Ushbu maqolada mijozni jalb qiluvchi sotuvchi matnlar yozish va SMM'ning yuragi bo'lgan kopirayting haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin
Har kuni minglab reklama matnlari odamlarning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Lekin faqatgina kuchli sotuvchi matn mijozni jalb qiladi, unga ishonch uyg‘otadi va harakatga undaydi. Agar siz mahsulotingiz yoki xizmatingizni samarali targ‘ib qilmoqchi bo‘lsangiz, kopirayting asoslarini o‘rganishingiz shart.
Kopirayting nima va u kimga kerak?
Kopirayting – bu mahsulot yoki xizmatni targ‘ib qilish uchun maxsus yozilgan matn bo‘lib, uning asosiy maqsadi mijozni harakatga undashdir. Agar siz bu sohalardan birida ishlasangiz, yaxshi kopirayting sizga katta foyda keltirishi aniq.
Biznes egalari – brendini rivojlantirish va sotuvni oshirish uchun.
Marketologlar – reklama va kontent orqali mijozlarni jalb qilish uchun.
SMM mutaxassislar – ijtimoiy tarmoqlarda samarali postlar yaratish uchun.
Blogerlar – auditoriyaga ta’sir qilish uchun.
Samarali sotuvchi matn yozishning 3 siri
1. Maqola strukturasi
📌 Sarlavha (kreativ, qiziqarli va yolg‘ondan xoli bo‘lishi kerak. Qalin harflarda yoziladi)
📌 Kirish qismi (kirish qismi butun xizmat yoki mahsulotning qisqacha mohiyati aks etadi va 3-4 qatordan iborat bo‘lishi kerak)
📌 Asosiy qismda mahsulotning xususiyatlari, afzalliklari va foydalariga javob bo'lishi kerak.
📌Reklama va CTA — call to action ya'ni harakatga chorlov (keling, bosing,oling, ro'yxatdan o'ting va hkz)
📌Bog'lanish uchun raqamlar yoki onlayn ro‘yxatdan o'tish uchun havola, administratorga bog‘lanish uchun telefon raqam va manzil.
2. PMHS, AIDA yoki ODC kabi maqola modellaridan foydalaning.
Keling hozir, eng mashhur modellardan biri AIDA modelini ko'rib chiqamiz.
A (Attention – e’tibor) – mijozning e’tiborini jalb qilish uchun qiziqarli sarlavha yoki savol yozing.
I (Interest – qiziqish) – muammoni ochib bering va uni qanday hal qilishingiz mumkinligini tushuntiring.
D (Desire – xohish) – mahsulot yoki xizmatingiz qanday afzalliklar berishini ko‘rsating.
A (Action – harakat) – mijozni sotib olishga yoki bog‘lanishga undang (CTA – Call to Action).
3. Oddiy va emotsiyaga ta'sir o'tkazuvchi
Murakkab jumlalar, ortiqcha texnik so‘zlar mijozni charchatadi. Matn qisqa, lo‘nda va tushunarli bo‘lishi kerak. Odamlar ko‘pincha hissiyotlarga asoslanib xarid qilishadi. Qo‘rquv, ishonch, qulaylik kabi hissiyotlarni qo‘zg‘ating. Matn so'ngida harakatga undovchi va ilhomlantiradigan matnlar berish kerak bo'ladi.
3. Sotuvchi matn misoli
Sarlavha: "Onam qo'ygan ismni menga $13 mingga pullashdi"
Matn: Biznesman Orville Redenbacher yangi popkorn kompaniyasiga asos soladi. Lekin unga nom topa olmaydi. So'ng ishni marketing agentligiga topshiradi. Popkorn esa shunday nomlanadi - "Orville Redenbacher". Ba'zan oddiy o'ylash ham yaxshi samara beradi. Siz ham ko'p o'ylamasdan «Najot Ta'lim» SMM Pro kurslari uchun ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatdan o'tish
Ushbu statistika orqali esa, nega SMM sohasini tanlash kerak ekanligini bilib olasiz :)
Xulosa
Samarali sotuvchi matn yozish san’at va strategiyaning uyg‘unlashuvidir. Marketing, sotuv va kuchli reklamalarning fundamenti bu kopirayting hisoblanadi. Agar siz talabgir SMM mutaxassisi, marketolog bo'lishni istasangiz, albatta qalamingizni o'tkirlashingiz kerak. Najot Ta'limning SMM Pro kursi esa bir vaqtning o'zida sizga marketing asoslari, tahlil va tadqiqotlar o'tkazish, kopirayting, targeting kabi bilimlarni ulashadi. SMM mutaxassisi bo'lishni istasangiz, Najot Ta'limning 4 oylik SMM Pro kursi xizmatingizda. Hoziroq ro'yxatdan o'ting
👉 SMM kursi uchun ro'yxatdan o'tish
78-888-9-888
Muallif:
Muallif: