Marketing
8

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Bu maqolada mobil ilovalarga AI integratsiyasi nima uchun kerakligi, qanday ishlashi va qanday natijalar berishi haqida batafsil to‘xtalamiz.

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Bugungi raqamli asrda mobil ilovalar turmush tarzimizning ajralmas qismi bo’lib ulgurdi. Har kuni foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlari o‘zgarib borar ekan, dasturchilar ham yanada aqlli, interaktiv va moslashuvchan ilovalar yaratishga intilishmoqda. Ana shu nuqtada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi. 

Mobil ilovalarda AI nima uchun kerak?

AI foydalanuvchi odatlarini tahlil qiladi, ularga mos tavsiyalar beradi, xavfsizlikni oshiradi va ko‘plab jarayonlarni avtomatlashtiradi. Aynan shuning uchun bugungi ilovalar foydalanuvchiga moslashyapti.

Mobil ilovalarda AI’ning asosiy qo‘llanilishi

1. Chatbotlar va virtual yordamchilar bilan

AI yordamida yaratilgan chatbotlar foydalanuvchi savollariga kecha-yu kunduz avtomatik tarzda javob bera oladi. Bu tizim foydalanuvchi yozgan matnni tahlil qilib, sun’iy intellekt yordamida eng mos javobni topadi. Natural Language Processing (NLP) texnologiyasi orqali bot, foydalanuvchining tilini, savol uslubini va xohishini tushunishga harakat qiladi. Misollar:

Google Assistant – Android qurilmalardagi ovozli yordamchi foydalanuvchining savollarini AI yordamida tahlil qiladi, so‘rovga qarab vazifa bajaradi (masalan, eslatma o‘rnatish, havo haqida ma’lumot berish, musiqa qo‘yish).

Hamkorbank – esa o‘zining Hamkor chatbot’i orqali Telegram va ilovasida ishlaydi. AI yordamida bot foydalanuvchining yozgan matnini avtomatik tushunadi va kerakli bo‘limga yo‘naltiradi.

2. Tavsiyalar tizimi (Recommendation systems)

AI foydalanuvchi odatlarini o‘rganadi va unga mos kontent, mahsulot yoki xizmatlarni tavsiya qiladi. Bu foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va ilovada uzoqroq ushlab turish uchun xizmat qiladi.

Netflix foydalanuvchi ko‘rgan filmlarga asoslangan personal tavsiyalar ro‘yxatini yaratadi.

Asaxiy ilovasi AI asosida “Sizga yoqishi mumkin” bo‘limini foydalanuvchi tarixiga qarab tuzadi.

3. Tasvirni qayta ishlash va tahlil qilish (Computer Vision)

AI’ning computer vision sohasi mobil ilovalarda inson e’tibordan chetda qoladigan ma’lumotlarni ko‘rish, tahlil qilish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu texnologiya rasm yoki video orqali obyektlarni aniqlash, yuzni tanib olish, matnni o‘qish, tahlil qilish (emotion detection) va boshqa ko‘plab funksiyalarni bajaradi.

Google Lens – Kamera orqali obyektni ko‘rsatganingizda AI uni tanib, sizga asosiy ma’lumot, internetda aynan shunga o‘xshash suratlar, yoki onlayn do‘konlardagi mahsulotlarni chiqaradi. Bu real vaqtda ishlaydi va ko‘p tilli OCR’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Seeing AI (Microsoft) – Ko‘zi ojizlar uchun yaratilgan ilova. Tasvirga tushirilgan sahnani AI tahlil qiladi va foydalanuvchiga audio orqali tasvirlab beradi: “stol ustida ikki dona kitob, yonida telefon turibdi.”

4. Ovoz bilan boshqarish (Voice Recognition va Speech-to-Text)

AI yordamida mobil ilovalar foydalanuvchining ovozini eshitadi, tahlil qiladi va u orqali matn yozadi yoki buyruqni bajaradi. Bu texnologiya ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:
Speech-to-Text (STT) — foydalanuvchi gapiradi, AI uni matnga aylantiradi.

Voice Command (ovozli buyruq) — foydalanuvchi biror buyruq aytadi, AI uni tushunib, tegishli harakatni bajaradi (masalan, telefonni qo‘ng‘iroqqa chiqaradi, eslatma qo‘yadi, GPS’ni yoqadi).

Bu fuksiya Natural Language Processing (NLP) va audio signalni tahlil qilish (Audio Signal Processing) tizimlari asosida ishlaydi. AI siz aytgan gapni avval tovush sifatida eshitadi, so‘ng matn shakliga aylantiradi, va agar kerak bo‘lsa, mazmunini tushunib, javob beradi yoki harakat qiladi.

AI mobil ilovalarga qanday afzalliklar beradi?

AI mobil ilovalarda avtomatlashtirishni kuchaytiradi, foydalanuvchining odatiy harakatlarini o‘rganib, kerakli xizmatlarni oldindan taklif qiladi. Bu foydalanuvchi uchun vaqt tejaydi, ishlab chiquvchi uchun esa tizim yukini kamaytiradi. Ilova har bir foydalanuvchining xatti-harakatlariga qarab xizmatlarni yaratadi.

Xavfsizlik ham ancha mustahkamlanadi. AI yuz, barmoq izi yoki ovoz orqali foydalanuvchini tanib, ilovaga xavfsiz kirishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, foydalanuvchining ilova ichidagi harakatini – nimaga ko‘proq bosishi, qayerda to‘xtab qolishini tahlil qiladi. Natijada, foydalanuvchi ilovada ko‘proq vaqt qoladi: AI u kutayotgan funksiyani ayni vaqtda, aynan to‘g‘ri shaklda taqdim etadi. 

Xulosa

AI yordamida mobil ilovalar inson ehtiyojlarini chuqur tahlil qiladi, unga moslashadi va natijada foydalanuvchi sodiqligini oshiradi. Bozordagi raqobat kuchaygan bir paytda AI integratsiyasi sizning ilovangizni boshqalardan ajratib turadigan eng muhim ustunlikka aylanishi mumkin.

Agar siz dasturchi bo‘lsangiz — AI’ni tushunish endi ixtiyoriy emas, zarurat.
Agar siz mahsulot egasi bo‘lsangiz — AI’li ilova sizni bozorda ajratib turuvchi omilga aylanadi.

Siz o‘zingizning AI ilovangizni yaratishni xohlarmidingiz?

78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

 

Tavsiya etamiz:

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Mobil ilovada sun’iy intellekt integratsiyasi

Batafsil