Bir necha yil oldin ChatGPT’dan asosan matn yozish, savolga javob olish yoki g‘oya topish uchun foydalanardik. GPT-6 Astra endi bu narsani o‘zgartiradi: u faqat javob berishga emas, murakkab va bir necha bosqichli ishlarni bajarishga ham moslashtirilgan.

OpenAI GPT-6 Astra’ni kompyuterda ishlash, internet orqali tadqiqot qilish, kod yozish, hujjat, jadval va taqdimotlar tayyorlash kabi professional vazifalar uchun eng kuchli modellaridan biri sifatida taqdim etdi.

GPT-6 Astra nimasi bilan farq qiladi oldingi modellardan?

Avvalgi ChatGPT modellari kuchli suhbatdosh va matn yozuvchi yordamchi bo‘lgan bo‘lsa, GPT-6 Astra ko‘proq raqamli assistentga aylanadi. U murakkab vazifalarda kontekstni yaxshiroq ushlab turadi, yo‘nalish o‘zgarsa, yangi talablarni hisobga oladi va hujjat, jadval yoki prezentatsiya kabi tayyor natijalarni yaratishga yaxshiroq moslashgan.

Masalan, “O‘tgan oyning savdo jadvalini tahlil qil, eng kam sotilayotgan mahsulotlarni top, kam sotilayotgani sabablari bo‘yicha hisobot ber va rahbar uchun 5 slaydlik xulosa tayyorla” degan topshiriqni bir-biridan ajralgan vazifalar sifatida emas, bitta ish jarayoni sifatida bajarish mumkin.

Kundalik ishda qanday foyda beradi?

SMM mutaxassisi uchun Astra Telegram va Instagram kontent-rejasini ishlab chiqish, reels ssenariylari yozish, bir mavzu uchun turli sarlavha va reklama g‘oyalarini tayyorlashda yordam beradi. Marketolog mijozlar izohlari yoki so‘rovnoma natijalarini guruhlarga ajratib, eng ko‘p uchrayotgan muammolarni topishi mumkin.

Kichik biznes egasi uchun undan sotuv matni, mijozga javob variantlari, raqobatchilar bo‘yicha tadqiqot yoki haftalik savdo hisobotini tayyorlashda foydalanish qulay. Talaba uchun uzun matnni qisqartirish, murakkab mavzuni sodda o‘zbek tilida tushunish, o‘quv rejasini tuzish yoki prezentatsiya strukturasini tayyorlash uchun ishlatishi mumkin.

Menejerlar uchun yana bir foydali holat – tarqoq ma’lumotni tartiblashga yordam beradi. Masalan, Telegram guruhidagi fikrlar, yig‘ilish va jadvaldagi natijalarni bitta xulosaga yig‘ib, keyingi qadamlarni ajratib berish mumkin. Bunda maxfiy yoki muhim ma’lumotlarni yuklashdan oldin kompaniya qoidalarini hisobga olish kerak. 

GPT-6 Astra bilan vaqtni qanday tejash mumkin?

Eng katta foyda bir xil ishni qayta-qayta boshlamaslikda. Siz Astraga vazifa maqsadi, auditoriya, kerakli format va cheklovlarni aniq bersangiz, u reja tuzishdan tortib yakuniy materialgacha bo‘lgan jarayonni bajarishga  yordam beradi.

Masalan, kontent yaratuvchi bitta mahsulot tavsifidan Telegram posti, Instagram caption, Reels ssenariysi va reklama uchun uchta qisqa matn tayyorlatishi mumkin. Analitikga katta jadvalni ko‘rib chiqish, asosiy tendensiyalarni ajratish va rahbar tushunadigan tilda xulosa yozish jarayonlarini osonlashtiradi.

Shu joyda prompt yozish ko‘nikmasi muhim hisoblanadi. GPT-6 Astra kuchliroq bo‘lsa-da, “menga yaxshi post yoz” kabi umumiy promptlar har doim ham kerakli natijani bermaydi. Bu mavzuni chuqurroq tushunish uchun Najot Ta’lim blogidagi “To‘g‘ri prompt yozish: SI’dan samarali foydalanish qo‘llanmasi” mavzusidagi maqolani o‘qish sizga yordam beradi. Maqolani o‘qish

ChatGPTdan aniqroq foydalanishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Najot Ta’lim YouTube kanalidagi “ChatGPT’ni 0 dan PRO gacha o‘rganing!” videosini ham ko‘rib chiqishingiz mumkin. Unda yaxshi javob olish uchun promptni qanday berish kerakligi sodda tarzda tushuntiriladi.

GPT-6 Astraning asosiy beradigan qiymati ko‘proq matn yozishida emas, balki kundalik raqamli ishlarni yaxlit jarayon sifatida tushunib, ularni tezroq bajarishga yordam berishida. Kontent, tahlil, hujjat, taqdimot, tadqiqot yoki rejalashtirish bilan ishlasangiz, Astra sizga vaqt tejaydigan kuchli yordamchiga aylanishi mumkin.

Lekin kuchli vositaga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Undan to‘g‘ri foydalanish, yaxshi prompt berish, natijani tekshirish va ish jarayoniga moslashtirish ko‘nikmasi hali ham muhimdir.

Sun’iy intellekt va zamonaviy kasblarni amaliyotda o‘rganishni xohlasangiz, Najot Ta’limdagi Sun’iy intellekt kursida sizni kutib qolamiz.

Prompt injinering kursiga ro‘yxatdan o‘tish 

Administratorga bog‘lanish  

78-888-9-888