmatidan foydalanasiz
✅ Frilans ishlash va mijoz topish bo‘yicha darsliklarga ega bo‘lasiz.
✅ Soft skill’larni rivojlantirish imkoniyati - muloqat, jamoaviy ishlash, muammolarni hal qilish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirasiz.
Eslatib o‘tamiz, Najot Ta’lim markazi ishga joylashish kafolatini bermaydi, balki ma’lum shartlar asosida bitiruvchilariga ish topishlarida yordam ko‘rsatadi. Kelajakda karyera qurishda qiyinchiliklarga duch kelmasligingiz uchun o‘quv dasturlarimizni xalqaro standartlar asosida qurib, ta’lim berishga doimo intilamiz.
👉🏻 Kurs uchun imtihonga ro‘yxatdan o‘tish
78-888-9-888
Administratsiyaga bog'lanish
Yangilik muallifi:
Yangilik muallifi: