Yangiliklar
221

Kompyuter viruslari: Dunyodagi eng xavfli 10 ta dastur

Ushbu maqolada tarixdagi eng xavfli 10 ta kompyuter viruslari haqida gaplashamiz va ulardan qanday himoyalanish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Kompyuter viruslari: Dunyodagi eng xavfli 10 ta dastur

Ish yuritishdan tortib, onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarigacha hamma narsa raqamli formatga o‘tayotgan bir paytda, xavfsizlik masalasi ham dolzarb bo‘lmoqda. Kompyuter viruslari dasturiy ta’minotlarga zarar yetkazish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash va tizimlarni ishdan chiqarish uchun ishlab chiqilgan zararli kodlardir. Ba’zi viruslar yillar davomida millionlab kompyuterlarga zarar yetkazgan. Va hozir dunyodagi eng xavfli viruslarni ko‘rib chiqamiz.

Dunyodagi eng eng xavfli kompyuter viruslari

1. Morris chuvalchangi (Morris Worm)

1988-yilda Robert Morris tomonidan yaratilgan bu zararli dastur internet orqali tarqalgan ilk viruslardan biri hisoblanadi. U kompyuterlarga o‘zini takror-takror yuklash orqali tizimni ishdan chiqargan. Zarar miqdori taxminan 96,5 million dollarni tashkil qilgan.

2. Chernobil (CIH)

1998-yilda paydo bo‘lgan bu virus operatsion tizimlarni butunlay ishdan chiqarib, Flash BIOS mikrosxemasini o‘chirib yuborgan. Ko‘plab kompyuterlar qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar ko‘rgan.

3. Melissa

1999-yilda elektron pochta orqali tarqalgan bu virus Microsoft Word hujjatlari orqali foydalanuvchilarning kontaktlariga avtomatik ravishda jo‘natilgan. Natijada korxona va tashkilotlarning elektron pochta tizimlari ishdan chiqqan.

4. ILOVEYOU

2000-yilda "I Love You" nomli elektron pochta orqali tarqalgan bu virus foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yo‘q qilib, tizimga katta zarar yetkazgan.

5. Code Red

2001-yilda aniqlangan bu zararli dastur veb-serverlarga hujum qilib, minglab veb-saytlarni ishdan chiqargan va jami 2,6 milliard dollarlik zarar keltirgan.





6. Slammer

2003-yilda tarqalgan bu virus internet tarmoqlarini ishdan chiqarib, bankomat tizimlaridan tortib aviatsiya xizmatlarigacha katta muammolarga sabab bo‘lgan.

7. Mydoom

2004-yilda butun dunyo bo‘ylab tarqalgan bu zararli dastur kompyuterlarni sekinlashtirib, internet tarmog‘iga juda katta zarar yetkazgan.

8. Conficker

2008-yilda tarqalgan bu virus tarmoqqa ulangan 9 milliondan ortiq kompyuter tizimlarini zararlagan va operatsion tizimlarning xavfsizlik tizimini buzgan.

9. Stuxnet

2009-yilda aniqlangan ushbu virus sanoat tizimlariga hujum qilib, ayniqsa yadroviy obyektlarga katta zarar yetkazgan.

10. WannaCry

2017-yilda tarqalgan bu zararli dastur 150 dan ortiq mamlakatdagi kompyuterlarga hujum qilib, tizimlarni bloklab, foydalanuvchilardan pul to‘lashni talab qilgan.

Viruslardan himoyalanish yo‘llari

Kompyuter viruslari global muammoga aylangan va har kuni yangi turlari paydo bo‘lmoqda. Ulardan himoyalanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhim:

📌 Ishonchli antivirus dasturlaridan foydalanish;

📌 Noma’lum elektron pochta xabarlarini ochmaslik;

📌 Tizim va dasturlarni doimiy ravishda yangilash;

📌 Zaxira nusxalar yaratish;

📌 Internetda ehtiyotkor bo‘lish va shubhali saytlarga kirmaslik.

Kompyuter viruslari butun dunyo bo‘ylab korxonalar va shaxsiy foydalanuvchilarga jiddiy zarar yetkazmoqda. Yuqorida keltirilgan eng xavfli viruslar tarixiy misol bo‘lib, bugungi kunda ham kompyuter xavfsizligiga e’tibor qaratish juda muhim.

Manba

78-888-9-888

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Veb Praktikum qanday kurs?

Veb Praktikum qanday kurs?

Batafsil