Ushbu maqolada sun'iy intellekt bozorida katta yangilik bo'lgan Deepseek va uning muvaffaqiyati haqida gaplashamiz.
DeepSeek – Xitoyning sun’iy intellekt (AI) sohasida rivojlanayotgan startap kompaniyalaridan biri bo‘lib, u ilg‘or til modellarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Ushbu kompaniya o‘zining DeepSeek-V3 va DeepSeek-R1 modellarini ishlab chiqdi va bu texnologiyalar OpenAI va Meta kompaniyalari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt tizimlariga raqobatchi sifatida e’tirof etilmoqda. U ChatGPT'ga o‘xshash tarzda ishlaydi va foydalanish tajribasi ham deyarli bir xil. Deepseek foydalanuvchilar tomonidan turli vazifalar uchun ishlatiladi, ammo raqobatchilarga nisbatan qanchalik samarali ekani hali ham bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.
DeepSeek OpenAI tomonidan yaratilgan O1 modeli bilan teng kuchga ega ekani ta’kidlanmoqda. U, xususan, matematika va dasturlash bo‘yicha samaradorlikka ega. DeepSeek-R1 modeli "reasoning" (mantiqiy fikrlash) modeli bo‘lib, inson ongiga o‘xshash tarzda bosqichma-bosqich javoblarni ishlab chiqaradi. Bu model kamroq xotira talab qilgani sababli raqobatchilariga qaraganda arzonroq narxda vazifalarni bajaradi.
DeepSeek’ning e’tiborga loyiq jihati – uning sun’iy intellekt modellarini yaratish uchun kamroq mablag‘ sarflashga erishgani. Ularning ta’kidlashicha, DeepSeek-V3 modelini o‘qitish uchun bor-yo‘g‘i 6 million dollarga teng kompyuter quvvati sarflangan. Bunday natija butun sun’iy intellekt industriyasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Apple App Store'dagi yetakchi ilova: DeepSeek’ning sun’iy intellekt yordamchisi AQShda App Store'da bepul ilovalar orasida birinchi o‘ringa chiqdi. Bu hatto ChatGPT’ni ham ortda qoldirganini ko‘rsatadi.
Arzon narx va samaradorlik: DeepSeek-R1 modeli OpenAI'ning O1 modelidan 20-50 barobar arzonroq ishlaydi. Bu esa unga sun’iy intellekt sohasida katta ustunlik beradi.
Xususan, 2025-yil 10-yanvarda ishlab chiqilgan birinchi bepul chatbot ilova 27-yanvarga kelib, App Store doʻkonida eng koʻp yuklab olingan ilova bo'ldi. (deyarli 2 million marta) va ChatGPT’dan oʻzib ketdi. Buning natijasida Nvidia, Broadcom kabi yetakchi sun'iy intellekt kompaniyalarining aksiyalari narxi 18% ga tushdi.
DeepSeek’ning sun'iy intellekti eng ko‘p yuklab olingan bepul ilova sifatida tan olingan kunning o‘zida kompaniya "katta miqyosdagi zararli hujumlar"ga uchraganini ma’lum qildi. Buning natijasida kompaniya vaqtinchalik yangi foydalanuvchilarning ro‘yxatdan o‘tishini cheklashga majbur bo‘lgan.
Deepseek — bu zamonaviy texnologiyalarining yorqin namunasi bo'lib, u sun'iy intellekt va mashinaviy o'qitishning imkoniyatlarini to'liq namoyish etadi. DeepSeek qisqa vaqt ichida sun’iy intellekt sohasida katta yutuqlarga erishib, dunyo e’tiborini o‘ziga qaratdi. Ularning samarali va arzon modellari OpenAI va boshqalar uchun jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin. Kelajakda DeepSeek sun'iy intellekt bozorida yana qanday o‘zgarishlar qilishi hammani qiziqtirayotgan mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yangilik muallifi:
Yangilik muallifi: