Najot Ta’limda yoşlarning ğoya va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan Imkon Day loyihasi bölib ötdi. Tadbir davomida öz startap loyihalariga ega yoşlar öz işlanmalarini namoyiş qildi, loyihalarining asosiy ğoyasi, yeçayotgan muammosi hamda kelajakdagi rivojlaniş yönalişlari haqida taqdimot ötkazdi.
Har qanday katta loyiha kiçik ğoyadan boşlanadi. Ammo ğoyani real mahsulotga aylantiriş uçun bilim, tajriba, töğri muhit va harakat zarur.
Imkon Day aynan şunday yoşlarni bir maydonda jamladi. Iştirokçilar nafaqat öz loyihalarini namoyiş qiliş, balki fikr almaşiş, yangi qaraşlarni örganiş va öz ğoyalarini yanada rivojlantiriş imkoniyatiga ega böldi.
Taqdim etilgan startaplar yoşlarning zamonaviy texnologiyalar, biznes va turli muammolarga innovatsion yeçimlar yaratişga bölgan qiziqişi yuqori ekanini yana bir bor körsatdi.
Najot Ta’limda ta’lim jarayoni faqat nazariy bilim oliş bilan çeklanmaydi.
Öquvçilar örgangan bilimlarini amaliyotda sinab körişi, jamoa bilan işlaşi, turli musobaqa, loyiha va tadbirlarda qatnaşişi uçun imkoniyatlar yaratiladi.
Imkon Day ham ana şunday muhitning bir qismi bölib, yoşlarga:
öz ğoyasini boşqalarga taqdim etiş;
- real loyiha ustida işlaş;
- yangi tajriba orttiriş;
- hamfikrlar bilan tanişiş;
- öz imkoniyatlarini sinab köriş uçun yana bir maydon yaratdi.
Bugun namoyiş qilingan har bir startap kelajakda katta mahsulot, kompaniya yoki yangi yeçimga aylanişi mumkin.
Agar siz ham IT sohasiga kirişni, yangi kasb örganişni yoki kelajakda öz loyihangizni yaratişni istasangiz, buning uçun eng yaxşi vaqt — hozir.
Tadbirlar25-sentabr, 2026
"Imkon Day" loyihasi
Najot Ta'lim markazida "Imkon day" loyihasi bölib ötdi. unda 5ta startup öz loyihalarini namoyiş qildi
1 daqiqa oʻqish