Dasturlash
442

PHP va JavaScript: qachon ishlatish kerak?

Ushbu maqolada PHP va JavaScript haqida gaplashamiz. ikki til o‘rtasidagi farqlarni va ulardan qachon foydalanish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

PHP va JavaScript: qachon ishlatish kerak?

Dasturchilar Facebook shunigdek, Wikipedia, WordPress kabi mashhur saytlarni PHP va JavaScript dasturiy tillarida tayyorlashgan. Ammo PHP va JavaScriptning ikkalasi ham “skript tillar” bo‘lganligi sababli, ular bilan dasturlash bir muncha qiyin. PHP - backend tomonidan skriptlash tili, JavaScript esa frontend tomonidan skriptlash tili. Ikkala til ham moslashuvchan bo‘lib, birgalikda va alohida ishlay oladi. 

Veb - dasturlash

Veb-dasturlash haqida gap ketganda, veb-dasturlash jarayoniga kirishdan oldin ko‘plab dasturlash tillari, vositalari va muhim xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.

Veb-dasturlashda ikkita toifa mavjud: front-end va back-end dasturlash. Qaysi tilni tanlashingizdan qat’i nazar, siz kamida 2-3 ta dasturlash tilini o‘rganishingiz kerak. Frontend tomon uchun HTML, CSS va JavaScript ni o‘rganishingiz kerak bo‘ladi, backend tomon uchun esa Python, Java, PHP va boshqalar kabi ko‘plab tanlovlar mavjud.

PHP nima?

“Hypertext Preprocessor” qisqacha PHP deb ham ataladi. Juda keng tarqalgan ochiq kodli dasturlash tili bo‘lib, backend tomonidagi veb-ishlanmalar uchun juda qulay hisoblanadi. Dinamik va interaktiv veb-saytlar aynan PHP yordamida tayyorlanadi. PHP kodi ma’lum qoidalar to‘plamiga ega bo‘lib, u HTML fayli bilan bog‘liq yoki HTML kodiga joylashtirilgan holda ishlaydi hamda qayta ishlash jarayonini qanday boshlash va tugatish haqida o‘ziga xos ko‘rsatmalar beradi.

PHP frontend tomonidagi JavaScriptdan farq qiladi, chunki PHP kodi HTML ga aylantirilishidan oldin serverda bajariladi va shundan so‘ng mijozga uzatiladi. Ushbu skriptni bajarish natijalari mijozga, ya’ni brauzerga yetkaziladi, ammo asl kod yashirin qoladi. PHP skripti cookie fayllarni yuborishi va qabul qilishi, dinamik veb-sayt mazmunini yaratishi va shakl ma’lumotlarini to‘plashi mumkin. Bundan tashqari, PHP skriptlarini ish stoli dasturlari uchun ham qo‘llash mumkin.

PHP - deyarli barcha asosiy operatsion tizimlarda, jumladan Microsoft Windows, macOS, RISC OS, Linux va UNIX versiyalarida, shuningdek Apache va IIS kabi veb-serverlarda ishlashi mumkin bo‘lgan platformadan mustaqil dasturlash tilidir. PHP kodi nisbatan sodda, biroq u ma’lum qoidalarga amal qiladi. Veb-dasturlashni ancha osonlashtirish va samarali qilish uchun standart kutubxonalar to‘plamini ham taqdim etadi . PHP dasturchilarga dinamik veb-sahifalarni tayyorlash va ularni kuchli ma’lumotlar bazalariga ulash imkoniyatini beradi.

JavaScript nima?

JS yoki JavaScript dunyo bo‘ylab eng mashhur va keng qo‘llaniladigan skriptlash tillaridan biridir. JavaScript dasturlash tili bo‘lib, asosan dinamik veb-sahifalar, veb va mobil ilovalar hamda o‘yinlar tayyorlash uchun ishlatiladi.

 

JavaScript frontend tomonida ishlaydigan dasturlash tili bo‘lganligi sababli, u brauzerlarda ishlaydi va keng tarqalganligi tufayli aksariyat brauzerlar uni qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir brauzerda JavaScript kodini bajarish uchun maxsus mexanizm mavjud. SpiderMonkey va V8 kabi JavaScript kodini ishga tushiruvchi dvigatellar brauzerlar tomonidan qo‘llaniladi.

 

Dasturchilar Node.JS kabi JavaScript freymvorkidan foydalanshlari ham mumkin. Veb-bozor, shuningdek, Angular.JS, React.JS, Node.JS va boshqa ko‘plab JavaScript freymvorklarini taqdim etadi. Ushbu freymvorklar JavaScript asosidagi veb-saytlar va ilovalarni ishlab chiqish vaqti va sa’y-harakatlarini sezilarli darajada qisqartiradi. Bundan tashqari, JavaScript dasturchilar uchun murakkab veb-ilovalarni tayyorlashni ancha osonlashtiradi.

 

PHP va JavaScriptning farqlari

PHP va JavaScript ikkalasi ham skript tillari bo‘lsa-da, ularni bir-biridan ajratib turadigan ko‘plab xususiyatlar mavjud. Yuqoridagi ma’lumotlar orqali JavaScript mijoz tili, PHP esa server tili ekanligini bilib oldingiz. Endi quyidagi sarlavhalarga qo‘shimcha ravishda siz bilishingiz kerak bo‘lgan farqlarni ko‘rib chiqamiz.

Til turi

Skriptlash tillariga JavaScript va PHP kiradi. PHP server (backend) tomonidan ishlatiladigan til hisoblanadi, chunki PHP kodi serverda ishlaydi va natijasi esa javob sifatida brauzerga qaytariladigan sof HTML kodidir. JavaScript kodi serverda emas, balki brauzerda bajariladi, chunki bu mijoz (frontend) tili.

PHP va JavaScript ning tashqi kod bilan integratsiyasi

PHP kodini HTML, XML, JSON va boshqa APIlar bilan (bilvosita) birlashtirish mumkin. Shuningdek, ishlab chiquvchilar JavaScript kodidan HTML, Ajax va XML kabi ilg‘or platformalar bilan birgalikda foydalanishlari mumkin.

PHP va JavaScript: soddalik

JavaScript hodisalarga asoslangan arxitekturasi tufayli o‘rganish qiyin bo‘lishi mumkin, lekin u keng qamrovli o‘quv resurslari va hamjamiyat yordamini ham taklif qiladi. JavaScript bilan taqqoslaganda PHP ni tushunish osonroq. PHPda har bir amal uchun funksiya mavjud. Foydalanish qulayligi tufayli PHP ko‘plab mashhur veb-saytlar tomonidan qo‘llaniladi.

PHP va JavaScript: o‘rganishdagi qiyinchiliklar

JS va PHP tarjima qilingan tillar bo‘lganligi sababli, siz kodingizni tahrirlashingiz va keyin uni qayta kompilyatsiya qilmasdan natijalarni ko‘rish uchun qayta ishga tushirishingiz mumkin.

JavaScript HTML yoki CSS kabi belgilash tili emas, balki dasturlash tilidir. Shuning uchun, agar siz dasturlash bo‘yicha bilimga ega bo‘lsangiz, JavaScriptni o‘rganish siz uchun osonroq bo‘ladi. Xuddi shunday, PHP ham qulay dasturlash tili sifatida qaraladi. PHP ham, JavaScript ham o‘z ixtiyorida ko‘plab internet resurslari va qo‘llanmalarga ega.

Ushbu maqola orqali PHP va JavaScript haqida batafsil ma'lumot oldingiz deb umid qilamiz. Agar siz dasturlashga qiziqsangiz "Najot Ta'lim"ning dasturlash kurslariga ro'yxatdan o'ting.

Ro'yxatdan o'tish 

 

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta'limda No Code kurslari

Najot Ta'limda No Code kurslari

Batafsil