Yangiliklar
353

Najot Ta'limda yangi kurs - Mobilografiya

Najot Ta'lim sizga zamonaviy kasblardan yana biri bo‘lgan yangi kursni taklif etadi.

Najot Ta'limda yangi kurs - Mobilografiya

📷 Bugungi kunda har birimizning qo‘limizda kuchli texnologiya – smartfon mavjud. U faqat muloqot vositasi emas, balki ijodkorlik va kontent tayyorlash uchun muhim vosita hisoblanadi. Aynan shu sababli, mobilografiya sohasi ommalashib, zamonaviy mutaxassislar orasida talabgir bo‘lmoqda. Najot Ta’lim bu jarayonda orqada qolmasdan, siz uchun eng foydali va amaliy kursni taklif etadi.

Xabaringiz bor, Najot Ta'limning SMM kurslarida mobilografiya darslari ham o'tiladi. Ammo so'nggi yillarda trendga chiqqan mobilografiya sohasiga kuchli e'tibor qaratib, uni chuqur o'rgatish maqsadida Mobilografiya kursi ochildi.

Mobilografiya qanday soha?


Mobilografiya deganda smartfon yordamida video va rasmlar olish, tahrirlash va professional kontentlar tayyorlash tushuniladi. Maxsus dasturlar va ilovalar orqali ajoyib kontentlar tayyorlash bugungi kunda har qachongidan osonroq. Ushbu yo‘nalish ijodiy loyihalar tayyorlash, shaxsiy blog yuritish va bizneslarning ijtimoiy tarmoqlari uchun kontentlar qilishni istaydiganlar uchun ideal variant hisoblanadi.



Nega mobilografiyani o‘rganish kerak?

  1. Talabgir soha: Ijtimoiy tarmoqlarda sifatli kontent tayyorlash bugungi kundagi biznes va shaxsiy brend uchun juda muhim. Shu orqali ular mijozlarni o'ziga jalb qiladi va taniqliligini oshiradi.

  2. Daromadli kasb: Mobilografiya sohasini o'rganib o'rtacha $500-$600 daromad qilishingiz mumkin. 

  3. Ijodiy imkoniyatlar: Smartfon yordamida professional darajadagi videolar tayyorlash uchun maxsus jihozlar talab qilinmaydi. Mobil telefon va undagi ilovalar orqali siz qiziqarli va mijozni jalb qiladigan kontentlarni tayyorlab, biznesga yordam bera olasiz.

  4. Tezkor natija: Mobilografiya jarayonlari oddiy va tezkor. Siz mobilografiya sohasini qisqa vaqtda o'rganib, bir vaqtning o'zida 3-4 ta loyihalarda ishlashingiz mumkin.



Najot Ta’limda Mobilografiya kursi qanday o‘tiladi?

Najot Ta’lim sizni mobilografiya sohasida professional mutaxassisga aylantirish uchun 2 oylik ta'lim rejasini taklif etadi.

  • Davomiyligi 2 oy
  • Haftasiga 3 kun
  • Dars davomiyligi 2 soat

Najot Ta’lim kurslarida nazariy bilimlar bilan birga amaliy tarzda ham darslar tashkil etiladi. Bunda siz o'rgangan bilimlaringizni amaliyotda qo'llab ko'rasiz. Mobilografiya trendlarga asoslangan, moslashuvchan yo‘nalish. Har kuni o‘zgarib borayotgan mavzular bilan ishlashni talab qiladi. Najot Ta’limda siz aynan mobilografiyaning zamonaviy tendensiyalarini o‘zlashtirib, ijodiy imkoniyatlaringizni kengaytirasiz.




📱 O‘rganiladigan dasturlar

  • CapCut: Videolarni professional tahrirlash.
  • VN: Video montaj uchun qulay va kuchli dastur.
  • Motion Ninja: Harakatli grafikalar va effektlar tayyorlash.
  • Canva: Vizual dizayn va grafik elementlar tayyorlash.
  • Hypic: Fotosuratlar va videolarni estetik qayta ishlash.

Bundan tashqari kurs davomida qo'shimcha mashhur ilovalar (Snapseed, Sound design, Photoroom va boshqa) video va sur'atga olish texnikalari, ilovalardan foydalanish, montaj qilish va rasmlarni tahrirlash shuningdek, kerakli soft skill'lar ham o'rgatiladi. 

Mobilografiya bilan ijtimoiy tarmoqlarda yorqin videolar tayyorlash, brendingizni rivojlantirish yoki yangi kasbni egallash imkoniyatiga ega bo‘ling. Najot Ta’lim Mobilografiya kursiga ro'yxatdan o'ting!

👉🏻 Ro‘yxatdan o‘tish

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Yangilik muallifi:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

26-yanvar kuni Najot Ta'lim Quiz musobaqasi bo'lib o'tdi

26-yanvar kuni Najot Ta'lim Quiz musobaqasi bo'lib o'tdi

Batafsil