Dasturlash
24

Najot Ta’lim – Kiberxavfsizlik kursi

2025-yilda Najot Ta’lim markazi bir qator yangi kurslarni yo‘lga qo‘ydi. Endi navbat Kiberxavfsizlik kursiga. Ushbu maqolada siz Kiberxavfsizlik haqida ma’lumot, o’quv rejasi va kursning davomiyligi haqida ma’lumot olasiz.

Najot Ta’lim – Kiberxavfsizlik kursi

Hech kiberhujumlarga uchraganmisiz? Masalan, bank kartangizdan pullaringiz o‘marib ketishgan. Javobingiz yo‘q bo‘lsa, tabriklaymiz :) Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Global o‘rtacha ma’lumotlar sizib chiqish xarajatlari (kiberhujumlar) 2024-yilda rekord darajaga ($4.88 million) chiqdi. Bu 2023-yilga nisbatan 10% oshishni ifodalaydi


Yashab turgan dunyomiz raqamli ma’lumotlarga to‘la. Ularni nazorat qilish, boshqarish va himoyalash kundan kunga qiyinlashmoqda. Tahdidlar ortib borayotgani sababli kiberxavfsizlik sohasidagi ish o‘rinlariga ham talab ortmoqda. AQSh Mehnat Statistikasi Byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 2022–2032-yillar oralig‘ida kiberxavsizlik mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj 32% ga oshadi, bu esa barcha kasblar bo‘yicha o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqori.


Kiberxavfsizlik nima ekanligini qisqacha tushuntirsak

Kiberxavfsizlik – bu odamlar, tizimlar va ma’lumotlarni kiberhujumlardan himoya qilish bo‘lib, bu maqsadda turli texnologiyalar, jarayonlar va siyosatlardan foydalaniladi. Katta korxonalar darajasida kiberxavfsizlik umumiy xavf-xatarlarni boshqarish strategiyasining muhim qismidir. 


Nega kiberxavfsizlik muhim?

Kiberhujumlar va kiberjinoyatlar korxonalar, jamiyatlar va butun hayot tarzimizga putur yetkazishi mumkin. Shaxsiylikning buzilishi, pul undirib olish, maxfiy ma’lumotlar yo‘qolishi kabi oqibatlar nafaqat alohida kompaniyalarni, balki butun iqtisodiyotni ham jiddiy zarar ostiga qo‘yadi. Aynan shuning uchun hozirgi kunda kiberxavfsizlik eng muhim sohalardan biri.


Najot Ta’lim markazi 2025-yildan boshlab yangi kiberxavfsizlik kurslarini yo‘lga qo‘yadi.

Kurs kimlar uchun?

  • AyTi yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar 

  • Junior dasturchilar – Python va Gitni biladi, lekin xavfsizlik tarafini chuqurlashtirmoqchi.

  • AyTi o‘qituvchilari – darslarga zamonaviy vositalar va amaliy misollar qo‘shmoqchi bo‘lganlar.

  • Kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar – tarmoq, QA yoki tizim administratorlari tajribasidan kiberxavfsizlik sohasiga o'tmoqchi bo‘lganlar.

Kursda qanday bilimlar beriladi?

Bloom's Taxonomy asosida: Qo‘llash → Tahlil → Baholash → Yaratish

Demak, siz faqat nazariyani o‘rganmaysiz, balki:

  • Hujumlarni tahlil qilasiz

  • Real vositalarda amaliy mashg‘ulotlar bajarasiz

  • Tizimlar xavfsizligini mustahkamlaysiz

O‘rgatiladigan asosiy texnologiyalar va vositalar:

  • ELK Stack, Wireshark, Metasploit, Suricata

  • Burp Suite, Hashcat, Hydra, OWASP Juice Shop

  • MITRE ATT&CK, Bash, Python, ChatGPT, Docker

  • GDPR, ISO 27001, lex.uz asosidagi qonunchilik

  • GitHub, CI/CD xavfsizligi, DevSecOps yondashuvi

Kurs modul va loyihalari

1. Cybersecurity etikasi va O‘zbekistonda huquqiy asoslar
2–3. Ethical hacking va ekspluatatsiya
4–5. Himoyalovchi xavfsizlik va log tahlili
6. MITRE ATT&CK va tahdid tahlili
7–8. Cloud Security, DevSecOps va sun’iy intellekt
9. Siyosat, xavf baholash va audit
10–12. Yakuniy loyiha va himoya

 

Kurs yakunida siz kim bo‘lasiz?

Kurs yakunida siz quyidagi lavozimlarga tayyor bo‘lasiz:

  • SOC Analyst (Tier 1)

  • Junior Cybersecurity Engineer

  • Threat Intelligence Analyst

  • Cloud Security Assistant

  • Bug Bounty ishtirokchisi yoki Freelance Pentester

Nima uchun aynan Najot Ta’lim?

✅ O‘zbek tilidagi tushunarli darslar – terminlar inglizcha, lekin tushuntirish o‘zbek tilida
✅ Amaliyotga urg‘u – har modulda amaliy topshiriq va loyiha mavjud
✅ Mentorlik va portfolio yordam – GitHub portfel tahlili, ishga kirish bo‘yicha yo‘riqnoma
✅ Xalqaro va milliy qonunchilik asosida – GDPR, ISO va lex.uz bilan integratsiya
✅ Sertifikatlarga tayyorlov – CompTIA Security+, CEH asosidagi mashg‘ulotlar

 

Kiberxavfsizlik – bu nafaqat texnik soha, balki kelajagingizni himoya qilish imkonidir.

Agar siz AyTi sohasida yangi bosqichga o‘tmoqchi, raqamli tahdidlarga qarshi kurashadigan mutaxassis bo‘lishni istasangiz — Najot Ta’limning Kiberxavfsizlik kursi siz uchun eng to‘g‘ri tanlovdir.

Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting
78-888-9-888

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Data science va sun'iy intellekt kursi

Data science va sun'iy intellekt kursi

Batafsil