Yangi kasb o‘rganishni rejalashtiryapsizmi? Unda sentyabr oyini shunchaki rejalashtirish bilan o‘tkazib yubormang. Najot Ta’limda katta qabul davom etmoqda: aynan shu oyda kurslarga yozilgan o‘quvchilar uchun ta’lim, texnika xaridi va shaxsiy rivojlanishga xizmat qiladigan maxsus bonuslar tayyorlangan.

Hamkor kurslar uchun chegirmalar, Mutolaa va til o‘rganish uchun Premium obunalar, dars qilish uchun qulay muhit bularning barchasi yangi bilimlarni egallash yo‘lida qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, Najot Ta’limda bitiruvchilar uchun doimiy amal qiladigan bepul qayta o‘qish imkoniyati ham mavjud.

Sentyabrda kursga yozilganlarni qanday bonuslar kutmoqda?

Kasb o‘rganishda asosiy darslar bilan birga mustaqil mashq qilish, qo‘shimcha bilim olish va doimiy turli xil mavzularni o’rganib borish muhim hisoblanadi. Sentyabr takliflari aynan shu ehtiyojlarni hisobga oladi.

Najot Ta’lim kurslariga sentyabr oyida yozilgan o‘quvchilar quyidagi 4 mln so’m qiymatdagi bonuslardan foydalanishlari mumkin:

  • Robbit va Edfix kurslariga — 500 ming so‘mlik chegirma.

  • Dars qilish uchun qulay kovorking zonasi — Wi-Fi va networking, ya’ni tanishuv hamda tajriba almashish imkoniyati.

  • MacPlus Apple do‘konidan xaridlar uchun — 300–600 ming so‘mlik chegirma.

  • Onlayn AI kurslari uchun — 20% chegirma.

  • Kompyuter savodxonligi va HR kurslariga — 1 mln 200 ming so‘mlik chegirma.

  • Cambridge ingliz tili kurslariga — 500 ming so‘mlik chegirma.

  • Mutolaa ilovasidan — 1 oylik Premium obuna.

  • Ibrat Farzandlari loyihasidagi 6 ta til kursi uchun — 1 oylik Premium.

  • Parallel muhit uchun — 1 oylik Premium obuna.

Bonuslar kimlar uchun amal qiladi?

Ushbu maxsus takliflar aynan sentyabr oyida kurslarga yozilgan o‘quvchilar uchun taqdim etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zingizga kerakli bonusdan foydalanish tartibini mutaxassislarimizdan aniqlashtirib olishingiz mumkin. 



Sentyabr taklifi haqida instagramda ham gapirishmoqda

Najot Ta'limning sentyabr oyidagi takliflari ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama bo’lyabdi. Instagramdagi bir nechta taniqli blogerlar -  Robiyabonu, Nurliza, Sevinch, Gulnoza va boshqa blogerlar o‘z sahifalarida Najot Ta'limning sentyabr taklifi haqida gapirib, kursga yozilishni boshladilar.

Kursni bitirgandan keyin ham qayta o'qish imkoniyati

Kurs tanlayotganda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantiradi: "Darslarni tugatsam-u, bilimimni yana mustahkamlashga ehtiyoj sezsam-chi?" Ayniqsa, yangi sohani noldan o‘rganayotgan inson uchun bu tabiiy savol.

Najot Ta’limda buning uchun yechim bor. Kursni to‘liq bitirib, sertifikat olgan o‘quvchi bitirgan vaqtidan boshlab 2 yil davomida aynan o‘sha kursni mutlaqo bepul qayta o‘qishi mumkin.

Ya’ni bitiruvchi: «Men bu kursdan yetarli foyda ololmadim, qaytadan o‘qimoqchiman», desa, unga o‘sha kursni yana o‘rganish imkoniyati beriladi. Bu mavzularni takrorlash, avval qiyin tuyulgan jihatlarga qaytish va bilimlarni puxtalashtirish uchun muhim qo‘llab-quvvatlashdir.

 

Zamonaniy kasblarni o’rganishni sentyabrdan boshlang

Zamonaviy kasb o’rganish uchun eng muhim qadamlardan biri o‘rganishni boshlash va tanlangan yo‘nalishda davomiy harakat qilish. Najot Ta'limning sentyabr takliflari  IT kurslarini boshlash bilan birga, ta’lim jarayonida foydali qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini ham beradi.

Agar siz ham yangi kasb o‘rganishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, hoziroq Najot Ta'lim kurslariga ro‘yxatdan o‘ting. 

Sentyabr takliflarini olish uchun kursga ro‘yxatdan o‘tish
Administratorga bog'lanish

78-888-9-888