Ushbu maqolada digital marketing nima ekanini va uni qanday turlari borligini va Najot Ta’limdagi digital marketing kursi haqida ma’lumot olasiz.
Digital marketing yoki raqamli marketing bu - brendni tanitish va mahsulot sotish uchun potensial mijozlar bilan internet va boshqa raqamli texnologiyalar orqali bog‘lanishdir. Raqamli marketing elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki veb saytga asoslangan reklamalar, matn va multimedia xabarlarini ham o‘z ichiga oladi.
Avvallari kompaniyalar faqat an’anaviy marketingga suyanishgan, ya’ni televizor, radio, jurnallar va reklama peshtaxtalari. Hozir ham bu variantlar mavjud bo‘lsa-da, kompaniyalar iste’molchilarga internet orqali yetib borish eshigini ochdi va raqamli marketingni keltirib chiqardi.
Digital marketing tarixi 1990-yillarda internet endi ommalashayotgan davrlarga borib taqaladi. Ilk bor 1993-yilda birinchi banner reklama internetda paydo bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, 1994-yilda Yahoo! ishga tushdi va kompaniyalar veb-sayt ochishga, foydalanuvchilar esa qidiruv tizimlaridan foydalanib bordi.
1998-yil esa digital marketing tarixida burilish yasagan yil bo‘ldi. Aynan shu yili Google’ga asos solindi. Qidiruv tizimlari orqali marketingni yo‘lga qo‘yish hamda SEO (Search Engine Optimization) tushunchasiga jiddiy qarala boshlandi.
Najot Ta’limdagi Digital marketing kursi — bu shunchaki reklama qilish emas, balki mijozlarni qanday o‘rganish, platformalarni qanday boshqarish, natijalarni qanday tahlil qilishni o‘rgatuvchi to‘liq yo‘nalishdir.
SMM va reklama sohasi vakillari
O‘z mahsulotini sotayotgan tadbirkorlar
Brend menejerlar
Kontent tayyorlashda strategik fikrlamoqchi bo‘lganlar
Najot Ta’limdagi Digital marketing kursi — bu nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi. Quyidagi asosiy 13 modul orqali siz marketing sohasini chuqur, bosqichma-bosqich o‘zlashtirasiz.
Raqamli marketingga kirish
4P modeli bilan tanishish va tahlil qilish
AIDA modeli va mijoz safari (Customer Journey Map)
CustDev asoslari, intervyu texnikalari
Mijoz segmentatsiyasi va persona yaratish
Raqobatchilar tahlili (benchmarking)
Mahsulot yoki xizmat uchun noyob taklif (USP) yaratish
Pozitsiyalash va mahsulot tavsifi yozish
Sotuv voronkasi turlari
Har bir bosqichda mijoz qarorlari va ularga mos marketing yondashuvi
Dizayn psixologiyasi va vizual elementlar
Kopirayting asoslari
Canva’da banner tayyorlash texnikasi
SMM strategiyasi tuzish
Kontent rejasi tayyorlash
Instagram Reels va dolzarb vizual trendlari
Meta Ads kampaniyasi tuzish
Telegram targeting va reklama xususiyatlari
Google Ads asoslari
Reklama byudjeti va uni boshqarish
SEO asoslari, kalit so‘z tahlili
Tilda platformasida sahifa yaratish
SEO-friendly kontent va sahifa strukturasi
CRM nima va qanday ishlaydi?
Leadlar bilan ishlash, avtomatik jarayonlar (GetCourse, amoCRM)
Google Analytics (GA4)
Yandex.Metrica
KPIlar va ularni tizimlashtirish
ChatGPT, Midjourney, Canva yordamida kontent tayyorlash
AI orqali marketing jarayonlarini avtomatlashtirish
Trello va Notion bilan samarali ishlash
Agile metodologiyasi asosida marketing loyihalarini boshqarish
Portfolio yaratish usullari
Upwork, Telegram orqali mijoz topish strategiyalari
Digital marketing bugungi kunning eng dolzarb va strategik yondashuvlaridan biri bo‘lib, u har qanday biznes rivojida muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy texnologiyalar va internet sababli, mijozlarga yetib borish, ularning ishonchini qozonish va brendni rivojlantirish imkoniyati sezilarli darajada oshdi.
SMM, kontent marketing, influencer marketing, SEO kabi strategiyalar har bir biznes uchun o‘ziga xos foyda keltiradi. Ayniqsa, O‘zbekistonda Telegram, Instagram va YouTube kabi platformalar orqali marketing yuritish eng samarali vositalardan biri sanaladi.
Najot Ta’limning Digital marketing kurslariga qabul boshlandi. Hoziroq ro’yxatdan o‘ting.
✍️ Ro'yxatdan o'tish