Bu maqolada produkt menejer kimligi hamda uning mas’uliyatlari nimadan iborat ekanligi, o‘zi umuman produkt menejment nima ekanligi haqida bilib olasiz.
Produkt menejer – mahsulot g‘oyasini o‘ylashdan tortib, uni foydalanuvchiga yetkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni boshqaradigan mutaxassisdir. U bozorni o‘rganadi, mijoz ehtiyojlarini aniqlaydi va kompaniyaga foyda keltiradigan mahsulot strategiyasini ishlab chiqadi.
LinkedIn Emerging Jobs Report’ga ko‘ra, produkt menejerlarga bo‘lgan ehtiyoj global miqyosida yillik 15 % ga oshmoqda o‘sib bormoqda. Bu esa kasb egalariga barqaror ish, yuqori daromad va keng ko‘lamli imkoniyatlarni taqdim etadi.
Produkt menejer nima qiladi? Vazifalari va majburiyatlari
Produkt menejer - bu mahsulotning strategiyasi, yo‘l xaritasi, xususiyatlari va muvaffaqiyatini belgilaydigan mutaxassis. U muhandislar, dizaynerlar, marketologlar va tadqiqotchilardan iborat jamoani boshqaradi. Maqsad qo‘yish va rag‘batlantirishga yordam beradi va asosiy e’tiborni mahsulotning bozorga chiqishi va yaxshi ishlashini ta’minlashga qaratadi.
Produkt menejeri kundalik ish jarayonida quyidagi mas’uliyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish
Foydalanuvchi muammolarini aniqlash
Mahsulotning strategiyasi va yo‘l xaritasini yaratish
Dizayn va texnik jamoa bilan ishlash
Foydalanuvchi fikrlarini yig‘ish va mahsulotni takomillashtirish
Produkt menejerining asosiy ko‘nikmalari nima?
Produkt menejeri sifatida muvaffaqiyatga erishish uchun sizga hard va soft skill’lar kerak.
Hard skill’larga quyidagilar kiradi:
Data analitika – Muammolarni aniqlash, kamaytirish, mijozlarning o‘zaro aloqasini yaxshilash uchun.
Bozor tahlili – mijozlar bilan muloqot qilish va ularning fikr-mulohazalarini to‘plash.
Roadmap yaratish – Ma’lumotlarni tahlil qilish, tashabbuslarni eng yuqori qiymatga ko‘ra tasniflash va manfaatdor tomonlarning kelishuviga erishish.
Conversion Rate Optimization (CRO) – Mahsulotning to‘g‘ri auditoriyaga yo‘naltirilganligi, samarali ishlashi va har bir foydalanuvchi uchun aniq qiymatga egaligini ta’minlash.
Sun’iy intellekt (AI) – sun’iy intellekt kelgusi o‘n yillikda PMlar o‘rganishi kerak bo‘lgan eng muhim murakkab ko‘nikmalardan biri hisoblanadi.
Soft skillar esa qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Shuning uchun quyida faqat 2 tasini sanab o’tdik. Ko‘proq bilish uchun quyidagi maqolani o‘qing.
Muloqot ko‘nikmasi – (communication skills) sizga kompaniya manfaatdor tomonlari, hamkorlar va jamoangiz a’zolari bilan hamkorlik qilishga yordam beradi.
Liderlik qobiliyati – sizga shaxslar va jamoalarga yuqori darajada ishlashga yordam berish imkonini beradi.
Xulosa
Produkt menejer — bu strategik fikrlaydigan, muammolarni hal qila oladigan va jamoani boshqara oladigan mutaxassisdir. Agar sizda tahliliy fikrlash, empatiya va yetakchilik bor bo‘lsa, bu kasb siz uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda bu kasb barqaror ish, yuqori daromad va keng imkoniyatlar taqdim etadi.
Siz produkt menejeri bo‘lishni xohlarmidingiz?
78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish
Muallif:
Muallif: