Bugungi kunda video kontent internetning eng kuchli quroliga aylangan. Instagram reels, YouTube videolar va TikTok kontentlar orqali odamlar mahsulot tanlaydi, xizmatga ishonadi va brend bilan aloqa qiladi. Oddiy matn yoki rasm ko‘pincha e’tibordan chetda qolishi, inson hissiyotiga ta'sir o'tkazmasligi mumkin. Ammo videolar esa bir necha soniyada bu ishni osonlik bilan uddalaydi. Faqat professional kadr va montaj bo'lsa bas. Shu sababli kompaniyalar marketing strategiyasida video kontentga katta sarmoya qilada. O‘zbekistonda ham bu trend juda tez rivojlanmoqda. Buning natijasi videografiya talabgir kasblardan biriga aylantirdi. Najot Ta'lim zamonaviy kasblarni yoshlarga o'rgatishdan hech charchamaydi. Shuning uchun ham yangi videografiya kursi yo'lga qo'yildi.
Videografiya nima va nega bu kasb muhim?
Videografiya – bu faqat kamera ushlab video olish emas. Bu butun bir jarayon: kadrlar uchun g‘oya topish, suratga olish, montaj qilish, rang berish va tayyor mahsulotni auditoriyaga yetkazish.
Bugun deyarli har bir biznesga videograf kerak:
-
marketing agentliklarga
-
restoran va kafelarga
-
onlayn maktablarga
-
bloger va ekspertlarga
-
tadbirkorlarga
Ya’ni videograf bo‘lsangiz, ishsiz qolish ehtimoli juda past.
Najot Ta’lim Videografiya kursi nima beradi?
Najot Ta’lim Videografiya kursi 0 dan boshlab professional darajagacha yetkazishga mo‘ljallangan. Bu kursning asosiy farqi – amaliyotga qaratilganligi. Talabalar faqat eshitib emas, har darsda real video qilib o‘rganishadi.
Kurs davomida siz:
-
kamera bilan to‘g‘ri ishlash
-
yorug‘lik qo‘yish
-
ovoz yozish
-
video montaj
-
color grading
-
motion grafikalar
-
portfolio tayyorlash kabi eng muhim ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich egallaysiz.
Kurs davomiyligi va darslar formati
Videografiya kursi 6 oy davom etadi. Haftasiga 3 marta, har safar 2 soatdan dars bo‘ladi. Bu format ishlaydiganlar va talabalarga ham juda qulay.
Darslar:
-
guruh bilan
-
amaliy
-
real loyihalar asosida o‘tiladi. Ya’ni kurs oxirida sizda shunchaki sertifikat emas, balki real ishlar to‘plami bo‘ladi.
1-oy: Kamera va montaj asoslari
Birinchi oyda videografiyaning poydevori qo‘yiladi. o'quvchilar kamera sozlamalarini tushunadi, ISO, shutter, diafragma nima ekanini amalda ko‘rib chiqadi. Turli ob’yektivlar bilan ishlash, kadr kompozitsiyasi va yorug‘lik asoslari ham shu bosqichda o‘rganiladi. Shu bilan birga Adobe Premiere Pro dasturida oddiy montaj qilish boshlanadi. Oy oxiriga kelib, har bir talaba o‘zining birinchi mustaqil videosini tayyorlaydi.
2-oy: Instagram reels va qisqa format
Ikkinchi oy to‘liq qisqa video kontentga bag‘ishlanadi. Bu hozir eng talabgir yo‘nalishlardan biri. Talabalar vertikal video olish, tezkor montaj qilish, subtitr qo‘shish va trend formatlarni tahlil qilishni o‘rganishadi. Stabilizatordan foydalanishni, detalniy kadrlar olishni o'rganishadi. Bu bosqichda asosiy e’tibor Instagram Reels va TikTok formatlarga qaratiladi. Ko‘pchilik talabalar aynan shu oyda birinchi real mijoz topishni boshlaydi.
3-oy: YouTube va kinematik video
Uchinchi oyda uzun formatli video boshlanadi. YouTube intervyular, podcastlar, hikoya asosidagi videolar bilan ishlash o‘rgatiladi. O'quvchilar sekin harakat, kinematik kadrlar va professional sahnalar tayyorlashni mashq qilishadi. Bu bosqich videografiyani haqiqiy ijodiy darajaga olib chiqadi.
4-oy: Rang berish va professional montaj
To‘rtinchi oyda DaVinci Resolve orqali color grading o‘rganiladi. Video rangini to‘g‘rilash, yagona uslub yaratish, shovqinni kamaytirish va turli platformalar uchun eksport qilish bilimlari beriladi. Aynan rang berish videoni havaskor ko‘rinishdan chiqarib, professional darajaga olib chiqadi.
5-oy: After Effects va motion grafikalar
Beshinchi oyda Adobe After Effects bilan ishlash boshlanadi. Intro, logo animatsiya, matn effektlar va oddiy vizual effektlar yaratiladi. Bu ko‘nikma ayniqsa reklama va brend videolar uchun juda muhim.
6-oy: Portfolio va freelancing
Oxirgi oy to‘liq professional karyeraga tayyorgarlikka bag‘ishlanadi. Talabalar showreel tayyorlaydi, portfolio yig‘adi, mijoz bilan ishlash, narx belgilash va freelancer sifatida loyiha topish yo‘llarini o‘rganadi.
Videografiya orqali qancha daromad qilish mumkin?
Bugungi kunda O‘zbekistonda videograflar:
-
bitta loyiha uchun 100–500$
-
oyiga 800–1000$ va undan ko‘p daromad qilmoqda. Tajriba va portfolio oshgan sari bu summa ham o‘sadi.
Xulosa: Nega hozir boshlash kerak?
Agar siz videolar olishga qiziqsangiz, sabrli va detallarni yaxshi ko'ruvchi inson bo'lsangiz, vaqt ketkazmay buni kasbga aylantiring. Agar ijodiy sohada o‘sishni, erkin ishlashni va zamonaviy kasb egasi bo‘lishni istasangiz, bu kurs siz uchun juda to‘g‘ri tanlov.

