Marketing
91

ROI uchun eng muhim 12 ta ijtimoiy tarmoq metrikasi

Layk va followerlarni sanashni bas qiling. Ushbu maqola 2026-yilda ijtimoiy tarmoqlardan real daromad keltiradigan 12 ta SMM ko‘rsatkichini ochib beradi.

ROI uchun eng muhim 12 ta ijtimoiy tarmoq metrikasi

Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlarda minglab layklar, ko‘rishlar va obunachilar yig‘moqda. Biroq muammo shundaki, bu raqamlarning aksariyati biznes daromadi bilan bevosita bog‘liq emas.

Ijtimoiy tarmoqlardagi faolligingiz sizga qancha pul olib kelmoqda?

Aksariyat marketing jamoalari noto‘g‘ri metrikalarni kuzatgani sababli ijtimoiy tarmoqlardan real ROI (Return on Investment)ni ko‘ra olmaydi. Ushbu maqolada Siz 2026 yilda social media marketing orqali haqiqiy foyda keltiradigan 12 ta asosiy metrika bilan tanishasiz.

Nega ko‘pchilik Social Media metrikalari biznesni chalg‘itadi?

Followerlar soni, layklar, ko‘rishlar — bular vanity metrics hisoblanadi. Ular yaxshi ko‘rinadi, lekin:

  • sotuvni bashorat qilmaydi

  • foydani ko‘rsatmaydi

  • marketing samaradorligini o‘lchamaydi

100 000 obunachi bo‘lib, birorta ham sotuv qilmaslik — bu marketing emas, bu faqat vizual shov-shuvdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, marketologlarning 73 foizi ijtimoiy tarmoqdagi ROI ni isbotlashda qiynaladi. Sababi — ular to‘g‘ri metrikalarni kuzatmaydi.

ROI olib keladigan 12 ta asosiy Social Media metrikasi

1. Platforma bo‘yicha konversiya darajasi (Conversion Rate by Platform)

Bu metrika ijtimoiy tarmoqdan kelgan trafikingizning necha foizi real harakat qilganini ko‘rsatadi — ya’ni:

  • xarid qilganmi,

  • emailingizga yozilganmi,

  • yoki konsultatsiyani bron qilganmi.

Uni hisoblash uchun:

konversiyalar sonini jami bosishlar (clicks) soniga bo‘ling va 100 ga ko‘paytiring.

Masalan, agar Instagram sizga 1 000 ta bosish olib kelgan bo‘lsa va 50 kishi konvertatsiya qilgan bo‘lsa, konversiya darajasi 5% bo‘ladi.

Nega bu muhim:
Kamroq bosish olib keladigan, lekin yuqori konversiyaga ega platforma — juda katta trafik yuboradigan, lekin foyda bermaydigan platformadan ancha qimmatli. Bu bitta metrika sizga qaysi platformaga kuchni ko‘proq berish kerakligini ochiq ko‘rsatib beradi.


2. Mijoz olish narxi (Cost Per Acquisition — CPA)

CPA ijtimoiy tarmoqlar orqali bitta mijoz olish uchun aniq qancha pul sarflayotganingizni ko‘rsatadi.

Uni hisoblash uchun:

ijtimoiy tarmoqqa ketgan umumiy xarajatni olingan mijozlar soniga bo‘ling.

Buni organik va pullik faoliyat uchun alohida hisoblang.

  • Organik CPA — kontent tayyorlash va izoh yozish, javob berish kabi ishlar uchun sarflangan vaqt qiymatini ham o‘z ichiga oladi.

  • Pullik CPA esa — reklama uchun sarflangan real pul.

Sanoat bo‘yicha o‘rtacha CPA $15 dan $120 gacha bo‘ladi (sohaga qarab). O‘z raqamingizni bilish sizga ijtimoiy tarmoq boshqa marketing kanallariga qaraganda qimmatroqmi yoki arzonroqmi — shuni aniq ko‘rsatadi.


3. Ijtimoiy tarmoqdan kelgan mijozning umrboqiy qiymati (Customer Lifetime Value — CLV)

Hamma mijozlar bir xil emas. Ijtimoiy tarmoqdan kelgan mijozlar siz bilan boshqa kanallardan kelganlarga qaraganda boshqacha xarid qilishi mumkin. CLV — bu bitta mijoz siz bilan bo‘lgan butun aloqasi davomida sizga qancha pul olib kelishini ko‘rsatadi.

Hisoblash:

o‘rtacha xarid summasi × xarid qilish chastotasi × mijozning siz bilan qolish muddati

Bu nimani o‘zgartiradi:
Agar ijtimoiy tarmoqdan kelgan mijozning CLV’i $500 bo‘lsa, CPA’ingiz $50 bo‘lsa — siz u mijozni olish uchun $499 gacha sarflab ham foydada qolasiz. Bu metrika reklama byudjetini oshirishga ruxsat beradigan eng muhim raqamdir.


4. Ijtimoiy tarmoqlarga biriktirilgan real daromad (Revenue Attributed to Social Media)

Bu — eng asosiy raqam: ijtimoiy tarmoq orqali real kelgan pul.

UTM linklar va konversiya kuzatuv orqali qaysi sotuvlar ijtimoiy tarmoqdan boshlanganini aniqlaysiz. Ko‘p analitika tizimlari hozir multi-touch attribution ni beradi — ya’ni ijtimoiy tarmoq:

  • xarid boshida,

  • o‘rtasida,

  • yoki oxirida qatnashganini ko‘rsatadi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, to‘g‘ri attribution ishlatgan bizneslar ijtimoiy tarmoqdan kelgan daromadni oldin o‘ylagandan 15–30% ko‘proq ekanini aniqlashgan. Demak, hozir siz ijtimoiy tarmoqdan kelayotgan foydani kam baholayotgan bo‘lishingiz mumkin.

 

5. Engagement Rate (lekin to‘g‘ri hisoblangani)

Oddiy engagement rate — vanity metrika bo‘lishi mumkin. Lekin uni to‘g‘ri hisoblasangiz, u kuchli bashorat qiluvchi ko‘rsatkichga aylanadi.

Ko‘pchilik jami engagement ÷ followerlar soni deb hisoblaydi — bu noto‘g‘ri.

To‘g‘ri formula:

bitta postdagi jami engagement ÷ shu postni ko‘rgan odamlar soni (reach)

Bu kontentingizni ko‘rganlarning necha foizi unga befarq bo‘lmay, reaksiya bildirganini ko'rsatadi. 3% dan yuqori natija — juda zo‘r hisoblanadi. Eng muhimi, engagementni konversiya bilan solishtiring — yuqori engagementga ega postlar odatda 48 soat ichida ko‘proq sotuv olib keladi.


6. Landing sahifaga o‘tish darajasi (Click-Through Rate — CTR)

CTR ijtimoiy tarmoq kontentingiz odamlarni harakat qilishga qanchalik undayotganini o‘lchaydi.

Hisoblash:

link bosishlar ÷ post ko‘rilganlar soni

O‘rtacha CTR 1–2% atrofida. Eng kuchli brendlar esa 5% va undan yuqori natijaga chiqadi — ular jozibali sarlavha va aniq chaqiruvlardan foydalanadi. Buni kontent turiga qarab ham bo‘ling. Masalan, video postlar statik rasmlarga qaraganda 3 baravar ko‘p bosish olib kelishi mumkin. Bu sizga qaysi format ko‘proq foyda berayotganini aniq ko‘rsatadi.


7. Lead sifati  (Lead Quality Score)

Hamma lead bir xil qiymatga ega emas. Lead sifati sizga qaysi ijtimoiy tarmoq eng yaxshi xaridorlarni olib kelayotganini ko‘rsatadi.

Siz leadlarga ball berasiz:

  • soha mos keladimi,

  • kompaniya hajmi,

  • budjet mavjudligi,

  • sotib olishga tayyorlik va vaqti.

So‘ng har bir manba bo‘yicha o‘rtacha ballni solishtirasiz. Lead scoring ishlatadigan marketing jamoalari 77% yuqori ROI ko‘rsatadi — chunki ular vaqtni past sifatli kontaktlarga emas, haqiqiy xaridorlarga sarflaydi.


8. Bozordagi ulushingiz – Share of Voice

Bu metrika sizning brendingiz ijtimoiy tarmoqlarda raqobatchilarga nisbatan qanchalik ko‘p tilga olinayotganini ko‘rsatadi.

Formula:

siz haqingizdagi eslatmalar ÷ butun sohadagi jami eslatmalar

Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul emas, lekin bozor ulushi bilan kuchli bog‘liq. Odatda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p gapirilayotgan kompaniyalar 6–12 oy ichida sotuvda ham yetakchiga aylanadi.

Ijtimoiy listening vositalari orqali:

  • brendingiz,

  • raqiblar,

  • va soha bo‘yicha umumiy kalit so‘zlarni kuzatishingiz mumkin.


9. Referral trafikning qiymati

Bu metrika ijtimoiy tarmoqdan kelgan odamlar saytingizda qanday harakat qilayotganini boshqa manbalar bilan solishtiradi.

Quyidagilarni ko‘ring:

  • bir sessiyada nechta sahifa ko‘rildi,

  • saytda qolish vaqti,

  • bounce rate.

Agar ijtimoiy tarmoqdan kelganlar 4 ta sahifa ko‘rib, Google’dan kelganlar 2 ta sahifa ko‘rsa — demak ijtimoiy trafik 2 baravar ko‘proq qiziqish bildirayapti. Bu hatto hozir sotib olmasa ham, kelajakdagi xarid uchun brendga ishonch hosil qiladi.


10. Mijoz olish rentabelligi (Customer Acquisition Cost Ratio)

Formula:

CLV ÷ CPA

Sog‘lom nisbat — 3:1 yoki undan yuqori. Bu shuni anglatadi: mijoz sizga uni olishga ketgan puldan kamida 3 baravar ko‘p daromad keltiryapti. Agar bu 2:1 dan past bo‘lsa — strategiya zarar keltiryapti. 5:1 dan yuqori bo‘lsa — siz reklama va kontentni agressiv kengaytirishingiz mumkin. Bu bitta raqam ijtimoiy marketingingiz tirikmi yoki sekin o‘lyaptimi — shuni aytadi.


11. Ta’sir qilgan daromad (Influenced Revenue / Assisted Conversions)

Ijtimoiy tarmoq ko‘pincha oxirgi klik bo‘lmaydi, lekin odamni sotib olishga tayyorlaydi. Google Analytics 4 assisted conversions’ni ko‘rsatadi — ya’ni ijtimoiy tarmoq:

  • xarid yo‘lida bo‘lganmi yoki yo‘qmi.

B2B kompaniyalarda ijtimoiy tarmoq bitimlarning 60–80% iga ta’sir qiladi, hatto rasmiy hisobotda unga faqat 10–15% kredit berilsa ham. Agar buni o‘lchamasangiz, siz ijtimoiy tarmoq qiymatini keskin kam baholaysiz.


12. Mijozni saqlab qolish va qayta xarid qilish darajasi

Mijoz olish qimmat. Mijozni ushlab qolish — foydali. Ijtimoiy tarmoqdan kelgan mijozlarning nechta yana qayta sotib olayotganini o‘lchang.

Formula:

qayta xarid qilganlar ÷ jami social mijozlar

Buni chorak yoki yil bo‘yicha ko‘ring. Sodiq mijozlar yangi mijozlarga qaraganda 67% ko‘proq pul sarflaydi. Demak, agar ijtimoiy tarmoqlaringiz munosabat qurayotgan bo‘lsa, u bir martalik sotuvdan ancha qimmatli.


78-888-9-888
Administratsiyaga bog‘lanish

Muallif:

Najot Ta'lim

Muallif:

Najot Ta'lim

Tavsiya etamiz:

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Najot Ta’lim hamkorlari: Yaponiya, Yevropa va global IT kompaniyalarga yo‘l

Batafsil