Marketing
626

Mobilograflar eng ko‘p ishlatadigan ilovalar

Ushbu maqola orqali mobilograflar va ular ko‘p ishlatadigan ilovalar haqida batafsil ma’lumot olasiz.

Mobilograflar eng ko‘p ishlatadigan ilovalar

Mobilografiya nima?

Mobilografiya atamasi "mobil" va "fotosurat"ni birlashtiradi. Mobilografiya smartfonlar yordamida yuqori sifatli tasvirlar olish san’atidir. Ko‘pincha katta hajmli uskunalarni talab qiladigan an’anaviy fotografiyadan farqli o‘laroq, mobilografiya smartfoni bor har bir kishiga professional darajadagi fotosuratlarni olish, ularni yo‘l-yo‘lakay tahrirlash va bir zumda ulashish imkonini beradi.

Mobil telefon endi nafaqat oddiy telekommunikatsiya balki ijodkorlik uchun ham xizmat qila oladigan qurilmadir.  Avvaliga bu shunchaki mobil telefon edi, ammo texnologiya rivojlanishi bilan u o‘yin qurilmasi, ijtimoiy media markazi va kameraga aylandi. Agar siz gavjum ko‘chalarga  yoki biror tadbirga diqqat bilan qarasangiz, o’sha lahzalarni yozib olish uchun telefon ko’targan qo’llarni ko’rasiz.

“iPhone” sotuvining oshishi kameralar olamiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. So‘ngi yillarda mobil texnologiyalarning rivojlanishi kameralarga bo‘lgan talabni pasaytirdi. Havaskor fotograflar o‘z smartfonlariga murojaat qila boshlashdi. Smartfon kamerasida olingan tasvirlar hali DSLR kameralar sifatiga yetmasa-da, texnologiyadagi yutuqlar bu farqni sezilarli darajada qisqartirdi. Mobilograflar yuqori sifatli tasvirlarni olish, tahrirlash va ulashish uchun turli ilovalarga tayanadi. Quyida eng ko‘p ishlatiladigan ilovalar bilan tanishib chiqamiz.

1. Adobe lightroom mobile

Adobe Lightroom - bu iOS va Android’da birdek ishlatsa bo‘ladigan, suratlarni tahrirlovchi ilovadir. Unda yorug‘lik, ranglar va kompozitsiyani aniqlik bilan tahrirlash vositalarini mavjud. Unda maxsus tayyor effektlar bo‘lib, vaqtni tejash uchun samarali hisoblanadi. Ushbu ilova mobilograflar uchun rasm yoki videolarni bo’yashda eng foydali bo’lib xizmat qiladi.

2. CapCut

CapCut - bepul video tahrirlash ilovasidir. Undan foydalanish oson va qulay bo’lib, tez o’rganib olasiz. CapCut ilovasida TikTok va Instagram uchun tayyorlanadigan barcha videolarni tahrirlashda kerak bo‘ladigan ajoyib imkoniyatlar mavjud. Bu ilova mobilograflarga videolarni kesish, o‘lchamini o‘zgartirish, yorug’lik, kontrast va ranglarni tahrirlash kabi asosiy imkoniyatlarini taqdim etadi.

3. Snapseed

Mobil tasvirlarni tahrirlash ilovalarining dastlabki innovatorlaridan biri bo‘lgan Snapseed 2012-yilda Google portfelining bir qismiga aylandi. 2020-yildan beri yangiliklar qo’shilmagan bo’lsada, hali ham bir qancha samarali fotosurat takomillashtirish vositalari mavjud. Snapseed o‘ziga xos interfeys ishlatadi. Ilovada o‘zgartirish kiritish uchun barmog‘ingizni chapga yoki o‘ngga, qaysi o‘zgartirishni tanlash uchun esa yuqoriga va pastga surasiz. U faqat DNG va JPG fayllarini tahrirlash imkonini beradi. Tahrirlash vositalariga Healing Brush, Structure (aniqlik), HDR va Perspective kiradi. Yana bir katta afzalligi shundaki, bu ilova mutlaqo bepul va hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz foydalanish mumkin.

4.  Picsart

Picsart – universal tahrirlovchi. Unda juda ko’p filtrlash tanlovlar mavjud. Bundan tashqari, sun’iy intellekt yordamida matnni suratga aylantirish uchun rasm generatoriga ega. A’zolar chellenjlarda ishtirok etishi hamda heshteglar va ijodkorlarni kuzatishi mumkin. Ilovada fonlarni olib tashlash va ularni teksturalar yoki istalgan narsa bilan almashtirish mumkin.

5. VSCO

VSCO uzoq vaqtdan beri professional fotosuratchilar uchun filtrlar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Bu ilovada filtrlashdan tashqari barcha standart tuzatish va tahrirlash funksiyalari mavjud. Shuningdek, ijodkorlar o‘rtasida bevosita xabarlar almashinuvi ham mavjud. Interfeys zamonaviy va tushunarli. Shu bilan birga, Split Tone va HSL tahrirlash kabi ilg‘or vositalarni taqdim etadi. Video tahrirlash imkoniyatlari ham bor bo’lib, tezkor tahrirlashingiz kerak bo‘lgan videolar uchun VSCO ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

6. Lensa 

Ushbu ro‘yxatdagi har bir ilova ma’lum darajada sun’iy intellektdan foydalanadi, ammo kamdan-kam Lensa kabi unga tayanadi. Lensa ilovasida rasm tahrirlamoqchi bo‘lsangiz, dastlab tasvirning portret yoki landshaft ekanligini aniqlab oladi. Agar portret bo‘lsa, sizga yuzni filtlash uchun maxsus effektlarni tanlov sifatida beradi. Agar peyzaj bo‘lsa, osmonni yanada dramatik narsaga almashtirish imkonini beradigan boshqa vositalar to‘plamini taqdim etadi. Ammo Lensaning bu ro‘yxatdagi o‘rnini ta’minlagan ikkita narsa bor. Uning qolgan tahrirlash vositalari va bepul rejasi. Lensa Lightroom bilan deyarli bir xil sozlamalar to‘plamini taklif qiladi. 

Xulosa

Mobilografiya ijodkorlik, qulaylik va innovatsiyalarga asoslanadi. Bu ilovalar fotosuratchilarning mahoratini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Ushbu ilovalar bilan shunchaki surat olmaysiz, balki san’at asari yaratasiz. Ularni o‘rganing, tajriba qiling va mobilografiya sohasidagi mahoratingizni yanada oshiring. Chunki hozirgi zamonaviy kasblardan biri bo’lgan SMM sohasida mobilografiya muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi har bir video va rasmlar mobilograflar orqali mukammal tarzda yetkazib beriladi.


Hozirgi kunda har bir soha uchun mobil ilovalar katta yordam bermoqda. Ta’lim sohasida, ishda, ijtimoiy suhbatlarning barchasida mobil ilovalardan foydalanamiz. Shu sababdan “Najot Ta’lim” ham o‘z o‘quvchilariga qulayliklar yaratish maqsadida mobil ilova ishlab chiqdi va 10-noyabr kuni uning katta taqdimotini o‘tkazdi.

“Najot Ta’lim” SMM kurslarida o‘qib, nafaqat mobilografiya balki kopirayting, targeting, bozor tahlili kabi ko‘pgina bilimlarni o‘rganishingiz mumkin.

👉🏻 Ro‘yxatdan o‘tish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Veb Praktikum qanday kurs?

Veb Praktikum qanday kurs?

Batafsil