Bugun Najot Ta’limda dizayn sohasida köp yillik tajribaga ega mutaxassislar iştirokida katta oçiq suhbat taşkil etdik.
Uçraşuvning asosiy maqsadi — dizayn sohasida faoliyat yuritayotgan va uşbu yönalişga qiziqayotgan yoşlarni tajribali mutaxassislar bilan bir davraga jamlaş, sohadagi bugungi özgarişlar va kelajak tendensiyalarini bevosita amaliyotçilar bilan muhokama qiliş edi.
Suhbatimizda mehmon spiker sifatida:
Jahongir Ğulomov — “Falaq Naşr” naşriyoti dizayn bölimi rahbari, dizayn sohasida 10 yillik tajribaga ega mutaxassis;
Utkir Musaboev — Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining “Şaffof Quriliş” — Milliy axborot tizimida Product Designer, 8 yillik tajribaga ega mutaxassis;
Ahror Alixanov — 7 yillik tajribaga ega grafik dizayner;
Avazbek Safarov — “N’medov” kompaniyasi qadoq dizayneri, 5 yillik tajribaga ega mutaxassis iştirok etdi.
Uçraşuv davomida bugungi dizayn bozorida eng köp muhokama qilinayotgan mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
Dizayndagi eng sönggi trendlar, mijoz va auditoriya talablari qanday özgarayotgani, kuçli dizayner böliş uçun qaysi könikmalar muhimligi hamda sun’iy intellektning dizayn sohasiga ta’siri haqida fikr almaşildi.
Ayniqsa, AI vositalari dizaynerning işini qançalik tezlaştirayotgani, qaysi vazifalarni avtomatlaştirayotgani va yangi texnologiyalar rivojlanayotgan bir davrda dizaynerning qiymati nimada qolişi kabi savollar suhbatning eng qiziqarli qismlaridan böldi.
Spikerlar öz tajribalaridan kelib çiqib, dizayn faqatgina çiroyli vizual yaratiş emasligi, balki muammoni tuşuniş, töğri yeçim topiş, foydalanuvçini anglaş va biznes maqsadlariga xizmat qiladigan mahsulot yaratiş ekanini ta’kidladilar.
Eng quvonarlisi, uşbu uçraşuvda 100 ga yaqin dizaynerni bir davraga jamlay oldik.
Bu esa dizayn hamjamiyatida tajriba almaşiş, professional aloqalar örnatiş va sohadagi kuçli mutaxassislarning bilimidan foydalanişga bölgan qiziqiş yuqori ekanini yana bir bor körsatdi.
Najot Ta’limda biz faqatgina kasb örgatiş emas, balki öquvçilar va soha vakillari uçun bir-biridan örganiş, tajriba almaşiş va yangi imkoniyatlar topiş mumkin bölgan professional muhit yaratişga ham intilamiz.
Oldinda bunday uçraşuvlar, oçiq suhbatlar va soha mutaxassislari bilan foydali tadbirlar hali köp.
Siz ham IT va zamonaviy kasblar olamidagi kuçli hamjamiyatning bir qismi bölişni istasangiz, Najot Ta’limdagi yangiliklarni kuzatib boring.
Tadbirlar25-sentabr, 2026
"Design talks 2026"
100 ga yaqin dizaynerlarni bir yerda jamladik
2 daqiqa oʻqish